Ogayo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ohiodan yoʻnaltirildi)
Ogayo
Ohio
Shtat
Ogayo bayrogʻi Ogayo tamgʻasi
Ogayo bayrogʻi Ogayo tamgʻasi

Shtat laqabi: Buckeye Shtati
(Buckeye State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Columbus
Eng yirik shaharlar Columbus
Cleveland
Cincinnati
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 34-oʻrinda

116,096 km²
8.65 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 7-oʻrinda

11,464,042
107.05 kishi/km²
18
20

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 7-oʻrinda

$419,866 million
$36,669

Ittifoqqa kirish

   • Sana

17-boʻlib

1-mart 1803

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma OH [39]
Shtat guli Scarlet Carnation

(Dianthus caryophyllus)

Shtat daraxti Ohio Buckeye

(Aesculus glabra)

Ogayo — AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Eri koʻli bilan Ogayo daryosi oraligʻida. Maydoni 107,0 ming km². Aholisi 11,4 mln kishi (2002), 75% dan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Kolumbus shahri, yirik sanoat shaharlari: Klivlend va Sinsinnati. Shtatning sharqida Appalachi platosi (eng baland joyi 460 m), gʻarbida Markaziy tekisliklar bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0" dan —3° gacha, iyulniki 23— 25°. Yillik yogʻin 800–1000 mm.

Ogayo — AQShning aholisi zich va iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtatlaridan. Toshkoʻmir (yiliga 40 mln. t), tuz (5 mln. t), neft va tabiiy gaz qazib olinadi. Ogayo choʻyan va pulat eritishda AQShda Pensilvaniya shtatidan keyin 2-oʻrinda, elektr energiya hosil qilishda esa 1-oʻrinda. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining 60%ni chorvachilik beradi. Ekin maydoni 5 mln. ga. Asosan, makkajoʻxori, soya, bugʻdoy, suli va yem-xashak ekinlari ekiladi. Meva, uzum va sabzavot yetishtiriladi. Eri koʻli sohilidagi portlar orq-ali koʻmir junatiladi, temir rudasi keltiriladi. Ogayo hududini yevropaliklardan birinchi boʻlib 17-asrda fransuzlar egallagan. Parij shartnomasiga bino-an, 1763-yilda Ogayo Buyuk Britaniya qoʻliga oʻtdi. 1783-yildan AQSH tarkibida. 1802-yildan AQSH shtati.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil