Fleyta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fleyta (nem. Flote) — puflama musiqa cholgʻu asbobi. Obnus va b. daraxt yogochi (dastlab yogʻochdan, hozirda — asosan metall)dan yasaladi. Boshcha (puflanadigan ogʻzi va tiqini bn) hamda 2 asosiy boʻgʻindan (chalgʻich teshiklari bn) iborat. 1830-y.larda nemis sozandasi, soz ustasi va kompozitor T. Byom tomonidan takomillashtirilgan zamonaviy F. klapanli mexanizm bilan jihozlangan. Xromatik tovushkatorga ega. Diapazoni (3 oktavadan oshiq — h yoki s1 — s4 yoki ye4) va ijro imkoniyatlari kengligi tufayli hozirda simfonik va puflama sozlar orkestrlari, turli ansambllar tarkibida hamda yakkanavoz soz sifatida keng qoʻllaniladi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida, musikiy kollej va litseylarda F. sinflari mavjud. Ijrochi va hstozlardan H.Isoqov, R. Yunusov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar A. Malkeyev, A. Karagadayev, A. Sayfullayev va b. mashhur.