Jaloliddin Masharipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jaloliddin Masharipov 
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jaloliddin Qadamboyevich Masharipov 
Tavallud sanasi 1-sentyabr 1993-yil (1993-09-01) (30 yosh)
Tavallud joyi Urganch, Oʻzbekiston
Boʻyi 178 sm (5' 8" ft)
Ampluasi Yarim himoyachi
Vazni 70 kg (154 lb)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Eron Esteghlal F.C.
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2012 Oʻzbekiston Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2020 Oʻzbekiston Paxtakor 141 (24)
2017   Oʻzbekiston Lokomotiv 27 (6)
2021—2023 Saudiya Arabistoni Al-Nassr FK 40 (2)
2021   Birlashgan Arab Amirliklari Shabab Al Ahli Club 12 (2)
2023 Gretsiya Panserraikos F.C. 7 (0)
2024— Eron Esteghlal F.C. 0 (0)
Milliy terma jamoa
2013 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-20 4 (1)
2013—2018 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23 8 (1)
2016— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 53 (12)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Masharipov Jaloliddin Qadamboy oʻgʻli (1993-yil 1-sentyabr, Urganch) – oʻzbek futbolchisi, „Esteghlal F.C.“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jaloliddin Masharipov 1993-yil 1-sentyabr kuni Urganch shahrida tugʻilgan. Jaloliddin Masharipov  2013-yilgacha „Paxtakor“ jamoasida toʻp surgan. 2013-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida 4 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2017-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida boʻlgan. 2021-yilda Jaloliddin Masharipov „Al-Nasr“ jamoasiga kelib qoʻshilgan.

Paxtakordagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masharipov „Paxtakor“ tarkibida Superliganing 141 ta uchrashuvida qatnashib, 24 ta gol urgan. Osiyo chempionlar ligasida 29 ta oʻyinda – 4 ta, mamlakat kuboklarida 30 ta oʻyinda ishtirok etib, 5 ta gol urgan[1].

Lokomativdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jaloliddin Masharipov „Lokomativ“ tarkibida 2017-yil koʻrsatkichlari boʻyicha „Lokomativ“ning 6 ta uchrashuvida qatnashib, 1 ta gol urgan va 2018-yili „Lokomativ“ tarkibini tark etgan.

Al-Nasrdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda Jaloliddin Masharipovni „Al-Nasr“ sotib olgan. Shu yili Jaloliddin Masharipov bir mavsum ichida 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan[1]. 2023-yil 17-avgustda Masharipov „Al Nasr“ jamoasi bilan oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomani bekor qildi[2].

2023-yil 27-sentybarda Gretasiyaning „Panserraikos F.C.“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[3][4][5]. 2024-yil 31-yanvarda Panserraikos Masharipovning jamoani tark etishini va shartnoma oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingani eʼlon qildi[6].

2024-yil 4-fevralda Eronning „Esteghlal“ jamoasi bilan bir yarim yillik sharnoma imzolagani eʼlon qildi[7].

Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda ilk bor Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi (U-23) safiga Jaloliddin Masharipov chaqirilgan. Uning birinchi oʻyini Koreya (u-23) terma jamoasiga qarshi boʻlgan. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi Koreyaga 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. Uning terma jamoadagi birinchi yirik turniri 2019-yilda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Osiyo chempionati boʻlgan. Osiyo chempionatida Masharipov 3 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

6-yanvar, 2023-yil holatiga koʻra[8][9]
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Diviziya Isht Gollar Isht Gollar Isht Gollar Isht Gollar
Paxtakor 2013 Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati — Superliga 0 0 1 0 0 0 1 0
2014 12 0 5 1 - 17 1
2015 22 3 6 0 6 0 34 3
2016 30 7 2 0 6 1 38 8
Lokomotiv Toshkent (ijara) 2017 27 6 6 2 6 1 39 9
Paxtakor 2018 29 4 4 1 1 0 34 5
2019 25 4 4 2 8 1 37 7
2020 23 6 4 1 8 2 35 9
Jami 168 30 32 7 35 5 235 42
Al Nassr 2021—2022 Saudiya Arabistoni Professional Ligasi 26 2 0 0 3 2 29 4
Shabab Al-Ahli (loan) 2020—2021 BAA pro ligasi 12 2 3 0 4 0 19 2
Al Nassr 2022—2023 Saudiya Arabistoni Professional Ligasi 2 0 0 0 0 0 2 0
Panserraikos F.C. 2023—
Jami faoliyati 208 34 35 7 42 7 285 48

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Oʻzbekiston 2016 4 0
2017 5 0
2018 4 0
2019 14 1
2020 4 0
2021 7 3
2022 6 4
2023 0 0
Total 44 8

14-iyun, 2022-yil holatiga koʻra

Xalqaro gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 13-yanvar, 2019 Rashid stadioni, Dubay, BAA  Turkmaniston 3-0 4-0 2019-yilgi AFC Osiko kubogi
2. 7-iyun, 2021 King Fahd xalqaro stadioni, Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni  Singapur 1-0 5-0 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
3. 2-0
4. 11-iyun, 2021  Yaman 1-0 1-0
5. 27-yanvar, 2022 The Sevens stadioni, Dubay, BAA  Janubiy Sudan 3-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
5. 29-mart, 2022 Navbahor markaziy stadioni, Namangan, Oʻzbekiston Janubiy Sudan 1-0 4-2
7. 8-iyun, 2022  Shri Lanka 1-0 3-0 2023-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi
8. 14-iyun, 2022  Tailand 1-0 2-0

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lokomotiv Toshkent
Paxtakor
Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Жалолиддин Машарипов перешёл в «Аль Насср»“. Uzdaily.uz (2021-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
  2. „"Ал Насср" Машариповнинг жамоадан кетганини эълон қилди“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  3. „Расман: Жалолиддин Машарипов Греция жамоасига ўтди“. 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  4. „Расман! Греция клуби Жалолиддин Машарипов трансферини эълон қилди!“. 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  5. „O Jaloliddin Masharipov στον Πανσερραϊκό!“ [Jaloliddin Masharipov in Panserraikos!] (el). Panserraikos FC (2023-yil 27-sentyabr).
  6. „Ευχαριστούμε "Μάσα"!“ (Greek). panserraikosfc.gr. Panserraikos F.C. (2024-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.
  7. „Расман: Жалолиддин Машариповнинг янги клуби маълум“ (2024-yil 4-fevral).
  8. Jaloliddin Masharipov Soccerway saytida
  9. Jaloliddin Masharipov at UAEFA

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]