Baykal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baykal (turkiycha Boykoʻl) - Sharqiy Sibirning jan. dagi chuchuk suvli koʻl. 456 m balandlikda joylashgan, togʻlar bilan oʻralgan. Mayd. 31,5 ming km². Uz. 636 km, oʻrtacha eni 48 km. B. dunyodagi eng chuqur (1620 m gacha) koʻl. Tektonik jarayonlar natijasida vujudga kelgan. B.ga 336 daryo (shu jumladan Selenga, Barguzin, Yuqori Angara va b.) quyiladi, Angara daryosi oqib chiqadi. Koʻlda 27 orol bor. Yanv.da muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. B.da qariyb 1800 tur flora va fauna uchraydi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi, yogʻoch tashiladi. B. sohilida Slyudyanka, Baykalsk sh lari joylashgan. Listvyanka shaharchasida Rossiya FA Sibir boʻlimining Limnologiya in-ti bor. Selenga daryosining quyi oqimi Rashiduddin (1247 —1318) asarida Barkoʻjin yoki Barkoʻjin-toʻkum deyilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil