Rock
| Rok | |
|---|---|
| Uslubiy ildizlari: | Rok end roll, blyuz, kantri musiqasi |
| Madaniy ildizlari: | 1940-lar oxiri, AQSh |
| Xos cholgʻu asboblari: | Gitara, Bass, Dovul, baʼzan Sintezator |
| Mashhurlik darajasi: | 1950-lardan beri butunjahon |
| Yaqin janrlar: | Alternativ rok - Xevi metal - Pank rok |
| Boshqa mavzular | |
| Bekbit - Rok opera - Rok guruhi - Rok madhiya - Ijtimoiy taʼsir | |
Rok, rok-musiqa (inglizcha rock) — 1950-yillarda paydo boʻlgan zamonaviy musiqa yoʻnalishi, shuningdek oʻziga xos turmush tarzi, submadaniyat. Atama butkul taʼriflanmagan, zero baʼzi musiqiy uslublarning rok-musiqaga aloqadorligi shubha ostidadir. Rok-musiqa keng tarmoqlangan: unga rok-n-rolldan metalgacha bo'lgan janrlar kiradi. Qoʻshiqlar matni ham turfa: yengil, quvnoq sheʼrlardan to falsafiy, depressiv mazmunlilarigacha. Rok-musiqa AQSh va Birlashgan Qirollikdan tarqalib, qoʻshiqlar butun dunyoda ingliz tilida kuylangan. Lekin keyinchalik deyarli har bir mamlakatda milliy rok-guruhlar paydo boʻla boshladi. SSSRga rok-musiqa 1960-yillarda kirib keldi. Shu yillarda O`zbekistonda, xususan Toshkentda ham rok-guruhlar yuzaga kela boshladi.
Mundarija |
[tahrir] Musiqa
Rok-guruhlar odatda vokalchi, gitarachi, bas-gitarachi (koʻpincha elektrogitaralarda) va barabanchi, baʼzida esa klavishchidan iborat boʻladi. Bas-gitarachi va barabanchi musiqa fonidagi ritmni ushlab turishadi, soloni elektrogitara ijro etadi va vokalchi kuylaydi. Lekin hozirgi rok-guruhlar bu qoidaga qatʼiyan boʻysunmaydilar.
[tahrir] Gʻoya
Rok — yoshlarning minbari, ular bu minbardan turib jamiyatdagi qarama-qarshiliklar, turfa kayfiyatlar, meʼyorlar haqida musiqa yordamida eʼlon qilishadi. Biroq hozirda shou-biznes rok-musiqani qoʻl ostiga qisman kiritgan va undan asosan mablagʻ yigʻish uchun foydalanadi. Rok nafaqat musiqiy uslub, balki falsafa hamdir. Rok-madaniyatni jamiyatning marginallari tashkil etadi.