Aldan (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aldan
Tavsif
Uzunligi 2 273
Maydoni 729 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Aldan (daryo)

Aldan — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Saxa (Yakutiya) Respublikasidagi daryo. Lenaning eng yirik oʻng irmogʻi. Stanovoy tiz-masining shim. yon bagʻridan boshlanadi. Yuqori oqimida Aldan yassitogʻligini kesib oʻtib, Yakutskdan 160 km quyida Lena daryosiga quyiladi. Uzunligi 2273 km. Havzasining maydoni 729 ming km². Daryoda yogʻoch oqiziladi. Kuyilish yeridan 1753 km masofada kema qatnaydi. Kor va yom-girdan suv oladi. Quyilish yerida oʻrtacha yillik suv sarfi 5110 m³/sek. A. quyi qismida oktabr oxirida muzlab, may oyida muzdan boʻshaydi. A.da baliq ovlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil