Islom Kenjaboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islom Kenjaboyev 
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Islom Kenjaboyev
Tavallud sanasi 1-sentyabr 1999-yil (1999-09-01) (24 yosh)
Tavallud joyi Navoiy, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.70 cm (12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Nasaf
Raqami 27
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2021 Oʻzbekiston Nasaf 74 (10)
2021 Janubiy Koreya Jeju United 1 (0)
2021 Oʻzbekiston Qizilqum 14 (0)
2022 Oʻzbekiston Navbahor 11 (0)
2022—2023 Oʻzbekiston Qizilqum 30 (12)
2024— Oʻzbekiston Nasaf
Milliy terma jamoa
2017—2019 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-20 5
2018—2021 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23 6
2018— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 3
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Islom Kenjaboyev (1999-yil 1-sentyabr tugʻilgan) oʻzbek futbolchisi, Qarshining „Nasaf“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi[1].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom Kenjaboyev 1999-yil 1-sentyabr Navoiy viloyatida tugʻilgan. Shuningdek Islom Kenjaboyev – „Nasaf“ futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Birinchi murabbiyi Nurali Sultonov. Akademiyada 2012-yildan 2017-yilgacha tahsil olgan soʻng 2017-yilg Islom Kenjaboyev Nasafning oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.[2] 2017-yilda Islom Kenjaboyevning muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev uni asosiy jamoaga jalb etdi. Islom Kenjaboyev „Nasaf“ safida 86 ta oʻyinda maydonga tushib 9 ta gol va 4 ta goli uzatmalarga mualliflik qildi, umumiy hisobda 5.246 daqiqa maydonda toʻp surdi[3].

2021-yil Nasaf jamoasiga Jeju United klubi Islom Kenjaboyevni sotib olish boʻyicha rasmiy taklif joʻnatdi va Nasaf bu taklifni qabul qildi[4]. Jeju United klubiga bu transfer 400 ming yevroga tushdi.[5] Jeju United safida 2 ta oʻyinda maydonga tushib umumiy hisobda 102 daqiqa maydonda toʻp surdi[6].

Jeju United safidagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin Islom Kenjaboyev 2021-yil 14-iyul kuni Qizilqum jamoasiga erkin agent sifatida qoʻshildi[7][8]. Qizilqum jamoasi safida 20 ta oʻyinda maydonga tushib 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi[9]. Jamoa safida umumiy hisobda 1.758 daqiqa maydonda toʻp surdi. 2022-yilning 1-yanvarida Islom Kenjaboyev „Navbahor“ jamoasiga ijaraga berib yuboriladi.

2022-yilning 1-yanvarida Islom Kenjaboyev „Navbahor“ safiga kelib qoʻshildi[10]. Navbahor safida 13 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 401 daqiqa maydonda toʻp surdi. 2023-yildan Qizilqum klubi bilan shartnoma imzoladi[11]. 2024-yildan Qarshining "Nasaf" klubi futbolchisi.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]