Yosir Arofat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
ArafatEconomicForum.jpg
Nobel mukofoti sovrindori

Yosir Arofat (ياسر عرفات) — Muhammal Abdul Rahmon Abdul Rauf Arofat Qadva Husayniy 1929-yilning 24-avgustida Misr poytaxti Qohira shahrida tug‘ildi.Uning otasi tadbirkor-sarmoyador kishi edi, onasi esa farzandi to‘rt yoshga yetganida vafot etgandi. Arofatning avji bolalik yillari Quddusda yashaydigan amakisi uyida o‘tdi. Hali dunyo sir-sinoatlarini to‘la anglab yetmagan bolakay arablar va yahudiylar o‘rtasida kechayotgan shafqatsiz kurashlar, qirg‘inlarga ilk bor shu yerda guvoh bo‘ldi. Uning go‘dak tafakkuri va ongi aynan ana shu kurashlar girdobida shakllandi. Oiladagi farovonlik va to‘kinlik sabab, Arofat Qohira universitetida o‘qish, o‘z bilimlarini chuqurlashtirish imkoniga ega bo‘ldi. Eng qizig‘i, Arofat universitetda siyosat yoki iqtisod kabi nufuzli fakultetlarda emas, muhandislik yo‘nalishida o‘qidi (Aytishlaricha, u Yosir ism-laqabini ayni shu Qohiradagi tahsil yillarida olgan). 1948 yilgi voqealar Arofatning hayotiy maslak va maqsadlarini mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Ko‘pchilikka ma’lumki, zikr etilgan yilda Falastinga qarashli hududlar qo‘shni millat tomonidan egallandi va yangi davlat tarkibiga qo‘shib olindi. Shu tariqa hozirgacha davom etib kelayotgan Falastin-Isroil ixtilofi yuzaga keldi. Arablar 1948 yil voqeasini “Nakba” (Fojia) deb atashdi. Shu yillarda Arofat va uning tarafdorlari tomonidan Falastinni ozod qilish bayrog‘i ostida FATX harakatiga asos solindi. Arofat esa bosib olingan hududlarni qaytarish yo‘lida kurashgan birlashmaga rahbarlik qildi. Ayni shu davrda harbiy sarkardalik va siyosiy yetakchilik qobiliyatini namoyish etgan Yosir Arofat xalqaro miqyosda obro‘-e’tibor qozona boshladi. Xalqaro maydondagi e’tirof ifodasi o‘laroq, u Arab davlatlari Ligasi tomonidan 1965 yili tashkil qilingan Falastin Ozodlik tashkiloti rahbari etib saylandi. Arofat qo‘mondonligidagi FATX harakati o‘tgan yillar davomida goh Livan, goh Iordaniya hududlarida harbiy operatsiyalar olib bordi. Xususan, 1968 yili Iordaniya hududiga Isroil qo‘shinining kiritilishi va bu hujum Arofat boshqaruvidagi kuchlar tomonidan qaytarilishi FATX hamda uning yetakchisiga bo‘lgan ishonchni oshirib yubordi. Iordaniyada FATX faoliyatining taqiqlanishi, Livanga qo‘shni davlat qo‘shini kiritilishi bilan mintaqadagi ahvol yanada og‘irlashdi. Arofat ham murakkab vaziyatdan kelib chiqib, Tunisdan panoh topishga majbur bo‘ldi. 1988 yili Falastin tarixida katta siyosiy voqea ro‘y berdi va, aytish kerakki, bu hodisa sababchisi ham aynan Arofat bo‘ldi. Ozodlik tashkiloti va harakati rahbari Iordan daryosining g‘arbiy hududi hamda G‘azo sektorida Falastin davlati tashkil topganini e’lon qildi. Yil oxiriga borib, yangi davlat dunyoning 70 mamlakati hukumatlari tomonidan tan olindi. 1993 yili Norvegiya poytaxti Oslo shahrida esa Isroil bosh vaziri Ishoq Rabin va Yosir Arofat ishtirokida tarixiy tinchlik shartnomasi imzolandi.

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.