Nay
Nay — puflab chalinadigan musiqa asbobi. Sharq mamlakatlari, xususan Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. N. boʻylamasiga va yonlamasiga ushlab chalinadi; yonlamasiga ushlab chalinadigan N.lar turi yetakchi hisoblanadi. N.ning eng kad. turi chupon N.dir. Tayyorlanish materialiga kura turlicha nomlanadi: g-rov N., yogʻoch N., mis N. va h.k. Mazkur naylarning diametri 20—30 mm va uz. 450—520 mm boʻladi. N. kanalining bir uchi (yuqorisi) tiqin bilan berkitiladi. Ana shu yuqorisiga yaqin yon tomonida puflanadigan teshigi hamda uning pastrogʻida 6 ta chalgich barmoq teshiklari boʻladi. Bu teshiklar barmoklar bilan toʻla yoki yarim ber-kitish va puflash kuchini oʻzgartirish natijasida 2,5 oktava diapazonidagi tovushqator hosil qilish mumkin. Barmoq bilan berkitiladigan teshiklarning qarama-qarshi tomonida tovushlar muvozanatini saklashga yordam beradigan 2 yoki 3 ta teshik ham boʻladi. Anʼanaviy oʻzbek va tojik cholgʻu ansambllari tarkibida N. yetakchi sozlardandir. Kuy boshlanadigan pardaga bogʻliq holda N.ga moslab boshqa asboblar sozlangan. Shuning uchun naydagi barmoqchalgʻich teshikchalar berki-tilish soniga qarab milliy sozandalar orasida "besh qoʻl", "toʻrt qoʻl", "uch qoʻl" deb nomlanuvchi sozlash turlari qoʻllangan. Hozirda N. asbobining oʻrni yakkanavoz va joʻrnavoz soz sifatida yanada kengaydi, undan xalq cholgʻu ansambllari va orkestrlarida foydalanishning yangicha usullari yuzaga keldi. [1]
Nay — puflab chalinadigan musiqa asbobi. Sharq mamlakatlarida, xususan O'rta Osiyoda keng tarqalgan. Nayning ikki xili bor: boʻylamasiga ushlab chalinadigan nay (choʻpon nay) va yonlamasiga ushlab chalinadigan nay. Nayning eng qadimiy turi choʻpon naydir. Nay yogʻochdan, misdan yasaladi. Nayning uzunligi 45-52 sm, diametri 20-30 mm boʻladi. Nay kanalining bir uchu bekilgan boʻladi. Oʻsha yopiq tomonga yaqin joyida puflash uchun teshik boʻladi. Bu teshikning pastrogʻida qoʻl bilan berkitib-ochiladigan 6 ta teshik boʻladi. Shu teshiklarni barmoqlar bilan chala yoki toʻla bosib va puflsh kuchini oʻzgartirib 2.5 oktava diapazondiga tovushqator hosil qilish mumkin. Turkiyada tarqalagan nay oʻzbek nayidan kattaroq boʻladi.
Havolalar [tahrir]
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |