Riu Grandi du Norti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Riu Grandi du Norti
port. Rio Grande do Norte
Gerb
Gerb
Bayroq (Taʼrif)
Bayroq
Mamlakat Braziliya
Maqomi Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi Natal
Aholi (2010) 3 168 027 kishi
Zichligi 59,99 kishi./km²
Maydoni 52 810,7 km² (22- oʻrinda)
Riu Grandi du Norti xaritada
Soat mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-RN
Rasmiy sayti
Koordinatalari: 5°47′42″S 35°12′32″W / 5.79500°S 35.20889°W / -5.79500; -35.20889 Coordinates: Parameter: "scale=" should be "scale:"

Riu-grandi-dunorti — Braziliyaning shim.sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 53,3 ming km2. Aholisi 2,7 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Natal sh. Yirik shaharlari: Mosoro, Makau va b. Shtatning jan. va markaziy qismi oʻrqirli platodan iborat boʻlib, shim. va sharkda Atlantika boʻyi tekisligiga oʻtib boradi. Iklimi subekvatorial, issiq, gʻarb va jan.da quruq iklim. Oʻrtacha oylik tralar 24— 28°, yillik yogʻin gʻarb va jan.da 600— 700 mm dan shim. va sharqiy qismida 900—1000 mm gacha. Savannalar, palma oʻrmonlari, butazorlar bor. Iqtisodiyotining asosini q.x. va oʻrmon xoʻjaligi tashkil etadi. Shakarqamish, paxta, sizal ekiladi. Shuningdek, maniok, makkajoʻxori, sholi, dukkakli ekinlar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan. Baliq ovlanadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil