Zafarmurod Abdurahmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zafarmurod Abdurahmatov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zafarmurod Abdurahmatov
Tavallud sanasi 28-aprel 2003-yil (2003-04-28) (20 yosh)
Tavallud joyi Qamashi tumani Oʻzbekiston
Boʻyi 170 cm (5 ft 7 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2020—2022 Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022— Nasaf 23 (1)
Milliy terma jamoa
2021—2023 Oʻzbekiston U-20 10 (1)
2023— Oʻzbekiston U-23 (0)
2023— Oʻzbekiston (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Zafarmurod Abdurahmatov (2003-yil 28-aprelda tavallud topgan) — oʻzbek futbolchisi, Nasaf jamoasi va Oʻzbekiston U23 futbol terma jamoasi yarimhimoyachisi.

Hayoti va futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zafarmurod Abdurahmatov 2003-yil 28-aprelda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tavallud topgan.

Zafarmurod Abdurahmatov — Nasaf futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilgi mavsumgacha Zafarmurod Abdurahmatov Nasaf U18 jamoasi tarkibida harakat qilgan. 2021-yil 1-yanvardan Nasaf U21 jamoasiga koʻchib oʻtgan.

Nasaf[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zafarmurod Abdurahmatov 2022-yil 1-yanvardan Nasafning asosiy jamosida koʻrinish bera boshladi. Uning Nasaf jamoasi tarkibidagi dastlabki oʻyini 2022-yil 2-may kuni Qoʻqon 1912 jamoasiga qarshi bo‘ldi. O‘yinning 90-daqiqasida Oybek Bozorov oʻrniga maydonga tushdi. Ushbu oʻyin 0:1 hisobida Nasaf jamoasi gʻalabasi bilan yakunlandi[1]. 2022-yilgi mavsumda Zafarmurod Abdurahmatov umumiy hisobda 7 ta oʻyinda maydonga tushib 229 daqiqa maydonda harakat qilgan[2].

2023-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zafarmurod Abdurahmatov 2023-yilgi mavsumda Nasaf jamosi safida Oʻzbekiston superligasida 4 ta, Oʻzbekiston kubogida 2 ta oʻyin oʻtqazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 249 daqiqa maydonda harakat qildi[3][4]. 2024-yil AFC Osiyo kubogi 2023 musoboqasidan so'ng transfer narxi 500 ming $ gacha ko'tarilgan[5].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zafarmurod Abdurahmatov Oʻzbekistonning bir qancha yosh toifasidagi jamoalarida oʻynagan. Jumaladan Oʻzbekiston U19, Oʻzbekiston U20 va Oʻzbekiston U23. Temur Kapadze qoʻl ostida Oʻzbekiston U19 jamoasida 2022-yil 8-sentyabr kuni Argentina U20 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladi[6]. Ravshan Haydarov qoʻl ostida Oʻzbekiston U20 jamoasida 2023-yil 14-fevral kuni Tojikiston U20 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladi. 2023-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan U-20 Osiyo kubogida Oʻzbekiston U20 jamoasi Osiyo chempioniga aylandi[7].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]