Tintuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tintuv — jinoiy ish boʻyicha dalillarni olishga qaratilgan tergov x.arakati. Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 158moddasiga koʻra, surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish. binosida yoki oʻzga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsa yoki hujjatlar bor deb oʻylash uchun yetarli maʼlumotga ega boʻlgan taqdirda T. oʻtkazishga haqlidir. T. qidirilayotgan shaxsni, shuningdek, murdani topish uchun ham oʻtkazilishi mumkin.

T. surishtiruvchi yoki tergovchining asoslantirilgan qaroriga binoan, prokurorning sanksiyasi bilan oʻtkaziladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda T. prokurorning sanksiyasisiz oʻtkazilishi mumkin. Lekin bunday holda keyinchalik shu oʻtkazilgan T. haqida 24 soat ichida prokurorga xabar qilinadi. T. oʻtkazilayotganda xolislar ishtirok etishi shart. T. umumiy va shaxsiy boʻladi. Umu mi y T. obʼyektiga bino, hovli va ochiq joylar, shaxsiy T. obʼyektiga fukarolar kiradi. Shaxsiy T. va olib qoʻyish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan oʻtkazilishi mumkin: jamoat tartibini saklashga doir burchini bajarayotgan militsiya xodimi tomonidan gumon qilinuvchini ushlash chogʻida ushlanuvchining yonida qurol borligiga yoxud jinoyat sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga yetarli asoslar boʻlganda; gumon qilinuvchi militsiya yoki ququqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinib, qonunga asosan uni ushlash xaqida bayonnoma tuzilganda; ayblanuvchiga nisbatan qamoqsa saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilayotganida, basharti uning yonida qurol, shuningdek, saqlanishi man etilgan buyumlar yoxud ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlar boʻlishi mumkin deb oʻylashga yetarli asoslar boʻlganida; olib qoʻyish yoki T. oʻtkazilayotgan binoda yoki boshqa joyda turgan shaxs olib qoʻyish va T. oʻtkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga koʻra olinishi zarur boʻlgan narsa yoki hujjatlarni oʻz yonida yashirincha saklamoqda deb oʻylash uchun yetarli asoslar boʻlganida. Shaxsiy T. tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan mutaxassis hamda xolislar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. T. natijasida qoʻlga kiritilgan narsa va xujjatlar T.da ishtirok etayotgan shaxslarga koʻrsatiladi, bayonnomada toʻliq aks ettiriladi. Bayonnomaning nusxasi tintilgan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolariga, ular boʻlmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Zarur hollarda olib qoʻyilayotgan hujjatlarning nusxalari beriladi.

Mirzayusuf Rustamboyev.