Rio-de-Janeyro (shtat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rio-de-Janeyro
port. Rio de Janeiro
Gerb
Gerb
Bayroq (Taʼrif)
Bayroq
Mamlakat Braziliya
Maqomi Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi Rio-de-Janeyro
Aholi (2010) 15 989 929 kishi
Zichligi 365,23 kishi./km²
Maydoni 43 780,2 km² (24- oʻrinda)
Rio-de-Janeyro xaritada
Soat mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-RJ
Rasmiy sayti
Koordinatalari: 22°54′S 43°12′W / 22.900°S 43.200°W / -22.900; -43.200 Coordinates: Parameter: "scale=" should be "scale:"

Rio-de-janeyro — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shtat, Atlantika okeani soxilida. Mayd. 43,9 ming km2. Axrlisi 14,4 mln. kishi (2000), Maʼmuriy markazi — RiodeJaneyro. Yirik shaharlari: Niteroy, NovaIguasu, Kampus, Petropolis va b. Braziliya yassitogʻligining jan.sharqida joylashgan. Iklimi tropik, nam iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra 20—26°, yillik yogin 1200— 1500 mm. Nam tropik oʻrmonlar bor.

R.deJ. Braziliyaning rivojlangan shtatlaridan. Neft, koks, choʻyan va poʻlat i.ch. boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinda. Yirik metallurgiya, sement, kimyo sanoati rivojlangan. Kemasozlik va kema taʼmirlash, toʻqimachilik, farmatsevtika, yogʻochsozlik korxonalari mavjud. Q.x.da dehqonchilik yetakchi. Kofe va qand lavlagi, shuningdek, paxta, makkajoʻxori, sholi, tamaki, kakao, banan ekiladi. Vodiylarda goʻshtsut chorvachiligi va choʻchqachilik bilan shugʻullaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil