Abduqodir Xusanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abduqodir Xusanov
Xusanov, 2023
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abduqodir Hikmat oʻgʻli Xusanov
Tavallud sanasi 29-fevral 2004-yil
Tavallud joyi Toshkent,
O'zbekiston
Boʻyi 1,86 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
RC Lans
Raqami 25
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021—2022 Bunyodkor
2022—2023 FC Energetik-BGU Minsk 35 (4)
2023— RC Lans 0 (0)
Milliy terma jamoa
2020 Oʻzbekiston U17 2 (0)
2022 Oʻzbekiston U20 15 (0)
2023— Oʻzbekiston U23 2
2023— Oʻzbekiston 4
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Abduqodir Hikmatovich Xusanov (2004-yil 29-fevralda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek futbolchisi, Fransiyaning „RC Lans“ klubi himoyachisi[1].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonning „Bunyodkor“ klubi tarbiyalanuvchisi. U klubning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar toifasida oʻynagan.

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil mart oyida u Energetik-BDUga koʻchib oʻtdi[2][3]. Futbolchi „45“ raqamini oldi. U klubdagi debyutini 2022-yil 19-mart kuni Vitebskga qarshi oʻyinda oʻtkazdi, u yerda futbolchining oʻzi asosiy tarkibda maydonga tushdi va butun oʻyinni oʻtkazdi.[4][5] U oʻzining ilk golini 2022-yilning 2-mayida Neman Grodnoga qarshi oʻyinda kiritgan va u erda ham 2 ta golli uzatma bergan.[6] 2022-yil 29-may kuni „Slaviya Mozir“ga qarshi oʻyinda u birinchi golini penaltidan kiritdi.[7][8] 2022-yil avgust oyida u Xalqaro sport tadqiqotlari markazi[9] maʼlumotlariga koʻra dunyoning eng istiqbolli futbolchilari roʻyxatiga kiritildi[10]. 2022-yilning dekabr oyida klub futbolchining klubda oʻynashda davom etishini eʼlon qildi.[11]

RC Lans[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023 yilning iyul oyida oʻzbek OAVlarida futbolchiga Fransiyaning „Lans“ jamoasidan qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqaldi[12][13]. Keyinchalik, futbolchining fransuz klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin qolgani haqida ham maʼlumotlar paydo boʻldi. 2023-yilning 24-iyulda Fransiyaning yetakchi jamoalaridan biri RC Lans jamoasi bilan shartnoma imzolagani haqida Oʻzbekistonning „Championat.asia“ internet nashri va Fransiyaning „L’Équipe“ nashrlari habar berdi[14][15][16][17]. U 25-raqamni qoʻlga kiritdi va shu bilan birga Fransiyaning Oliy dvizioni, Liga 1da oʻynagan tarixdagi birinchi oʻzbekistonlik futbolchiga aylandi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2022-yilning iyun oyida 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida debyut qilgan. 2023-yil mart oyida Oʻzbekistonda oʻtkazilgan AFC U-20 Osiyo kubogi 2023 musoboqasida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida chempionlikni qoʻlga kiritdi[18]. 2023-yil FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqasida 4 ta uchrashuvda ishtirok etdi[19][20]. 2023 iyun oyida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida CAFA Millatlar Kubogi 2023 musoboqasida, Ummon terma jamoasiga qarshi oʻyinda ilk bor debyut qildi[21][22][23].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 20-dekabr kungi holat[24]
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Umumiy
Division Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Energetik-BGU 2022 Belorussiya Premyer-ligasi 27 3 2 0 - - 29 3
2023 8 1 0 0 - - 8 1
Umumiy 35 4 2 0 - - 37 4
RC Lens 2023-24 Fransiya 1-ligasi 5 0 0 0 2 0 - 7 0
Umumiy 40 4 2 0 2 0 - 44 4

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa

Oʻzbekiston (20 yoshgacha)

Oʻzbekiston

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduqodir taniqli futbolchi va hozirda Bunyodkor akademiyasida murabbiylik qilayotgan Hikmat Hoshimovning oʻgʻli hisoblanadi[25][26].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Абдуқодир Ҳусанов - жаҳоннинг келажаги энг порлоқ 250 нафар футболчисидан бири“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  2. Abdukadir Xusanov v „Energetike“-BGU[sayt ishlamaydi]
  3. Abdukadir Xusanov v „Energetike“-BGU[sayt ishlamaydi]
  4. „Energetyk-BGU vs. Vitebsk“ (en). soccerway.com (2022-yil 19-mart).
  5. Visshaya liga, 1 tur. „Energetik-BGU“ viigral u „Vitebska“
  6. „Neman Grodno vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (2022-yil 2-may).
  7. „Energetyk-BGU vs. Slavia“ (en). soccerway.com (2022-yil 29-may).
  8. „Четверо из "Энергетика-БГУ", трое из БАТЭ, двое — чемпионы страны. Символическая сборная высшей лиги“ (ru). football.by (2022-yil 15-noyabr).
  9. „Абдукодир Хусанов в списке самых перспективных игроков мира!“ (ru). energetikbgu.by (2022-yil 30-avgust). 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  10. „Абдуқодир Ҳусанов - жаҳоннинг келажаги энг порлоқ 250 нафар футболчисидан бири“. 2023-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  11. „На сегодня наряд: уборка снега — тридцать человек! "Энергетик-БГУ" начал подготовку к сезону“ (ru). football.by (2022-yil 8-dekabr).
  12. „Эшитдик-да! Абдуқодир Ҳусанов Франция вице-чемпиони сафига ўтишга яқин“ (uz). championat.asia (2023-yil 11-iyul).
  13. „Защитник «Энергетика-БГУ» Хусанов перешел в «Ланс» («Беларусский футбол»)“ (ru). by.tribuna.com (2023-yil 11-iyul).
  14. „Хусанов прибыл в Ланс для завершения перехода в одноименный клуб“ (ru). football.by (2023-yil 21-iyul).
  15. „Le défenseur Abdukodir Khusanov arrive à Lens“ (fr). lequipe.fr (2023-yil 20-iyul).
  16. „РАСМАН! Абдуқодир Ҳусанов "Ланс" билан 4 йиллик шартнома имзолади“. 2023-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
  17. „"Ланс" клуби Ҳусановнинг трансферини тасдиқлади“. 2023-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
  18. „Осиё чемпиони Абдуқодир Ҳусанов Беларусь чемпионати 2-тур рамзий терма жамоасида!“. 2023-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  19. „Молодежный (U-20) чемпионат мира. Италия обыграла Бразилию, Узбекистан с Хусановым уступил Аргентине и другие матчи“ (ru). football.by (2023-yil 22-may).
  20. „O’zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi“ (uz). ufa.uz (2023-yil 31-may).
  21. „Аббосбек Файзуллаев ва Абдуқодир Ҳусанов миллий терма жамоада дебют ўйинларини ўтказишди“. 2023-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  22. „Кубок наций CAFA. Узбекистан с Хусановым сыграет в финале с Ираном, Кыргызстан с Шукуровым поборется за 3-е место“ (ru). football.by (2023-yil 17-iyun).
  23. „Кубок наций CAFA. Узбекистан с Хусановым уступил в финале Ирану“ (ru). football.by (2023-yil 20-iyun).
  24. Abduqodir Xusanov Soccerway saytida. Qaralgan sana: 20 December 2023.
  25. „Ҳикмат Ҳошимовнинг 18 ёшли ўғли Беларусь чемпионатини "ёндирмоқда"“. 2023-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  26. „Главный узбекский талант близок к переходу в «Ланс». Кто такой Абдукодир Хусанов?“ (ru). sports.ru (2023-yil 11-iyul).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]