Natalya Duxnova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Natalya Duxnova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi SSSRSovet IttifoqiRossiyaRossiyaBelarusBelarus
Tavallud sanasi 1966-yil 16-iyul
Mo'ynoq
Sport
Qaysi sport Yengil atletika
Murabbiy(lar)i

Lev Aleksandrovich Luzin

Vladimir Nikolayevich Pologov

Natalya Stanislavovna Duxnova (belaruscha: Наталля Станіславаўна Духнова)(1966-yil 16-iyul, Moʻynoq) – 800, 1000 va 1500 metrga yugurish boʻyicha sovet, rus va belaruslik yengil atletikachi. 1994-yil 800 m masofaga yugurish boʻyicha Yevropa chempioni. Ikkita Olimpiada ishtirokchisi (1996, 2000). Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1994), Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport murabbiy (2016).

Yugurish boʻyicha Belarus rekordchisi. Uning rekordi: 1000 metr ochiq maydonda – 2:37,33 (1995)[1], 800 metr yopiq maydonda – 1:59,31 (1997), 1000 metr yopiq maydonda – 2:35,89 (1996).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natalya Stanislavovna Duxnova 1966-yil 16-iyulda[2] Moʻynoq shahrida tugʻilgan[3]. U 6 yoshligiida ota-onasi bilan Yaroslavl viloyati Uglichga koʻchib oʻtishgan. Yoshligida Natalya changʻi sporti bilan shugʻullangan, keyin 18 yoshida yengil atletika bilan shugʻullanishni boshlagan. Natalya Yaroslavl viloyati yengil atletika sport maktabida Lev Aleksandrovich Luzin[4][5] bilan birga mashq qilgan. 1990-yilda u taniqli murabbiy Vladimir Nikolayevich Pologov qoʻl ostida SSSR terma jamoasiga qoʻshilgan. 1992-yilda u murabbiyi bilan birgalikda Rossiyadan Belarusga koʻchib oʻtishga qaror qilgan. Jismoniy tarbiya institutini tamomlagan (1999)[6].

800 metrga yugurishda besh karra Belarus chempioni (1992, 1993, 1996, 1999, 2003) va 1500 metrga yugurish boʻyicha ikki karra Belarus chempionligini qoʻlga kiritgan (1996, 1999)[7].

2005-yilda sportchilik faoliyatini yakunlagan, qizi dunyoga kelganidan soʻng, Natalya murabbiylik faoliyatini boshlagan. Uning eng taniqli shogirdi 2015-yilgi jahon chempioni va 2014-yilgi Yevropa chempioni Marina Arzamasova hisoblanadi[8][9]. 2016-yilda Duxnova „Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport murabbiyi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[10]. Yengil atletika boʻyicha Respublika olimpiya tayyorlash markazida faoliyat yuritadi.

Asosiy natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Musobaqa Oʻtkazilgan joy Masofa Oʻrin Natija
1990 SSSR chempionati Kiyev 800 m - 2:01,26
1992 Rossiya chempionati Volgograd 800 m 2nd 2:05,12
1993 Jahon chempionati Stuttgart, Germaniya 800 m 3 (h2) 2:01,78
1994 Yevropa chempionati Parij, Fransiya 800 m 1st 2:00,42
Yevropa Chempionati Helsinki, Finlandiya 800 m 2nd 1:58,55
Jahon Kubogi London, Buyuk Britaniya 800 m 3rd 2:02,81
1995 Yevropa Kubogi Fransiya 800 m 3rd 2:00,07
Jahon Chempionati Gyoteborg, Shvetsiya 800 m 5 (sf2) 1:59,45
Butunjahon harbiy oʻyinlari Rim, Italiya 800 m 3rd 2:03,90
1996 Belorus chempionati Urche 400 m 3rd 54,27
800 m 1st 2:04,69
Yevropa Kubogi Madrid, Ispaniya 800 m 3rd 1:59,70
Belorussiya chempionati Gomel 800 m 1st 1:57,24
1500 m 1st 4:08,76
Olimpiya oʻyinlari Atlanta, AQSH 800 m 7 2:00,32
1500 m 6 (sf1) 4:11,43
1997 Jahon chempionati Parij, Fransiya 800 m 2nd 1:59.31
Jahon chempionati Afina, Gretsiya 800 m 5 (sf2) 2:00,91
Gran-Pri Fukuoka, Yaponiya 800 m 8 2:09,17
1998 Yevropa Chempionati Budapesht, Vengriya 800 m 7 2:02,14
1999 Jahon chempionati Maebasi, Yaponiya 800 m 3 (sf2) 2:03,05
Belorussiya chempionati Stayk 800 m 1st 2:02,02
1500 m 1st 4:12,96
Butunjahon harbiy oʻyinlari Zagreb ,Xorvatiya 800 m 1st 2:00,84
Jahon chempionati Sevilya, Ispaniya 800 m 8 1:58,69
2000 Olimpiya oʻyinlari Sidney, Avstraliya 800 m 4 (h1) 2:03,20
2001 Belorussiya chempionati Minsk 800 m 1st 2:05,49
Yevropa Kubogi Bremen, Germaniya 800 m 3rd 1:59,95
Jahon chempionati Edmonton, Kanada 800 m 6 (h2) 2:05,47
2003 Belorussiya Chempionati Minsk 800 m 1st 2:04,23
1500 m 2nd 4:22,62

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Рекорды, установленные белорусскими спортсменами на открытых площадках“. 2017-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  2. „С ЮБИЛЕЕМ, НАТАЛЬЯ СТАНИСЛАВОВНА“. 2016-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  3. „Наталья Духнова: Не бегаю, боюсь, что затянет“. 2017-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  4. „ЭКС МС-МСМК ЯРОСЛАВЛЯ > ДУХНОВА НАТАЛЬЯ“. 2022-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.
  5. „Рекорды ГАУ «СШОР по легкой атлетике и адаптивному спорту»“. 2021-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.
  6. Спортивная энциклопедия Беларуси. 
  7. „BELARUSIAN CHAMPIONSHIPS“. 2012-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  8. „Марина АРЗАМАСОВА: МЕДАЛЬ БЫЛА ОЖИДАЕМОЙ“. 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  9. „И тренер, верная подруга“. 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  10. „Наталья Духнова — Заслуженный тренер Республики Беларусь!“. 2016-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.