Ravzat us-safo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ravzat us-safo (toʻliq nomi: روضة الصفا في سیرة الانبياء والملوك والخلفاء „Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo“ („Paygʻambarlar, podsholar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bogʻi“) — Muhammad Mirxond tomonidan Islomning paydo boʻlishi, dastlabki islom sivilizatsiyasi hamda Eron tarixiga bagʻishlangan fors tilida bitilgan tarixiy asar[1]. Asar dastlab milodiy 1497-yilda yozila boshlagan[2]. „Ravzat us-safo“ 8 jild va xulosadan iborat boʻlib 8-jildi geografik koʻrsatkichlardan iborat[3]. Asar juda ilmiy yoʻsinda yozilgan boʻlib, Mirxond oʻn toʻqqizta yirik arab tarixiy manbalari hamda yigirma ikkita oʻz davrining mashhur fors tarixiy manbalariga murojaat etgan va baʼzida ulardan iqtibos keltirgan[4] Uning ijodi keyingi koʻplab tarix asarlarga, jumladan, Xoji Xalfaning asarlariga asos boʻldi[4].

Yazdigard III Marv tomon yurishi miniaturasi. 1595-yildagi „Ravzat us-safo“ning Safaviylar qoʻlyozmasidan

Tarixiy asar quyidagi masalalarni qamrab oladi[5]:

  1. Dunyoning „yaratilishi“dan to Sosoniy Yazdigard III (632-651) davrigacha oʻtgan tarixiy voqealar;
  2. Muhammad paygʻambar va birinchi toʻrt xalifa davrida boʻlib oʻtgan voqealar;
  3. Oʻn ikki imom tarixi; Umaviya va Abbosiya xalifalari;
  4. Abbosiylar bilan zamondosh boʻlgan sulolalar (asosan Eron, Markaziy Osiyo va Hindistonda);
  5. Moʻgʻullar, Chingizxon, uning avlodi, Eron va baʼzi qoʻshni mamlakatlarda moʻgʻullar hamda ulardan keyin Amir Temur davrigacha mavjud boʻlgan sulolalar;
  6. Amir Temur va uning zamonidan to Sulton Abu Saʼid oʻlimigacha (1469) boʻlib oʻtgan voqealar;
  7. Sulton Husayn Boyqaro va uning farzandlarining tarixi (1523 yilgacha).

Uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirxond oʻz asarida tarixiy urf-odatlarni tanqidiy oʻrganishga unchalik urinmadi va bejirim hamda tez-tez dabdabali uslubda yozdi[4]. Bu asar yetti katta jild va geografik koʻrsatkichdan iborat; lekin yettinchi jild yaʼni sulton Husaynning tarixi, 1523-yilgacha boʻlgan baʼzi voqealar haqida qisqacha maʼlumotlarning (muqaddimani oʻzi yozgan boʻlishi mumkin) asosiy qismini davom ettirgan va unga qoʻshimchaning bir qismini nabirasi, tarixchi Xondamir (1475-1534) yozib qoldirgan.

Qoʻlyozma nusxalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron, Vena, Parij va Londonda turli xil forscha qoʻlyozma dubletlari saqlanmoqda. 1843-yilda Parijda fors nashri "Histoire des Samanides par Mirhond" nomi bilan nashr etilgan. Asar 1843-yilda (Parij) fors tilida Mumbay (1848 yoki 1852)da litografik tarzda toʻliq nashr etildi. Grant tarzida Abbos Parviz (1959-yilda Tehronda) umumiy tahriri ostida „تاریخ روضت الصفا“ (Tarix-i Ravzat as-Safa) nomi bilan 7 jildda nashr etilgan[6][7].

Tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Rawżat aṣ-ṣafāʾ" mashhurligi tufayli bir necha bor nashr va koʻplab tillarga tarjima qilingan. Taxminan 1596-yilda Pedro Teysheira „Rawżat aṣ-ṣafā̄ʾ“ning ispancha tarjimasini tayyorladi. Kitob qisman ingliz tiliga 1715-yilda tarjima qilingan[8]. 1782-yilda Tohiriylar va Safforiylar qismlari (2, 3, 4-boblar) lotin tiliga tarjima qilindi[9]. Shuningdek Sosoniylarga bagʻishlangan (1,2-boblar) 1793-yilda fransuz tiliga oʻgirildi[10].

1892-yildan 1893-yilgacha birinchi kitobning (Rashidun xalifalariga qadar) ingliz tiliga tarjimasi sharqshunos Edvard Rehatsek tomonidan tayyorlangan va Forster Fitzgerald Arbuthnot tomonidan ikki jildda nashr etildi[11].

Bulardan tashqari „Ravzat us-safo“ rus va eski oʻzbek tillariga ham tarjima qilingan.

Elektron varianti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Imamate(Wayback Machine saytida 2009-08-21 sanasida [https://web.archive.org/web/20090821032700/http://www.al-islam.org/imamate/biblio.htm arxivlangan)
  2. Baʼzida sana transkripsiya xatosi tufayli 1417-deb koʻrsatiladi; ammo, Mirxond 1433-yilgacha tugʻilmagan; batafsil maʼlumot: The History of India, as Told by Its Own Historians: The Muhammadan Period, ed. John Dowson (London: Trübner and Co., 1872), 127-129; OCLC 3425271, asarning toʻliq varianti manbasi: Google Books.
  3. Salaam Knowledge, 2016-03-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-10-16
  4. 4,0 4,1 4,2 Elliot, History, 129
  5. https://oriftolib.uz/kutubxona/mirxond-1433-1498/#[sayt ishlamaydi]
  6. Andrew J. Newman, University of Edinburgh Society and Culture in the Early Modern Middle East: Studies on Iran in the Safavid Period. Leiden, Brill, 2003, xxi + 429 p. Page 24 "E. Rehatsek as Rauzat-us-sqfa or, Garden of Purity. 3 vols, ed. F.F. Arbuthnot, Oriental Translation Fund, New Series 1 (London: Royal Asiatic Society, 1891)
  7. M. Th Houtsma E.J. Brill’s First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936 reprint 1987 Page 515 MIR KHAWAND. historian, author of the Rawdat al-Safaʼ („Garden of Purity“)
  8. Mīr-Khvānd, History of Persia …: to which is added an abridgment of the lives of kings of Harmuz, or Ormuz, transl. from Spanish text of Pedro Teixeira by John Stevens (London: J. Brown, 1715); OCLC 82155967
  9. Mīr-Khvānd, Historia priorum regum Persarum: Post firmatum un regno Islamismum, transl. Freiherr von Bernhard Jenisch (Vienna: Typis Josephi Nobilis de Kurzbeck, 1782); OCLC 46759841
  10. Mīr-Khvānd, Mémoires sur diverses antiquités de la Perse, et sur les médailles des rois de la dynastie des Sassanides; suivis de l’Histoire de cette dynastie, traduite du Persan de Mirkhond, transl. Silvestre de Sacy|Antoine Isaac Silvestre de Sacy (Paris, 1793); OCLC 150200240, Google Books, p. 271.
  11. Mīr-Khvānd, The Rauzat-us-safa, or, Garden of purity: containing the histories of prophets, kings, and khalifs by Muhammad bin Khâvendshâh bin Mahmûd, commonly called Mirkhond, transl. Edward Rehatsek, ed. Forster Fitzgerald Arbuthnot (London: Royal Asiatic Society of Great Britain and Ireland, 1892 and 1893); OCLC 1549524.