Rock guruh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rock guruh rock musiqa janrida ijro etuvchi musiqiy ansambldir. Gʻarbda ishlatiluvchi rock band atamasi 1960-larda The Band guruhi tomonidan ommaviylashtirildi. Ungacha pop group atamasi qoʻllanilar edi.

Musiqiy asboblar[tahrir]

Rock guruhlar uchun tipik asboblar elektrogitara, bass gitara hamda dovullardir. Bularga qoʻshimcha sifatida koʻpincha sintezator ham ishlatiladi. Baʼzi guruhlar boshqa asboblarni, jumladan, organ, fleyta, nay, skripka va hk. qoʻllashadi.

Tarkib[tahrir]

Rock guruhlar odatda kvartet oʻlaroq ijro qilishadi (vokalchi, ikki gitarachi va barabanchi). Biroq trio guruhlar ham bor, bunda vokalchi biror asbobni oʻzi chaladi (masalan, Nirvana, ZZ Top, Blink-182). Lekin tarkib standart qilib belgilanmagan, ishtirokchilar soni bundan-da koʻp boʻla oladi (masalan, Linkin Park).