Muhammadqodir Hamroliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadqodir Hamroliyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Muhammadqodir Hamroliyev
Tavallud sanasi 6-iyul 2001-yil (2001-07-06) (22 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston
Boʻyi 1.85 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paxtakor
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2018 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020—2021 Dinamo 30 (3)
2022   Olimpik 25 (3)
2023— Paxtakor 18 (1)
Milliy terma jamoa
2021— Oʻzbekiston U-23 26 (2)
2023— Oʻzbekiston 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Muhammadqodir Hamroliyev (inglizcha: Mukhammadkodir Khamraliev; 6-iyul 2001-yil, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynaydi. Toshkentning „Paxtakor“ va Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammadqodir „Paxtakor“ akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisblanadi[1]. Professional futboldagi faoliyati 2020-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi tarkibida, Oʻzbekiston Pro ligasi musoboqasi oʻyinlarida boshlagan. Dastlabki mavsumidayoq jamoaning eng yaxshi futbolchilari qatorida boʻldi va 11 ta oʻyinda 2 ta gol muallifiga aylandi. Navbatdagi mavsumida Samarqand jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgan[2] va klub tarkibida 22 ta oʻyinda 1 ta gol muallifi boʻlgan va „Dinamo“ jamoasining Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrinni egallashida katta hizmat qilgan. 2022-yilig mavsum oldidan Toshkentning „Olimpik“ jamoasiga ijaraga berilgan. Olimpik klubi tarkibida himoyachi boʻlishiga qaramay oʻzining toʻpurarlik mahorati bilan ham ajralib turgan va 25 ta oʻyinda 3 ta gol muallifi boʻlgan. Mavsum yakunida Toshkentning boshqa bir jamoasi, 2022-yili Oʻzbekiston Superligasi chempioni „Paxtakor“ klubining skautlari qiziqishlar doirasiga tushgan[3][4]. 2023-yilgi mavsum oldidan „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[5]. Dastlabki mavsumidayoq „Paxtakor“ klubining asosiy himoyachilaridan biriga aylangan futbolchi, Mavum yakunida faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston chempioni boʻldi[6].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yildan Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi aʼzosi[7]. Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida 2023-yilda Xitoyda oʻtgan Osiyo oʻyinlarining futbol musoboqasida bronza medal sohibi boʻlgan. Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyutini 2023-yil 25-dekabrda Srečko Katanec murabbiyligida „Qirgʻiziston“ terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[8].

Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Isht Gol
2023 1 0
Jami 1 0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Osiyo oʻyinlari 2022 bronza medal sohibi: 2023

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]