Vadim Grakovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vadim Yefimovich Grakovskiy
Граковский Вадим.JPG
Tugʻilgan sanasi 1960-yil 26-aprel (62 yosh)
Tugʻilgan joyi Тoshkent, SSSR
Kasbi teatr direktori, aktyor, teatr boshqaruvchisi

Grakovskiy Vadim Yefimovich (1960-yil 26-aprelda Toshkentda tugʻilgan) — aktyor, teatr va kino rejissyori. Bir qator teatr loyihalari va festivallarining tashkilotchisi hamda direktori.

Vadim bolaligidan teatrga qiziqqan, maktabda tashkil etilgan havaskorlik spektakllarida faol ishtirok etgan. Moskva teatr oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kira olmagach, Toshkent Davlat universitetining Filologiya fakultetiga o‘qishga qabul qilingan va ushbu oliygohni 1990-yilda tamomlagan. Grakovskiy shuningdek, 1996-yilda Toshkent teatr institutining Rejissyorlik fakultetini tugatgan. Sanʼatshunos olim 2001-yildan buyon Germaniyaning Berlin shahrida yashab ijod qiladi.

Vadim Yefimovich aktyor Vladislav Grakovskiyning akasi.

Ijodiy biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982-1994-yillarda „Mayatnik“ teatr studiyasida aktyor va rejissyor yordamchisi (18 ta katta va kichik rollar);
1994-2002-yillarda Toshkentdagi Davlat akademik drama teatri, „Aladdin“ nomidagi teatr, „Zarafshon“ korxona teatri, „Lik“ raqs teatri aktyori va rejissyori (8 ta rejissyorlik va 21 ta aktyorlik ishi);
1997-2000-yillarda Oʻzbekiston yosh dizaynerlar festivali tashkilotchisi va direktori;
2002-yildan Eslingen shahridagi (Germaniya) shahar bayramlari tashkilotchisi va direktori;
2003-yildan Berlindagi  Rossiya kamera teatring[sayt ishlamaydi] aktyori va rejissyori;
2006-yildan Berlindagi bolalar eksperimental teatrining direktori;
2008-yildan „Rus sahna“ teatri aktyori (Berlin).
2008-yildan Rostokdagi „Mechae“ yahudiy teatrining aktyori bo‘lgan.

Xalqaro festivallardagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982-1994-yillarda Fransiya, Polsha, Italiya, Ispaniya, Daniya, Shvetsiya, Shveysariya, Belgiya, Gollandiya, Angliya, Portugaliya, Turkiya, Germaniyadagi festivallar ishtirokchisi.
2008-yil — Pushkin tog‘larida teatr festivali;
2008-yil — Brestda (Belarus) „Belaya Veja“ teatr festivali;
2009-2010-yillarda „Rossiyadagi uchrashuvlar“ teatr festivali (Sankt-Peterburg).
2009-yil — Dublin (Irlandiya) teatr festivali.
2009-yil — Valkadagi (Latviya) teatr festivali.
2009-yil — Kishinyovdagi (Moldova) teatr festivali.

Sofiya (Bolgariya), Qozon (Tatariston) va Toshkentda (O‘zbekiston) shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro festivallarda eng yaxshi aktyor sifatida taqdirlangan.

Rejissorlik ishlari (tanlanganlari)[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982-1994-yillarda „Chinzano“, „Andante“ (L.Petrushevskaya);
„Siz ham aybdorsiz“, „Do‘stlar“ (Kobo Abe);
„Zemlyanichnaya polyana“ (S.Polyakov);
1996-yil „Egizaklar“ (Jan-Jak Briker, Moris Laseg);
2003-yil „Taqdirga sayohat“ raqs va drama spektakli;
2007-yil „Jena Chaykovskogo — roman, kotorogo ne bilo“ raqs va drama spektakli.

Aktyorlik ishlari (tanlanganlari)[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Mayatnik“ teatr-studiyasi (Toshkent)[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Vassa Jeleznova“ (M.Gorkiy) — Proxor
  • „Qora odammi yoki men bechora Soso Jugashvilimi“ (V. P. Korkia) — Beriya

M. Gorkiy nomidagi Toshkent akademik teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „- O, Marianna!“ (V. S. Popov) — asosiy rol
  • „Samoubiystvo vlyublennix na Ostrove Nebesnix Setey“(Tikamasu) — Mogaemon
  • „Ayvoviye sni“ (T. K. Zulfiqarov) — Qarabuton

Toshkent „Aladdin“ teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Zanuda“ (F. Veber) — bosh rol
  • „Kolleksiya“ (G. Pinter) — Jeyms, bosh rol
  • „Dver v smujnuyu komnatu“ (A. Eykborn)
  • „Sokrovishe na ostrove Pelikana“ (D. B. Pristli) — bosh rol

„Xalqaro teatr“ (Frankfurt Mayndagi)[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Trudniye lyudi“ (Y. Bar-Yosef) — Saymon, bosh rol
  • „Jizn udalas“ (A. V. Vdovin) — Mixail, bosh rol

„Rus kamera teatri“ (Berlin)[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Jena Chaykovskogo — roman, kotorogo ne bilo“ — Antonina Chaykovskaya
  • „Oblomov myortv! Da zdrastvuyet Oblomov!“ (po I. A. Goncharov) — Shtols
  • „Malenkiye komedii Chexova“ (po A. P. Chexov)
  • „Vertinskiy. Putechestviye v sudbu“ — Vertinskiy

„Mechae“ yahudiy teatri (Rostok)[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oskolki xrustalnoy nochi“ (B. Brext, F. Brukner, F.Volf) — Mann, Karlaner, Doktor Xelpax, Klayner
  • „Sad“ (Y. Bar-Yosef) — Menashe Sirkin

Rus sahna teatri (Berlin)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kino va televideniyeda ishlari (tanlanganlar)[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Apropos…..“ ko‘ngilochar teledastur (boshlovchi, 1994-1998)
  • „Kambag‘allar uchun kechki ovqat“ filmi (bosh rol, 2001)
  • Kino akademiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan „Eng yaxshi vaqtlar“ qisqa metrajli film (Berlin, 2004)
  • TFH tomonidan ishlab chiqarilgan „Mast“ qisqa metrajli film (Berlin, 2005)
  • Media akademiya tomonidan ishlab chiqarilgan „Konsert“ qisqa metrajli film (Berlin, 2006.)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Будущее есть/XI Международный фестиваль «Встречи в России» | Strastnoy bulvar, 10“. www.strast10.ru. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-fevral.
  2. Н. Лихтенфельд. Премьера «Маскарада Арбенина» на «Русской сцене» в Берлине // Литературные известия : газета. — Старый Оскол, 2011. — Вып. 69, № 1. — С. 4.