Xonobodtepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xonobodtepashahar xarobasi (mil. 613-asr boshi — 1617-asrlar). Toshkent sh. jan.da Chirchiq daryosining oʻng sohilida, daryodan 0,5 km narida joylashgan. Oʻtgan asrning 30—60-yillarida M. Ye.Masson, V.M.Masson, Yu. F. Buryakov; 1971—75 yillarda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyam (V. A. Bulatova, L. G. Brusenko, L. L. Rtveladze, E. V. Rtveladze, M. I. Filanovich) tekshirgan. X. yodgorligi kvadrat (530x500 m) shaklda. Maydoni taxminan 30 ga. U keng xandaq bilan oʻralgan ark va shahristondan iborat. 6-asrda istehkomsiz kichik qishloq shaklida qad koʻtargan. X. 7-asr oʻrtalarida 4 burchagida minoralari bor mustahkamlangan qalin devor bilan oʻralgan shaharga aylangan. Shahar ichida muhtasham binolar, uyjoylar, maydon va bozor joylashgan. 8-asrning 1-yarmida vayronaga aylanib, 912-asrlarda hayot tiklangan. 13-asr boshida moʻgʻullar tomonidan vayron etilgan. Uzoq vaqt vayronalikdan soʻng, 15—16-asrlarda shahar qayta tiklanib, mustahkam devori yangi ark (104x80 m) bino kilingan. Shahar xarobasidan 8-asrning 1-yarmiga oid tangalar (Choch hokimi Tarnabchaning silovsin tasvirli tangasi, Usrushona xrkimi Satachuriy II, Sugd ixshidi Turgar (738750), turk xoqoni Eltegin tangalari) va abbosiylarning mis fuluslaridan iborat xazina; shuningdek, qopqogʻida qush boshi va soqolli keksa kishi tasviridagi oʻymakor naqshli ostodonlar, buka boshli sirlangan qadah, 6—12-asrlarga oid sirsiz va sirlangan sopol idishlar topilgan.

LA.Filanovich M. I., Tashkent. Zarojdeniye i razvitiye goroda i gorodskoy kulturi, T., 1983; Mukminova R. G., Filanovich M. I., Tashkent na perekrestke istorii, T., 2001; Muhammadjonov A., Qadimgi Toshkent, T.,2002.

Abdulahad Muhammadjonov.