Minas-Jerais

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Minas-Jerais
port. Minas Gerais
Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Mamlakat Braziliya
Maqomi Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi Belu-Orizonti
YAIM R$192,611 mlrd.  (3- chi oʻrinda)
Aholi (2010) 19 597 330 kishi
Zichligi 33,41 kishi./km²
Maydoni 586 520,4 km² (4- oʻrinda)
Minas-Jerais xaritada
Soat mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-MG
www.mg.gov.br Rasmiy sayti
Koordinatalari: 19°49′S 43°57′W / 19.817°S 43.950°W / -19.817; -43.950 Coordinates: Parameter: "scale=" should be "scale:"

Minas-jerais — Braziliyaning jan.-sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 588,3 ming km2. Aholisi 17,8 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Belu-Orizonti sh. Yirik shaharlari: Juisdi-Fora, Governador-Valadaris, Uberlandiya va b. Braziliya yassitogʻligining eng baland (bal. 2890 m, Serrade-Mantikeyra) sharqiy qismini egallagan. M.-J.ning markaziy qismida shim.dan janubga tomon shtatning asosiy mineral resurelari toʻplangan Serra-du-Espinyasu tizmasi choʻzilgan. Yirik daryolari SanFransisku, Riu-Dosi, Riu-Grandi, Paranaiba va b. Ikdimi tropik iqlim, yozi issiq va qishi quruq va iliq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 16°, yanvarniki 25°, yillik yogʻin shim. va shim.-sharqida 1000—1250 mm dan jan.da 2000 mm gacha. Oʻsimlik dunyosi sernam doim yashil togʻ tropik oʻrmonlaridan hamda butali oʻrmon va savannalardan iborat. M.-J. iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan shtatlardan. Mamlakatning asosiy konchilik (por-tugalcha minasgerais — asosiy konlar; shtat nomi shundan) va metallurgiya sanoati rivojlangan r-ni. M.-J.

da 17—18-a.larda dastlabki olmos va oltin konlari topilgan. Shtatda radioaktiv elementlarga boy rudalar, boksit, marganets rudalari, sirkon, berill, molibden, nikel, niobiy, tantal, vanadiy, kobalt, grafit, mi-shyak, slyuda, olmos, oltin va b. foydali qazilmalarning yirik zaxiralari bor. Rangli metallurgiya sanoati rivojlangan Oru-Pretu va Posusdikaldas sh.larida alyuminiy ishlab chiqariladi. Mashinasozlik, metal-lsozlik, neft kimyosi, sement, oyna-keramika, yogʻochsozlik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari bor. Oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Q.x.da dehqonchilik yetakchi tarmoq. Asosiy ekinlari: sholi, makkajoʻxori, dukkaklilar, maniok, jan.-sharqida — kofe, shakarqamish, tamaki, sitrus mevalar. Chorvachilik rivojlangan. SanFransisku va uning irmoqlarida kema katnaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil