Lena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lena — Sharqiy Sibirdagi daryo. Uz. 4400 km, havzasining mayd. 490 ming km². Baykal tizmasining gʻarbiy yon bagʻridan boshlanib, Laptevlar dengiziga delta hosil qilib quyiladi. Yuqori oqimi va havzasining anchagina qismi Baykal boʻyi va Zabaykalyening togʻli r-nlari hamda Oʻrta Sibir yassitogʻlarida. Yuqori oqimida L. vodiysi tor (1 – 10 km), qirgʻoqlari baland, quyirokda vodiysi 30 km gacha kengayadi, qirgʻoqlari Yakutsk sh.gacha baland, qoyali, pasttekisliklardan iborat. Asosiy irmoqlari: chapda Nyuya, Vilyuy, oʻngda Kirenga, Vitim, Olyokma, Aldan. Oʻrtacha suv sarfi 17 ming m³/sek. Okt.da muzlab iyun boshlarida muzdan boʻshaydi. UstKut sh.dan quyilish joyigacha muntazam kema qatnaydi. Asosiy port va pristanlari: Osetrovo, Kirensk, Lensk, Olyokminsk, Pokrovsk, Yakutsk, Sangar. Baliq ovlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil