Kontent qismiga oʻtish

Moʻtabar Tojiboyeva: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 53: Qator 53:
2002 yil 7-noyabrda u [["O'tyuraklar Klubi"]] nomidan rasman bayonot e'lon qiladi va 8-dekabr [[O'znekiston Respublikasi]] konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan [[Respublika]] parlamenti [[Oliy Majlis]] binosi oldida, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilishini to'htatishni talab qilib namoyish o'tkazilishi haqida ma'lum qilgan.
2002 yil 7-noyabrda u [["O'tyuraklar Klubi"]] nomidan rasman bayonot e'lon qiladi va 8-dekabr [[O'znekiston Respublikasi]] konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan [[Respublika]] parlamenti [[Oliy Majlis]] binosi oldida, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilishini to'htatishni talab qilib namoyish o'tkazilishi haqida ma'lum qilgan.


[[Toshkent]]da o'tkazilishi rejalashtirilgan namoyishdan 3 kun avval, ya'ni 2002 yil 5- dekabr kuni, Mo'tabar Tojiboyevaga qarshu sud jarayoni boshlangani va uning sudga bormaganligi, 6-dekabr kuni jinoyat ishlari bo'yisha [[Toshloq]] tuman sudiga borishi kerakligi, aks holda majburiy tartibda olib borilishi haqida ogohlantiradilar<ref>http://www.zonakz.net/articles/2102</ref>. U ushbu sud jarayonini rejalashtirilgan namoyishga to'sqinlik qilish maqsadida uyushtirilganligiga ishonch hosil qilgan holda bu sudda qatnashmaslikka qaror qiladi va Do'rmon qishlog'iga yashirinadi<ref>http://www.zonakz.net/articles/2100</ref>. Shu kuni kechqurun [[militsiya]], [[maxsus xizmat]] xizmat hodimlari va [[harbiylar]] Do'rmon qishlog'ini o'rab olib, qishloq ahliga Mo'tabar Tojiboyeva [[g'arb davlatlari]] [[ayg'oqchi]]si ekanligini uni hukumat vakillariga topshirishni talab qiladilar. Lekin hech kim davlat kuchlariga yon bosmagandan keyin, xonadonlarda tintuv o'tkaziladi. 2002 yil 10-dekabr kuni Mo'tabar Tojiboyeva, ichki ishlar hodimlari o'ziga nisbatan bosim o'tkazish maqsadida uni qizini garovga olmoqchi bo'layotganlaridan habar topadi<ref>, Do'rmon qishlog'idan ko'rinishini yoshi katta kampirga o'hshatib chiqib ketishga muvaffaq bo'ladi. Shundan so'ng [[Farg'ona viloyati]] ichki ishlar boshqarmasiga o'zini topshiradi<ref>http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1040504460</ref>. Lekin ichki ishlar hodimlari Mo'tabar Tojiboyevaga nisbatan hech qanday kuch ishlatmaydilar. Mo'tabar Tojiboyevaning fikricha ichki ishlar hodimlari tomonidan bo'lgan bu harakatning asosiy sababi 2002 yil 8-dekabr kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan namoyishni oldini olish bo'lgan. 2003 yil 12-sentyabrda Mo'tabar Tojiboyevaning ishi rasman yopiladi va u aybsiz deb topilib ma'muriy javobgaligdan soqit qilinadi.
[[Toshkent]]da o'tkazilishi rejalashtirilgan namoyishdan 3 kun avval, ya'ni 2002 yil 5- dekabr kuni, Mo'tabar Tojiboyevaga qarshu sud jarayoni boshlangani va uning sudga bormaganligi, 6-dekabr kuni jinoyat ishlari bo'yisha [[Toshloq]] tuman sudiga borishi kerakligi, aks holda majburiy tartibda olib borilishi haqida ogohlantiradilar<ref>http://www.zonakz.net/articles/2102</ref>. U ushbu sud jarayonini rejalashtirilgan namoyishga to'sqinlik qilish maqsadida uyushtirilganligiga ishonch hosil qilgan holda bu sudda qatnashmaslikka qaror qiladi va Do'rmon qishlog'iga yashirinadi<ref>http://www.zonakz.net/articles/2100</ref>. Shu kuni kechqurun [[militsiya]], [[maxsus xizmat]] xizmat hodimlari va [[harbiylar]] Do'rmon qishlog'ini o'rab olib, qishloq ahliga Mo'tabar Tojiboyeva [[g'arb davlatlari]] [[ayg'oqchi]]si ekanligini uni hukumat vakillariga topshirishni talab qiladilar. Lekin hech kim davlat kuchlariga yon bosmagandan keyin, xonadonlarda tintuv o'tkaziladi. 2002 yil 10-dekabr kuni Mo'tabar Tojiboyeva, ichki ishlar hodimlari o'ziga nisbatan bosim o'tkazish maqsadida uni qizini garovga olmoqchi bo'layotganlaridan habar topadi<ref>http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1042064220</ref>, Do'rmon qishlog'idan ko'rinishini yoshi katta kampirga o'hshatib chiqib ketishga muvaffaq bo'ladi. Shundan so'ng [[Farg'ona viloyati]] ichki ishlar boshqarmasiga o'zini topshiradi<ref>http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1040504460</ref>. Lekin ichki ishlar hodimlari Mo'tabar Tojiboyevaga nisbatan hech qanday kuch ishlatmaydilar. Mo'tabar Tojiboyevaning fikricha ichki ishlar hodimlari tomonidan bo'lgan bu harakatning asosiy sababi 2002 yil 8-dekabr kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan namoyishni oldini olish bo'lgan. 2003 yil 12-sentyabrda Mo'tabar Tojiboyevaning ishi rasman yopiladi va u aybsiz deb topilib ma'muriy javobgaligdan soqit qilinadi.
Bu voqealardan so'ng [[O'tyuraklar klubi]]ning [[Inson Huquqlari]] bo'yicha tashabbuslari sezilarli darajada kuchaydi. 2003 yilda 10-iyunda [[Farg'ona viloyati]] prokuraturasi binosi oldida va 20-avgust [[Oltiariq tumani]] prokuraturasi binolari oldida piketlar o'tkaziladi. Bu piketlar paytida Mo'tabar Tojiboyeva va uning hamkasabalariga ichki ishlar hodimlari bilan hamkorlikda ishlaydigan [[foxisha]]lar tomonidan xujumlar uyushtirilgan. 10-iyunda bo'lib o'tgan [[piketda]] Mo'tabar Tojiboyeva jarohat olib 14 kun muddatda [[shifoxona]]da davolanib chiqadi.
Bu voqealardan so'ng [[O'tyuraklar klubi]]ning [[Inson Huquqlari]] bo'yicha tashabbuslari sezilarli darajada kuchaydi. 2003 yilda 10-iyunda [[Farg'ona viloyati]] prokuraturasi binosi oldida va 20-avgust [[Oltiariq tumani]] prokuraturasi binolari oldida piketlar o'tkaziladi. Bu piketlar paytida Mo'tabar Tojiboyeva va uning hamkasabalariga ichki ishlar hodimlari bilan hamkorlikda ishlaydigan [[foxisha]]lar tomonidan xujumlar uyushtirilgan. 10-iyunda bo'lib o'tgan [[piketda]] Mo'tabar Tojiboyeva jarohat olib 14 kun muddatda [[shifoxona]]da davolanib chiqadi.



13-mart 2012, 17:37 dagi koʻrinishi


Mo'tabar Tojiboyeva
Fayl:Mutabar Tadjibayeva.jpg
Tavalludi 25 avgust, 1962-yil
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Kasbi Inson huquqlari himoyachisi
Millati o'zbek
Ota-onasi ishchi

Mo'tabar Tojiboyeva Ibragimovna — 1962-yilning, 25-avgustida Farg'ona viloyati Marg'ilon shaxrida tug'ilgan. Mustaqil jurnalist va "Otyuraklar Klubi" Inson Huqularini himoya qilish Xalqaro tashkiloti asoschisi. O'zbekiston Respublikasida Inson Huqularini poymol qilinishiga qarshi kurashgan faol, hozirda Fransiyaning, Il-de-frans viloyatida yahsaydi. "Qiynoqlar oroli asirasi" nomli asar muallifi. Bu kitob muallifning o'z hotiralari asosida yozilgan bo'lib, ushbu kitobda Mo'tabar Tojiboyeva O'zbekiston hukumatining ommaga mavhum bo'lgan qirralarini hamda O'zbekiston hukumati tomonidan qo'llaniladigan agressiyalar haqida hikoya qiladi. Asar ingliz, fransuz, rus va o'zbek tillarida chop qilinishi kutilmoqda.

Tarjimai holi

Fayl:Mo'yabar Tjiboyeva.jpg
Hillary Clinton, Mo'tabar Tojiboyeva va Michelle Obama.

Mo'tabar Tojiboyeva O'zbekistonning Farg'ona viloyati, Marg'ilon shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Otasi — Ibrohimjon Tojiboyev, Onasi — Qandolatxon O'ljayeva. Mo'tabar Tojiboyevaning buvasi (onasi tomonidan) O'ljaboy Xamroqulov 1937 yilda xalq dushmani sifatida oilasi bilan surgun Sibirga qilinadi. Shu vaqtdan boshlab O'ljaboy Xamroqulov o'z oilasi bilan bir nechta marta Sovet Ittifoqining turli xududlariga ko'chirilgan. 1946-yilda O'ljaboy Xamroqulov, o'zining Uchinchi Reyx qo'shinlariga qarshi k'ongilli partizanlar safidagi xizmatlari uchun Sovet hukumati tomonidan oqlanib o'z yurtiga qaytib keladi. Mo'tabar Tojiboyevaning onasi Qandolatxon O'ljayeva, Ikkinchi Jaxon Urushi yillarida Ukraina xududidagi o'rmonlarning birida o'zining bo'lajak turmush o'rtog'i Ibrohimjon Tojiboyevni yarador va behush holatda uchratadi. Ibrohimjon Tojiboyev sovet armiyasi safida piyoda askar bo'lib hizmat qilgan. 1944 yilda ular turmush quradilar va birinchi farzandlari Ukrainada dunyoga keladi. Mo'tabar Tojiboyeva bu voqealarning to'g'ridan to'g'ri guvohi bo'lmagan bo'lsada, o'z onasidan eshitgan hikoyalari uning inson huquqlari yetakchisi bo'lib yetishishda katta rol o'ynagan.

O'qish va faoliyatining ilk yillari

Mo'tabar Tojiboyeva 1969 yilda Marg'ilon shaxridagi Xamza Xakimzoda Niyoziy nomli 7-o'rta maktabda ilk ta'lim olishni boshlagan. 1979 yilda maktabni tugatgandan so'ng, Marg'ilon shahridagi Ipakchilik kombinatida bir yil muddatda ip yigiruvchi bo'lib ishlagan. 1980 yilda Oxunboboyev tumanidagi Davlat notarial idorasiga, Notarius yordamchisi sifatida ishga kiradi. 1981 yilda Oxunboboyev tumanidagi Qishloq va Suv xo'jaligi boshqarmasiga ko'tiba va ish yurituvchi sifatida ishga joylashadi. 1985 yilda Mo'tabar Tojiboyeva ish faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Xalq nazorati qo'mitasining Oxunboboyev tuman bo'limida inspektor vazifasida davom ettiradi. Keyinchalik jamoatchilik asosida ariza va shikoyatlar bo'limi, shu bilan bir paytda qo'mitaning matbuot markazini boshqaradi. Bu tashkilotda M'otabar Tojiboyeva qonunlarning ijrosini amalda qo'llanilishini nazorat qiluvchi guruhlar bilan o'tkaziladigan tekshiruvlarda faol qatnashgan hamda qo'mitaning ariza va shikoyatlar bo'limini raxbari sifatida, huquqlari poymol etilgan shaxslarning shikoyatlarini o'rganib, ularni huquqini tiklash va himoya qilishda o'z hissasini qo'shgan. Aynan shu yerda Mo'tabar Tojiboyeva jamoat bilan aloqaga kirishni birinchi marta tajribada ko'radi. Bundan tashqari qo'mitaning matbuot markazi ma'sul xodimi sifatida O'zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan qonunlar va ularning ijrosi yuzasidan targ'ibot, tashviqot ishlarida faol qatnashgan va shuningdek bu qonunlarni oyoq osti qilgan amaldorlar va boshqa ko'zga ko'ringan shaxslarga qarshi mahalliy va markaziy matbuotlarda chiqishlar qilishni boshlagan. Uning qo'mitadagi ish faoliyati keyinchalik Inson Huquqlari himoyachisi sifatida shakllanishiga katta ta'sir qiladi. Shu ish faoliyati bilan bir paytda, 1987-1989 yillar orasida Mo'tabar Tojiboyeva Marg'ilon Plan Iqtisod texnikumi sirtqi bo'limini tamomlab, Iqtisodchi diplomini qo'lga kiritgan. Ayni paytni o'zida, ya'ni 1987-1989 yillarda Farg'ona viloyati Matbuot boshqarmasi qoshida tashkil etilgan ikki yillik Jurnalistika kursini tamomlagan.

Ish faoliyati

1991 yilda Sovet Ittifoqi parchalanib ketishi natijasida, Xalq Nazorat Qo'mitasi tarqatib yuboriladi. Mo'tabar Tojiboyeva 1997 yilgacha o'z faoliyatini bank tizimida davom ettirgan. Jumladan O'zbekiston sanoat-qurilish bankining Marg'ilon va Qirguli bo'limlarida va Qirguli tuman Xalq banklarida kadrlar bo'limi boshlig'i, pul muomala bo'limi bosh Iqtisodchisi vazifalarida ishlagan.

1997-1998 yillarda O'zbekiston yozuchilar uyushmasi Farg'ona viloyati bo'limining targ'ibot va tashviqot markazini boshqargan. 1998 yilda "Yodnoma" nomli birnchi risolasi nashr etilgan. Bir vaqtning o'zida Mo'tabar Tojiboyeva Inson Huquqlarini himoya qilish yo'lidagi faoliyatini ham olib boradi. Respublikadagi matbuotlarida o'zining shu mavzuga oid tanqidiy maqolalari bilan qatnashgan.

1998-1999 yillarda Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatining Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari vazifasida ishlagan.

1999 yil dekabr oyida bo'lib o'tgan saylovlarda Farg'ona viloyati kengashi deputatligiga o'z nomzodini qo'yadi, bu saylovda uning nomzodlik dasturi asosan qonunlarning ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini shakllantirish bo'yicha qonun qabul qilish masalasini kun tartibiga olib chiqishni ko'zlagan edi. Lekin saylovlarda g'alabaga erishmaydi. Mo'tabar Tojiboyeva saylovlardan oldin hech qaysi partiyaga a'zo bo'lmagan. Saylovlardagi mag'lubiyatdan so'ng o'z dasturini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Xalq Demokratik Partiyasiga a'zo bo'ladi, shu partiyaning Marg'ilon shahri "Zuhro" mahallasi boshlang'ich partiya tashkilotining kotibasi etib tayinlanadi. Shu yerda 2000 yil yanvar oyida Inson Huquqlarini himoya qiluvchi "O'tyuraklar Klubi"ga asos soladi.

Inson huquqlari himoyasidagi faoliyati

Mo'tabar Tojiboyevaning "O'tyuraklar Klubi"ga asos solishi uning rasman Inson Huquqlari yo'nalishiga kirib kelishiga imkon berdi. 2001 yilda uning "O'tyuraklar Klubi" xomiyligida "Ogoh bo'laylik" nomli risolasi chop etilgan.

2002 yilda Alimuhammad Mamadaliev ishi[1][2] bo'yicha u Xalqaro axborot agentliklaridan va Inson Huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlariga murojat qilib, mazkur ishni jamoatchilikka yetkazishda ko'mak berishlarini so'ragan. Natijada ish O'zbekiston Respublikasi Harbiy Sudi tomonidan ko'rib chiqiladi. 2002 yil 30 iyunda Mo'tabar Tojiboyeva Christian Science Monitor xalqaro gazetasi muxbiri Scott Peterson bilan marhum Alimuhammad Mamadalievning oilasi yashaydigan Do'rmon qishlog'iga boradi. Ular qishloqdagi aholi bilan suhbatlashib, mahalliy hokimiyat va ma'muriy organlar tomonidan ularga qilinayotgan tajovuzlar hususida jurnalistik surishtiruvlar olib boradilar.

Hukumat tomonidan tayziqlar

2002 yil 1 iyulda O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Qirguli tuman bo'limi DAN hodimlari Mo'tabar Tojiboyeva ketayotgan yengil avtomobilni to'htatib, yo'lovchi Mo'tabar Tojiboyevani hibsga oladilar[3]. Rasmiy protseduralarsiz uni shu joyning o'zida tahqirlab so'roq qiladilar va asossiz ravishda Qirguli tumani ichki ishlar bo'limiga olib borib yerto'ladagi kameraga qamab qo'yiladi. Shu kuni tunda ichki ishlar hodimlari unga qarshi zo'ravonlik harakatlarini qo'llaydilar. 2-iyul kuni u "Militsiya hodimlarining qonuniy talablariga bo'ysunmaslik" va "Mayda bezorilik" aybi bilan sud qilinadi. Mo'tabar Tojiboyevaning qonunni buzganligini isbotlovchi Sudga taqdim qilingan xujjatlar yetarli emasligi va Tojiboyevaga yetkazilgan tan jaroxati yuzasidan tibbiy ekspertiza o'tkazilishini talab qilgani sababli, Sud ajirimi bilan ish xujjatlari prokuraturaga topshiriladi va Tojiboyeva sud zalidan ozod qilinadi. 2002 yil 5-sentyabrda jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona viloyati sudi Qirguli tumani IIB hodimlarining g'ayriqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan militsya hodimlariga qarshi hususiy ajrim chiqargan. 27 sentyabr kuni Qirguli tumani prokuraturasi sudning hususiy ajrimi asosida jinoyat ishi qo'zg'atgan. 2002 yil 16-dekabrda "Qirguli tumani militsya hodimlarining hatti-harakatlarida jinoyat tarkibi yo'q" deya ushbu jinoiy ish harakatdan to'htatilgan.

2002 yil 14-oktyabr kuni Mo'tabar Tojiboyevaning tashabbusi bilan jinoyat ishlari bo'yicha Oltiariq tumani sudi binosi oldida norzilik piketi o'tkaziladi[4]. 2002 yil 7-noyabrda u "O'tyuraklar Klubi" nomidan rasman bayonot e'lon qiladi va 8-dekabr O'znekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan Respublika parlamenti Oliy Majlis binosi oldida, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilishini to'htatishni talab qilib namoyish o'tkazilishi haqida ma'lum qilgan.

Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilgan namoyishdan 3 kun avval, ya'ni 2002 yil 5- dekabr kuni, Mo'tabar Tojiboyevaga qarshu sud jarayoni boshlangani va uning sudga bormaganligi, 6-dekabr kuni jinoyat ishlari bo'yisha Toshloq tuman sudiga borishi kerakligi, aks holda majburiy tartibda olib borilishi haqida ogohlantiradilar[5]. U ushbu sud jarayonini rejalashtirilgan namoyishga to'sqinlik qilish maqsadida uyushtirilganligiga ishonch hosil qilgan holda bu sudda qatnashmaslikka qaror qiladi va Do'rmon qishlog'iga yashirinadi[6]. Shu kuni kechqurun militsiya, maxsus xizmat xizmat hodimlari va harbiylar Do'rmon qishlog'ini o'rab olib, qishloq ahliga Mo'tabar Tojiboyeva g'arb davlatlari ayg'oqchisi ekanligini uni hukumat vakillariga topshirishni talab qiladilar. Lekin hech kim davlat kuchlariga yon bosmagandan keyin, xonadonlarda tintuv o'tkaziladi. 2002 yil 10-dekabr kuni Mo'tabar Tojiboyeva, ichki ishlar hodimlari o'ziga nisbatan bosim o'tkazish maqsadida uni qizini garovga olmoqchi bo'layotganlaridan habar topadi[7], Do'rmon qishlog'idan ko'rinishini yoshi katta kampirga o'hshatib chiqib ketishga muvaffaq bo'ladi. Shundan so'ng Farg'ona viloyati ichki ishlar boshqarmasiga o'zini topshiradi[8]. Lekin ichki ishlar hodimlari Mo'tabar Tojiboyevaga nisbatan hech qanday kuch ishlatmaydilar. Mo'tabar Tojiboyevaning fikricha ichki ishlar hodimlari tomonidan bo'lgan bu harakatning asosiy sababi 2002 yil 8-dekabr kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan namoyishni oldini olish bo'lgan. 2003 yil 12-sentyabrda Mo'tabar Tojiboyevaning ishi rasman yopiladi va u aybsiz deb topilib ma'muriy javobgaligdan soqit qilinadi. Bu voqealardan so'ng O'tyuraklar klubining Inson Huquqlari bo'yicha tashabbuslari sezilarli darajada kuchaydi. 2003 yilda 10-iyunda Farg'ona viloyati prokuraturasi binosi oldida va 20-avgust Oltiariq tumani prokuraturasi binolari oldida piketlar o'tkaziladi. Bu piketlar paytida Mo'tabar Tojiboyeva va uning hamkasabalariga ichki ishlar hodimlari bilan hamkorlikda ishlaydigan foxishalar tomonidan xujumlar uyushtirilgan. 10-iyunda bo'lib o'tgan piketda Mo'tabar Tojiboyeva jarohat olib 14 kun muddatda shifoxonada davolanib chiqadi.

2003 yil 13-dekabrda Mo'tabar Tojiboyeva Toshkent shaxriga O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligiga, o'ziga qarshi uyushtirilgan tayziqlarga qarshi arz qilish uchun keladi. Lekin ichki ishlar vazirligiga kirishga ruxsat olomaydi. Shu kuni Farg'ona viloyatiga kirakash avtomobilida qaytish vahtida yo'l avtomobil halokatiga uchragan. Mo'tabar Tojiboyeva jaroxat olib 12 kun shifoxonada davolanadi. Uning aytishicha bu yo'l hodisasi oddiy tasodif bo'lish ehtimoli juda kam, chunki bu avtomobillar to'qnashuvida faqat Mo'tabar Tojiboyevnagina jabr ko'rgan. Yo'l hodisasi Toshkent viloyatida sodir bo'lgani uchun, hodisadan so'ng Mo'tabar Tojiboyeva Oxangaron tumani shifohonasiga olib kelinadi. Mo'tabar Tojiboyeva davolangan kasalxonadan chiqqandan so'ng, u shifokorlardan kasallik tarixi yozilgan varaqalarni so'raydi, lekin ular varaqalarni kimdir allaqachon olib ketganligini aytadi. Ahvoli yahshilangandan so'ng u Marg'ilonga qaytadi va u yerda davolanishni davom ettiradi. Bu kasalhonada ham uning kasallik tarixi yozilgan varaqalari nomalum yong'in oqibatida yonib ketishganini aytishadi.

Andijon voqealari va Qamoqqa olinishi

2005 yil 4-aprel Mo'tabar Tojiboyeva O'zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovga O'tyuraklar klubi nomidan Andijon viloyatidagi siyosiy va ijtimoiy vaziyat juda ham qaltisligini bayonot qilib telegramma yozadi. Shu yili 13 aprel kuni u Bektemir tumani militsiya hodimlari tomonidan to'htatilib so'roq qilinadi. Lekin Xalqaro Nodavlat Tashkilotlari va boshqa davlat elchixonalari bosimi ostida ozod qilinadi. 2005 yil 15 aprel kuni Safar Abdullayev ishi[9] bo'yicha O'zbekiston Ichki Ishlar Vazirligida matbuot konferensiyasi o'tkaziladi. Shu konferensiyaga qatnashish maqsadida kelayotgan Mo'tabar Tojiboyeva, yo'lda DAN hodimlari tomonidan to'htatiladi va boshqa bir avtomobil vositasida noma'lum shaxslar tomonidan olib ketiladi. Avtomobil vositasi ma'lum joyga borgandan so'ng to'htaydi va boshqa bir engil avtomobilda O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Terrorizmga qarshi kurash bo'limi boshlig'i Tursunboy Raxmatullayev ularni orqasidan kelib Mo'tabar Tojiboyevani o'zi kelgan avtomobilda "Toshkent" mexmonxonasi yoniga olib keladi. O'sha yerda ularni boshqa bir noma'lum shaxs kutib olib Mo'tabar Tojiboyevaga nisbatan kuch ishlatib do'q po'pisalar qiladi. Shundan so'ng Mo'tabar Tojiboyeva qaytadan Bektemir tumani ichki ishlar bo'limiga olib kelinadi va o'sha bo'limnda tergov qilinib qattiq qiynoqlarga solinadi. Marg'ilonga qaytgach o'sha joyning mahalliy shifoxonasida davolanadi, lekin hech qayerda unga qarshi zo'ravonlik ishlatilganini va qiynoqqa solingani haqida bayonot bermaydi.

2005 yil-13 may, Andijon voqealari paytida Mo'tabar Tojiboyeva sababsiz uy qamog'iga olinadi. U yashaydigan imorat oldiga qurollangan ichki ishlar bo'limi hodimlari qorovul qilib qo'yiladi. Uy qamog'ida Mo'tabar Tojiboyeva harakat qatnashchilari va xalqaro jurnalistlar o'rtasidagi aloqani o'rnatib berishga erishadi. Shu kuni soat 17larda Farg'ona viloyati Terroriqmga qarshi kurash bo'limi hodimlari Mo'tabar Tojiboyevani yashash joyidan viloyat bosh boshqarmasiga olib ketadilar va o'sha yerda 2005 yil 16 maygacha boshqarma kameralarida sababsiz hibsda qo'yadilar. Mo'tabar Tojiboyevaga hech kim bilan bog'lanishga ruxsat berilmaydi.

2005 til 20-sentyabrda Andijon voqealari bo'yicha sud jarayonlari boshlanadi. Bu jarayonlar davomida respublika bosh prokurori o'rinbosori Mo'tabar Tojiboyevaning bu ishlarga to'g'ridan to'g'ri aloqasi borligini va Inson Huquqlari himoychisi degan qalbaki nom bilan davlatga qarshi harakatlarni qilganlikda ayblaydi.

Mo'tbara Tojiboyeva 2005 yil 8- oktyabrda Irlandiyaning Dublin shaxrida bo'lib o'tadigan Inson Huqulari Xalqaro konferensiyasiga taklif qilinadi. Bu konferensiyada uning Andijon voqealariga oydinlik kiritish maqsadida nutq so'zlashi va shu masala bo'yicha fikrlarini bayon qilishi kutilgan edi. Lekin 2005 yil 7- oktyabrda Mo'tabar Tojiboyeva O'zbekiston Ishlar Vazirligining havfsizlik xodimlari tomonidan yashash joyida tovlamachilikda ayblanib hibsga olinadi.

Hibsga olingandan so'ng Mo'tabar Tojiboyeva yashayotga turar joy ichki ishlar hodimlari tomonidan [[tintuv] qilinib, unga tegishli bo'lgan buyumlar musodara qilinadi, undan tashqari garchi ayblov Mo'tabar Tojiboyevaning shaxsiga qarshi qaratilgan bo'lsada, u faoliyat ko'rsatayotgan "O'tyuraklar Klubi idorasi ham xodimlar tomonidan tintuv qilinib barcha xujjatlar va boshqa ma'lumotlar saqlanadigan manbaalar (videotasmalar, ovozli tasmalar va hakozo) ichki ishlar boshqarmasi tomonidan olib ketiladi.

Dastlab Mo'tabar Tojiboyeva Farg'ona viloyatining vaqtinchalik tergov izolyatorlarida 10 kun keyinchalik 4 oy davomida qamoq izolyatorlarida saqlanib tergov qilinadi. Tergovlar davomida unga hibsga olinishining asosiy sabablari ma'lum bo'ladi. Inson Huquqlarining faoli bo'lishi va O'tyuraklar klubini boshqarishi hukumat a'zolarining manfaatlariga zid kelishi Mo'tabar Tojiboyevaning hibsga olinishiga olib kelgan.

Linklar

  1. http://www.memo.ru/hr/politpr/asia/uzbekistan/uz271102-3.htm
  2. http://www.fergananews.com/article.php?id=442&print=1
  3. http://www.harakat.net/harakat.php?id_harakat=37&id_topic=62&id_stat=110
  4. http://www.lenta.cjes.org/?m=10&y=2002&lang=rus&nid=4169
  5. http://www.zonakz.net/articles/2102
  6. http://www.zonakz.net/articles/2100
  7. http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1042064220
  8. http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1040504460
  9. http://www.ozodlik.org/content/article/1309297.html