Yevropa ogʻir atletika federatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yevropa ogʻir atletika federatsiyasi (inglizcha: European Weightlifting Federation, qisqartma. EWF) — ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatlarini boshqaruvchi va tashkil etuvchi tuzilma. 49 ta milliy federatsiyani birlashtiradi. Yevropa mamlakatlarida Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) vakili. EWF kotibiyati Istanbulda (Turkiya) joylashgan[1]. 2008-yildan beri EWF prezidenti Antonio Urso (Italiya) hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi marta chempionatlarni oʻtkazish va boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish uchun mas’ul boʻlgan qitʼa federatsiyasini yaratish tashabbusi 1948-yilda Londonda boʻlib oʻtgan Olimpiya kongressida IWF vitse-prezidenti Ditrix Uortman tomonidan ilgari surilgan. Ushbu taklifdan uch yil oʻtib, 1951-yilda Panamerika ogʻir atletika konfederatsiyasi, yana 7-yildan keyin esa Osiyo ogʻir atletika federatsiyasiga asos solindi[2].


Yevropa ogʻir atletika federatsiyasiga 1969-yil 20-sentyabrda Varshavada (Polsha) jahon va Yevropa birlashgan chempionatlarioʻtkazilayotgan paytda asos solingan va Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasiga aʼzo boʻlgan 19 ta milliy Yevropa assotsiatsiyasini oʻz ichiga olgan. EWFning birinchi prezidenti Yanush Przedpelski (Polsha) boʻlgan. Hozirgi vaqtda u 49 ta milliy federatsiyani birlashtiradi (shundan 3 tasi EWFning assotsiatsiyalangan aʼzolari va 1 tasining faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan).

EWF prezidentlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1969-1983-yillar — Yanush Przedpelski
  • 1983-1987-yillar — Andre Kore
  • 1987-1999-yillar — Uolli Xolland
  • 1999-2008-yillar — Valdemar Bashanovskiy
  • 2008-yildan beri — Antonio Urso

EWFning tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

EWF Ijroiya kengashi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Antonio Urso — prezident
  • Hasan Ukkus — bosh kotib
  • Sergey Sirtsov — 1-vitse prezident
  • Astrit Hasani — moliyaviy direktor
  • Yaan Talts — vitse prezident
  • Triggve Duun - vitse prezident
  • Emilio Lozano - vitse prezident
  • Tina Beyter
  • Kolin Bakli
  • Oren Shay
  • Antonio Konflitti

Rasmiy musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevropa ogʻir atletika federatsiyasi oʻz faoliyati doirasida har yili quyidagi turnirlarni tashkil etish uchun mas’ul hisoblanadi:

  • Ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionati (1998-yilgacha chempionatlar alohida oʻtkazilgan: 1896-yildan erkaklar, 1988-yildan ayollar)
  • Ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati (20 yoshgacha)
  • Ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati (17 yoshgacha)
  • Kadetlar oʻrtasida ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionati (15 yoshgacha)
  • Ogʻir atletika boʻyicha murabbiylar oʻrtasida Yevropa chempionati (35 yoshdan +80 yoshgacha)
  • Ogʻir atletika boʻyicha Yevropa Ittifoqi chempionati
  • Ogʻir atletika boʻyicha Yevropa Ittifoqi kubogi

EWF aʼzolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „EWF: Contacts“. 2021-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.
  2. „История Европейской федерации тяжелой атлетики“ (en). https://www.ewfed.com/. European Weightlifting Federation (2014-yil 23-mart). 2019-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  3. V nastoyaщee vremya otstranena ot uchastiya
  4. 4,0 4,1 4,2 Assotsiirovanniy chlen

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]