Yoqut tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saxa tili
Milliy nomi: Саха тыла
Mamlakatlar: Rossiya Rossiya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:  Saxa Respublikasi
Soʻzlashuvchilar umumiy soni: 450 140 (2010)[1]
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Oltoy
Alifbosi: kirill
Til kodlari
ISO 639-1 -
ISO 639-2 sah
ISO 639-3 sah
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Saxa tili — turkiy tillarning sharqiy tarmogʻiga mansub til; RFning Saxa Respublikasida, qisman Amur, Magadan, Saxalin viloyatlarida, Taymir va Evenk muxtor viloyatlarida tarqalgan. S.t.da 430 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi (1993). Markaziy, vilyuy, shim.gʻarbiy va taymir sheva guruxlari farqlanadi. Morfologiyasi agglyutinativ harakterda boʻlib, sonlar, olmoshlar hamda kelishiklar boʻyicha boshqa turkiy tillardan bir kadar farqlanadi. Leksikasida oʻz fonetik qiyofasini saqlab qolgan moʻgʻulcha oʻzlashmalar, shuningdek, evenk va rus tilidan kirgan soʻzlar koʻplab uchraydi.

S.t.ning umumxalq yozuvi 1922 y.da S.A.Novgorodov tomonidan yaratilib, 1924 y.da takomillashtirilgan; 1929 y.dan lotin grafikasi asosidagi, 1939 y.dan esa rus grafikasi asosidagi yozuvga almashtirilgan. Adabiy til Saxa Respublikasining markaziy hududidagi soʻzlashuv tili asosida rivojlangan. [2]

SakhaDolganWorld.jpg

Saxa (yoqut) tili — koʻp qismi Saxa Respublikasida, oz qismi esa Krasnodar, Xabarovsk oʻlkalarida, shu bilan birga Amur, Irkutsk, Magadan Chita viloyatlarida istiqomat qiluvchi (umumiy soni 450 140), oʻzlarini saxa deb biluvchi yoqut xalqining milliy, adabiy, davlat tili. Bu til boshqa turkiy tillarga qaraganda oʻzgachadir. 1818-20 yili missionerlar yoqut tiliga alifbo kiritdi. Biroq yoqutlar 1929-39 yili Lotin alifbosini, 1939-yildan buyon esa kirill alifbosini foydalanib keladi. Adabiy tilining shakllanishiga Yoqutlarning markaziy tumanlarining turgʻunlarining ogʻzaki yili asos boʻldi.

Grammatika[tahrir]

Olmosh[tahrir]

Birlikda Ko'plikda
мин биһиги
эн эһиги
кини кинилэр

Son[tahrir]

0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
нуул биир икки үс түөрт биэс алта сэттэ аҕыс тоҕус уон
11 20 30 40 50 60 70 80 90 100 1000 10000 1000000
уон биир сүүрбэ отут түөрт уон биэс уон алта уон сэттэ уон аҕыс уон тоҕус уон сүүс тыһыынча (муҥ) уон тыһыынча (үтүмэн) мөлүйүөн

Manbalar[tahrir]

  1. Perepis-2010
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil