Xalq dushmani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalq dushmani iborasi tarixning turlicha davrlarida maʼlum joydagi hokimiyatlar tomonidan maʼlum bir shaxs yoki tashkilotlarning butun jamiyatning manfaatlariga qarshi boruvchi sifatida koʻrsatilishi uchun ishlatilgan.

Paydo boʻlishi[tahrir]

„Xalq dushmani“ iborasining tarixi juda uzundir. Rim imperiyasi davrida Senat bu iborani Imperator Neronni qamoqqa olinishi uchun ishlatgan[1]. Fransuz tarixchisi Ernest Renanning aytishicha Evropadagi Xristian jamiyatida qatl qilinayotgan Xristianlarni „Jamiyat dushmani“ yoki „Vatan xoini“ deb nomlashgan. Islom dini yoyilgan mamlakatlarda „Xalq dushmani“ koʻpincha Islom dini qonunlari toʻplami yaʼni shariatga qarshi borgan kishi sifatida koʻrsatilgan va uning atalishi „Gʻayridin“ yoki „Kofir“ soʻzlari bilan nomlangan.

Fransuz Revolyutsiyasi davridagi Xalq dushmanlari[tahrir]

„Xalq dushmani“ iborasi, shuningdek Xalq dushmanlariga qarshi birinchi qonun Fransuz Revolyutsiyasi davrida paydo boʻldi. Bu qonun 10-iyun 1794-yil Yakobinchilar tomonidan qabul qilingan boʻlib, Xalq dushmanlari sifatida xalq erkinligini cheklovchi shaxslar koʻzda tutilgan. Ular asosan Fransiyada qirollik tuzimini qaytarishga moyil shaxslar, Parij shahrini oziq-ovqat bilan taʼminlashga halaqit qilayotgan talonchilar va oqsuyaklardan tashkil topgan[2]. Shu davrda Fransuz Revolyutsion Tribunali kuniga oʻrta hisobda 50 kishini qatl qilishga hukm qilgan[3].

Sovet Ittifoqida[tahrir]

Peticiones de Beria a Stalin para aprobar los fusilamientos de 457 "enemigos del PCUS y del régimen soviético, participantes en la contrarrevolución, derechistas, colaboracionistas y miembros del espionaje extranjero.”.

Oktyabr Revolyutsiyasi „Xalq dushmani“ iborasini qaytadan kun tartibiga olib chiqdi. Bu ibora 1971 yilning mart oylari ohirida Fevral Revolyutsiyasidan keyin muvaqqat xukumatlariga qarshi ishlatilgan. Shu yilning 28 noyabrida Xalq Komissarlari Kengashida soʻzlagan nutqida "Xalq dushmanlari iborasini kadetlarga qarshi ishlatadi va ularni qamoqqa olinishiga buyruq beradi[4]. Shundan soʻng bu ibora asosan „Qonga tashna kapitalistlar, xalq qonini soʻruvchi burjuaziya“ degan „sharmandali“ ayblovlar asosida koʻpchilik aholini qatagʻon qilishda muhim rol oʻynagan.

Leninning kadetlarga qarshi qilgan nutqidan soʻng, kommunistik jamiyatga oʻzlarining qadriyatlari, oʻylari va qilayorgan aktlari bilan qarshi chiquvchi barcha insonlar „Xalq dushmanlari“ deb atalib, ularga qarshi kurashish uchun kontr-revolyutionniy harakatlar va talonchilikka qarshi kurashish uchun favqulodda kommissiya tuzilib u CheKa (ruschada ChK) deb nomlangan.

Xalq dushmani iborasi boshqacha koʻrinishlarda ham ishlatilgan, bu oʻsha odamlarga qoʻyilgan ayblov darajasini ham bildirgan:

" Ishchilar dushmani " (ruschada: vrag trudyaщixsya) ; " Proletariat dushmani " (ruschada : vrag proletariata) ; " Toifaviy dushman " (ruschada : klassoviy vrag), va boshqalar.

„Ishchilar dushmani“ iborasi rasmiy ravishda Le terme " ennemi des travailleurs " en particulier était employé officiellement dans l’article 588 du Code pénal de la République socialiste fédérative soviétique de Russie, et dans des articles semblables des codes des autres républiques soviétiques.

Xalq dushmani iborasi turli hil ijtimoiy guruhlar yoki shaxslarga qarshi ishlaytilgan. Masalan shox Nikolay II va uning oilasi, yaqinlari, oqsuyaklar, burjuaziya, dindorlar, ishblarmonlar, tadbirkorlar, quloqlar, anarxistlar, monarxistlar, mensheviklar, Trotskiychilar, Buxarinchilar va ijtimoyi parazitlari (ruschada : tuneyadsi) asosan shu ibora ostida ayblanib jazoga tortilishgan.

Xalq dushmani qamoqqa olinishi, haydalishi yoki oʻlimga mahkum qilinishi, mol-mulklari musodara qilinishi, surgun qilinishi kabi jazolarga tortilgan. Koʻpchilik Xalq dushmanlari oʻzlarining qilgan adovatli harakatlari uchunmas balki faqatgina oʻzlarining ijtimoiy kelib chiqishi yoki ularning inqilobdan oldingi kasb-hunarlari oqibatida shu nom ostida ayblashgan: bu holat ayniqsa didorlar, eski mirshablar va tadbirkorlarga tegishli boʻlgan. Ularning ayrimlari lichentsi deb atalgan (ruschada: lishensi, soʻzi lishenie feʼlining tuslanishi boʻlib, oʻzbek tilida „mahrum qilinganlar“ maʼnosini bergan), chunki bu insonlar Sovet Ittifoqi Konstitutsiyasiga koʻra ovoz berish huquqidan mahrum qilinganlar.

Xalq dushmani ayblovi ayblangan shaxsning oila-aʼzolariga, umr yoʻldoshiga, bolalariga, uzoq qarindoshlariga va doʻstlariga ham katta ijtimoiy salbiy taʼsir koʻrsatgan, hatto bu holat oddiy kasbiy munosabatlarda boʻlgan shaxslarga ham taʼsir koʻrsatgan. Xalq dushmani sifatida eʼtirof etilgan insonning yon atrofdagilariga jamiyat va davlat katta bosim oʻtkazgan, uning farzandlariga esa maʼsulyatli lavozimlar ishonib topshirilmagan.

Beriya: Xalq dushmani[tahrir]

Taqdir oʻyini bilan ohirgi Xalq dushmani sifatida qatl etilgan shaxs [[Lavrentiy Beriya] boʻlib, uning oʻzi Xalq dushmanlarining yirik jallodi bo'lgan. Agar rasmiy maʻlumotlarga ishonadign boʻlsak u 1953-yil 26-iyunda SSSR Markaziy Komitetining majlisida hibsga olingan. Shu kunning oʻzidayoq Markaziy Komitet favqulodda yigʻilish oʻtkazib, uni „Kommunistik Partiya va Sovet Xalqi dushmani“ sifatida ayblab, Kommunistik Partiya safidan chiqarilishi haqida qaror chiqariladi. Yana shunday rasmiy maʼlumotlarga koʻra u shu yilning 23-dekabrida SSSR Oloiy sudining Maxsus Sud tribunali tomonidan oʻlim jazosiga mahkum etiladi va shu kunning oʻzidayoq otib oʻldirilgan.

NKVDning oldingi raxbarini hibsga olinishi haqida 20-iyul 1953-yilda amerikaning Time jurnali oʻzining birinchi sahifasida Lavrentiy Beriyaning rasmini chop etgan va rasm ostida „Lavreniy Beriya: Xalq dushmani“ satrlari yozilgan, bu kesatiq uning yillar davomida Xalq dushmanlarini taʼqib qilgani va oʻzi ham ularning qatoridan joy olgani bilan tushuntiriladi.

Hozirgi kunda[tahrir]

Hozirda dunyoda Xalq dushmani atamasi rasmiy jihatdan koʻpchilik davlatlarda, xususan Sobiq SSSRda ishlatilmaydi. Lekin amalda bunday ayblovlar matbuot, ommaviy ahborot vositalari, xujjatli qissalar va boshqa yoʻllar bilan Xalq dushmanlari mavjudligiga ishora qiluvchi materiallar hozirgacha mavjud.

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. http://www.calend.ru/person/3251/
  2. http://ufalaw.narod.ru/1/igpzs/xrestomatiya/11.htm
  3. http://www.justice.gouv.fr/histoire-et-patrimoine-10050/la-justice-dans-lhistoire-10288/le-tribunal-revolutionnaire-22842.html
  4. Sovet Ittifoqi hukumatining qarorlari — 1-e. — Moskva: Gosudarstvennoe izdatelstvo politicheskoy literaturi, 1957. — T. I. — S. 165—166. — 626 s. — 30 000 ekz