Emo
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Emo | |
|---|---|
| Uslubiy ildizlari: | Hardcore punk, indie rock |
| Madaniy ildizlari: | 1980-yillarning oʻrtalari Vashington |
| Xos cholgʻu asboblari: | Gitara - Bass - Baraban |
| Mashhurlik darajasi: | |
| Fusion janrlar | |
| Post-hardcore - Screamo | |
| Boshqa mavzular | |
| Emo guruhlar roʻyxati | |
- Emo soʻzining boshqa maʼnolari uchun Emo (maʼnolar) maqolasiga qarang.
Emo (ingl. emosional soʻzidan qisqartma) — hardcore musiqasining alohida turi. Bunda vokalchining ovozi larzaga keltiruvchi kuchli emosiyalarda asoslanadi, musiqa esa melodik, ayrim paytlarda xaotik boʻladi. Chinqiriq, yigʻi, ingrashlar, baqiriqqa oʻtib ketuvchi pichirlash — bu uslubning boshqalardan farq qiluvchi hususiyatlaridir. Qoʻshiq matnlari shaxsiy harakterga ega — ular muallif kechinmalari, baʼzida esa siyosat haqidadir.
Emo muhlislari submadaniyatining nomi emo kidlardir.