Goyas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Goyas
port. Goiás
Gerb
Gerb
Bayroq (Taʼrif)
Bayroq
Mamlakat Braziliya
Maqomi Braziliya shtati
Tegishli Markaziy-gʻarbiy hudud
Tarkibida • 5 mezoregion;
• 18 mikroregion;
246 munisipalitet
Maʼmuriy markazi Goyaniya shari
Yirik shaharlari Goyaniya, Anapolis, Luizaniya, Riu-Verdi
YAIM R$ 75,274 mlrd.  (9- chi oʻrinda)
Aholi (2010) 6 003 788 kishi
Zichligi 17,65 kishi./km²
Maydoni 340 103,5 km² (7- oʻrinda)
Goyas xaritada
Soat mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-GO
Rasmiy sayti
Koordinatalari: 15°56′S 50°8′W / 15.933°S 50.133°W / -15.933; -50.133 Coordinates: Parameter: "scale=" should be "scale:"

Goyas — Braziliyadagi shtat, Braziliya yassitogʻligining markaziy qismida, Tokantins daryosi havzasida. Mayd. 340,2 ming km2. Axrlisi 4,99 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Goyaniya sh. Relyefi bal. 800—900 m li Goyas yassitogʻligidan iborat. Yozi sernam subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra 22— 26°, yiliga 1500—2000 mm yogʻin yogʻadi. Hududining katta qismini shim.da savannalar egallagan, doim yashil oʻrmonlar bor.

G. — agrar shtat; yirik shaharlar atrofida dehqonchilik, ichki r-nlarda ekstensiv chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Asosiy q.x. ekinlari — sholi, shakarqamish, paxta, shuningdek, kofe, tamaki, makkajoʻxori, maniok, loviya yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan asbest (Braziliyada 1-oʻrinda), oltin, olmos, qisman nikel, mis olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq-ovqat, qurilish materiallari i.ch., yogʻochni qayta ishlash, koʻn poyabzal. Yirik shaharlari: Anapolis, Seris.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil