Seara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Seara
port. Ceará
Gerb
Gerb
Bayroq (Taʼrif)
Bayroq
Mamlakat Braziliya
Maqomi Braziliya shtati
Tegishli Shimoli-sharqiy hudud
Maʼmuriy markazi Fortaleza shahri
Aholi (2010) 8 452 381 kishi
Zichligi 56,76 kishi./km²
Maydoni 148 920,5 km² (17-oʻrin)
Seara xaritada
Soat mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-CE
Rasmiy sayti
Koordinatalari: 5°5′S 40°23′W / 5.083°S 40.383°W / -5.083; -40.383 Coordinates: Parameter: "scale=" should be "scale:"

Seara — Braziliyaning shim.sharkiy qismidagi shtat. Mayd. 146,3 ming km2. Axoliyey 7,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Fortaleza sh. Shim.da Atlantika okeani sohil boʻyi pasttekisligiga oʻtib boruvchi Braziliya yassitogʻligining shim.sharqiy yon bagʻirlarida (bal. 300—600 m) joylashgan. Iqlimi subekvatorial iqlim, oʻrtacha t-rasi yanvarda 27°, iyulda 25°. Yillik yogʻin 1000—1300 mm. Oʻrmonlar, savannalar, dare vodiylarida palmazorlar bor. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — q.x. va oʻrmon xoʻjaligi. Asosan, paxta, banan, shakarkamish, maniok, makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, kofe, tamaki, sitrus mevalar yetishtiriladi. Ichki hududlarda ekstensiv chorvachilik, shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. S. karnaub palmasi tolasi tayyorlash, keshyu yongʻogʻi, kauchuk yigʻish boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda. Oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Gips, kurilish shagʻallari, magnezit, dengizdan tuz olinadi. Asosiy portlari: Fortaleza, Mukuripi, Arakati.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil