Javohir Siddiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Javohir Sidiqov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 8-dekabr 1996-yil (1996-12-08) (27 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 174 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2016 Paxtakor FK 2 (-)
2016-2020 Qoʻqon 1912 69 (11)
2019-2020 Paxtakor FK (Ijara) 21 (4)
2021 Lokomotiv 19 (0)
2022 Qoʻqon 1912 21 (4)
2022 Lokomotiv
2023- Nasaf
Milliy terma jamoa
2013 O‘zbekiston U-17 4 (-)
2014-2015 Oʻzbekiston U-20 6 (0)
2017-2019 Oʻzbekiston U-23 20 (4)
2018 Oʻzbekiston 13 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Javohir Sidiqov (1996-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek futboli yarim himoyachisi , Qarshining „Nasaf“ klubida Oʻzbekiston ligasida va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.[1]

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi.[2] U ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. 2016-yilda „Paxtakor“ning asosiy tarkibida ikkita o‘yin o‘tkazgan.

2016-yildan Qoʻqon 1912 klubining asosiy oʻyinchilaridan biri.[3] 2021-yil Toshkentning „Temiryoʻlchilari“ bilan shartnoma imzolagan.[4] 2023-yildan Qashining "Nasaf" klubi futbolchisiga aylandi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda 17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. 2014-2015-yillarda 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. 2018-yildan Oʻzbekiston yoshlar (Olimpiya) terma jamoasida toʻp surmoqda. 2018-yilning yanvar oyida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan birgalikda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi.

Sidiqov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2018-yilning 27-mart kuni Marokash terma jamoasiga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazdi. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi safida bo‘lgan — bu turnir davomida 4 ta o‘yin o‘tkazgan. Ulardan birida — Turkmaniston terma jamoasi bilan oʻyinda milliy rangdagi ilk golini urdi

2018-yilning dekabr oyida u Osiyo Kubogi-2019 uchun arizaga kiritildi. 13-yanvar kuni Turkmanistonga qarshi guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida u oʻyinning 18-daqiqasida gol urib, uchrashuvda hisobni ochdi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Gol va natijalar ro‘yxatida birinchi bo‘lib O‘zbekistonning gollari qayd etilgan.[5]
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1. 13 January 2019 Al Rashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Turkmaniston 1-0 4-0 2019 AFC Asian Cup

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O‘zbekiston chempioni (3):
Paxtakor: 2015, 2019, 2020
Paxtakor: 2019, 2020
Nasaf: 2023
Paxtakor: 2019-yil
  • Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati chempioni : 2018-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Javohir Siddiqov Soccerway saytida
  2. „Архив суратлари тилга кирганда, кўзгуда Жавоҳир Сиддиқов“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  3. „Жавоҳир Сидиқов "Қўқон-1912"да“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
  4. „Жавоҳир Сидиқов - "Локомотив" футболчиси“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
  5. „Javohir Siddiqov“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]