Turkiya buyuk millat majlisi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (turkcha: Türkiye Büyük Millet Meclisi, qisqa qilib, TBMM yoki Parlament (turkcha: Meclis yoki Parlamento) deb ham ataladi) — Turkiyaning bir palatali qonun chiqaruvchi oliy organidir. TBMM Turkiya Konstitutsiyasi bilan qonun chiqaruvchi vakolatlarga ega boʻlgan yagona davlat tashkiloti sanaladi. Turkiyaning bu parlamenti 1920-yil 23-aprelda Anqara shahrida Milliy ozodlik kurashi davrida tashkil etilgan.