Matu-Grosu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matu-Grosu
port. Mato Grosso
Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Mamlakat Braziliya
Maqomi Shtat
Tegishli Markaziy-g'arbiy hudud
Tarkibida - 5 mezoregion;
- 22 mikroregion;
- 141 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Kuyaba
Gubernator port. Silval Barbosa (BDXP)
Vitse-Gubernator port. Francisco Tarquinio Daltro (BDXP)
Senatorlar port. Blairo Maggi (BRP)
port. Jayme Campos (DEM)
port. Pedro Taques (DIP)
YAIM R$57 294 000  (14- chi oʻrinda)
Rasmiy tillar Portugal
Aholi (2010 yil) 3 035 122[1]{{{Aholi oʻrin}}}- oʻrin)
Zichligi 3,36[1] kishi./km²
Dinlar tarkibi katoliklar
Maydoni 903 329,7 [2] km² (3- oʻrinda)
Kengligi -15.566667
Uzunligi -56.066667
Matu-Grosu xaritada
Soat mintaqasi GMT-4
Kod ISO 3166-2 BR-MT
Pochta indeksi 78000-000 по 78890-000
[mt.gov.br Rasmiy sayti]
Izoh: 
  1. 1,0 1,1 Estatisticas de 29 de Novembro de 2010. IBGE. Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-05).
  2. Censo 2010: populacao do Brasil e de 190.732.694 pessoas (port.)
Koordinatalari: 15°34′0″S 56°4′0″W / 15.56667°S 56.06667°W / -15.56667; -56.06667 Coordinates: Parameter: "scale=" should be "scale:"

Matu-grosu - Braziliyaning jan.gʻarbiy qismidagi shtat. Mayd. 906,8 ming km2. Aholisi 2,49 mln. kishi (2000). Shingu daryosi havzasidagi oʻrmonlarda indeys qabilalari saqlangan. Maʼmuriy markazi — Kuyaba sh.

M.-G. Serra-dus-Paresis va MatuGrosu qumli platolari bilan Braziliya yassitogʻligining gʻarbiy yotiq yon bagʻri hamda Pantanal tekisliklarida joylashgan. Iqlimi yozi sernam, subekvatorial iqlim. Kuyaba sh.da oʻrtacha oylik t-ralar 22—28°. Yillik yogʻin 2000 mm va undan ortiq. Daryolari serostona. Oʻsimlik dunyosi past boʻyli daraxt va butali savannalar, dare vodiylarida oʻrmonlar hamda tropik botqoqliklardan iborat.

M.-G. — Braziliyaning iqtisodi qoloq shtatlaridan. Iqtisodining asosini ekstensiv chorvachilik tashkil etadi. Oʻrmon xoʻjaligi (kauchuk, palma yongʻogʻi yigʻish) rivojlangan. Dehqonchilikda sholi, soya, makkajoʻxori, maniok, shakarqamish, kakao, kofe ekiladi. Foydali qazilmalardan kassiterit, oltin, olmos olinadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil