Skripka
Zamonaviy standard skripkaning oldi va yonidan koʻrinishi |
|
| Torli asbob | |
|---|---|
| Turi | Torli asbob |
| Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi | 321.322-71 (Kompozit xordofon) |
| Registri | |
|
(standart sozlangan skripka)
|
|
Skripka — torli musiqa asbobi boʻlib, odatda kvintaga sozlangan toʻrtta torga ega.
Skripka (slavyancha skri — gʻijirlamoq) — torli kamonli musiqa cholgʻu asbobi. Skripkasimon cholgʻu asboblari orasida (S, alt, violonchel, kontrabas) yetakchi, eng baland registrli soz. 4 ta tori kvinta intervali boʻyicha sozlanadi. Diapazoni 4 oktavadan oshiq. Umumiy uz. — 600 mm. S.ning klassik shakli 15 —16-a.larda Italiya va Fransiyada yuzaga kelgan. 17— 18-a.larda Shim. Italiya, ayniqsa, Kremona ustalari A. va N.Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari va boshqalar S.ning mukammal namunalarini yaratishgan. S.lar simfonik orkestr va cholgu ansambllar asosini tashkil qiladi. 17— 18-a.lardan S.da yakkanavozlik sanʼati rivojlanib kelmoqda, S. musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada 19-a.
da virtuoz skripkachi va mashhur kompozitorlar N. Paganini, P. Sarasate va b.ning xizmati katta boʻldi. 20-a. skripkachilaridan F.Kreysler (Avstriya), I. Menuxin (Angliya), I. Stern, I. Perelman (AQSH), A.S.Mutter (Germaniya), Sh. Mins (Isroil), G. Shering (Meksika), D. Oystrax, L. Kogan, M. Vengerov (Rossiya), G. Krem yer (Latviya) va b. mashhur. Oʻzbekistonda M. Reyson, N.Pover, V. Yudenich va b. skripkachilar tanilgan. Hozirda yosh avlod ijrochilaridan D.Xoliqov, N. Hoshimov, T.Yaxshiboyev va b. xalqaro tanlovlarda gʻalabalarga erishgan. Oʻzbekiston kompozitorlari S. uchun konsertlar (Ik. Akbarov, S.Jalil va b.), sonatalar (G. Mushel, N.Zokirov va b.) kabi asarlar yaratishgan. 20-a. boshidan oʻzbek (Andijon maktabi va b.) sozandalari baʼzida Sdan gʻijjak oʻrnida foydalanishadi.
Shtrixlar [tahrir]
|
|
1. Ochiq simlar (kamoncha va chimdish bilan)
2. Gamma Lya major (kamoncha va chimdish bilan) |
| Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Multimedia. | |
Asosiy uslublar:
- Detaché — har bir nota kamonchaning alohida siljishi va uning yoʻnalishini oʻzgartirish bilan olinadi;
- Martelé — kamonchaning itarishi bilan olinadigan shtrix;
- Staccato — kamoncha bilan pastga va tepaga toʻxtab-toʻxtab yurgazish;
- Staccato volant — Stakkatoning yana bir koʻrinishi. Chalish davomida kamoncha sakrab, simlardan uzoqlashadi;
- Spiccato — sakrovchi shtrix, juda yengil staccato;
- Tremolo — bir tovushning koʻp marotaba tez-tez takrorlanishi;
- Legato — tovushlarning bir maromda, toʻxtashlarsiz ijro etilishi;
- Col legno — kamonchaning yogʻochi bilan simga urilishi. Bu tovushdan bastakorlar simfonik musiqada foydalanadilar.
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |