Saxalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saxalar (Saxa)
Umumiy aholi soni

470,000

Katta aholiga ega mintaqalar
Rossiya
Tillar
Saxa, Ruscha
Dinlar
Nasroniy,Shomoniylik
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa turkiy xalqlar

Saxalar (rus manbalarida yakutlar) — xalq. Saxa Respublikasining tub aholisi (365 ming kishi, 1990y.

lar oʻrtalari). Rossiyada jami 380 ming kishi. Saxa tilila soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. S. etnogenezi juda murakkab. S. Baykal boʻyidan Lena daryosining oʻrta oqimi boʻyiga koʻchib kelib (10—14—15-a.larda), tub aholi (evenklar, yukagirlar) bilan qoʻshilib ketishgan. S. turkiyzabon xalqlardan uzokdashib ketsalarda, chorvachilik bilan shugʻullansalarda, lekin oʻz qoʻshnilari — Shim.da yashovchi, ovchilik xoʻjaligi yurituvchi kichik xalqdardan keskin farq qilishadi. S, shuningdek, dehqonchilik, polizchilik, baliq ovlash, bugʻuchilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.[1]


Saxalar (oʻzlarini — uranxay saxa deb atashadi) — tukiy xalq,Yoqutistonning mahalliy aholisi. Yoqut tili turkiy tillardan biridir.Saxa tilida juda ham koʻp moʻgʻulcha soʻzlar uchraydi, shu bilan birga paleoazit tillaridan ham soʻzlar oʻtgan, ayniqsa shimoliy yoqutlarda.

Tarix[tahrir]

Koʻpchilik olimlar takidlashlariga koʻra, yoqutlar Lena, Aldan, Vilyuy dayolari boʻyiga XII asrda Baykal orolidan koʻchib kelishgan va ulardan oldin bu yerda istiqomat qilib kelgan paleoazit xalqlarini siqib chiqarishgan. Yoqutlar chorvachilik, yilqichilik, baliqchilik, ovchilik bilan shugʻullanishgan.Savdo-sotiq, Tangritanlik dinini va harbiy ishlarni rivojlantirishgan. Sibir va Shimoli-sharqiy Osiyoga katta tasir oʻtkazishgan.

Umumiy[tahrir]

Yoqutlar (oʻz nomi — saxa, uraanxay Saxa), Rossiya federatsiyasidagi turkiy millat, Yoqutistonning tub aholisi(450 ming). Magadan, Saxalin, Amur oblastlarida ham yashaydilar. Rossiyada hammasi boʻlib 470 ming yoqutlar yashaydi. Yoqut yoki saxa tili Oltoy tillar oilasining shimoli-sharqiy turkiy tillar guruxiga kiradi. Dini pravoslav va tangritanlik. Ota-onasidan hech boʻlmasa bittasi yoqut boʻlganlar metislarni, saxalyarlar deb atashadi.

Madaniyati[tahrir]

Avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan qadimiy epos [[olonxo] (yoqut. олоҥхо), Yunesko qaramogʻi ostiga olingan.

Musiqiy asboblardan eng mashxuri — xomus.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil