Vikipediya:Interviki
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Interviki bir necha viki-saytlardagi muayyan maqolalarni bogʻlovchi ishoratdir. Vikipediyaning biror maqolasidagi intervikilar ushbu maqolaning boshqa tildagi variantlariga olib boradi.
[tahrir] Interviki qayerda boʻladi
Intervikilar sahifaning chap tomonida, boshqa tillarda sarlavhasi ostida joylashgan boʻladi. U yerdan boshqa til boʻlimlariga oʻtish mumkin.
[tahrir] Interviki qanday qoʻyiladi
Biror tildagi maqolaga interviki qoʻyish uchun oʻsha tildagi tegishli maqolani topib, maqola oxiriga bunday kodni yozib qoʻyish kifoya: [[til kodi:maqola nomi]], bu yerda til kodi ISO 639 boʻyicha beriladi. Masalan, ingliz tili uchun til kodi en, polyak tili uchun esa - pl.
Misollar: Telefon haqidagi maqolada xuddi shu maqolaning ingliz tilidagi variantiga olib boruvchi interviki bunday yoziladi: [[en:Telephone]].
Agar maqola ichiga ishorat sifatida interviki qoʻymoqchi boʻlsangiz, til kodi oldidan ikki nuqta yozish kerak: [[:en:Telephone]]. Natijada bunday ishorat paydo boʻladi: en:Telephone.
[tahrir] Interviki topilmasa
Agar biror maqolaning boshqa tillardagi variantlarini topa olmasangiz, u holda oʻsha maqolaga bu shablonni qoʻyishingiz lozim: {{no iwiki}}. Aqalli bitta interviki topilganda, bu shablonni olib tashlash kerak.
