Sevilla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Sevilla
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Ispaniya
Avtonom jamoat Andalusiya
Provinsiya Sevilla
Komarka Metropolitana de Sevilla
Koordinatalari 37°23′0″N 5°59′0″W / 37.38333°N 5.98333°W / 37.38333; -5.98333Koordinatalari: 37°23′0″N 5°59′0″W / 37.38333°N 5.98333°W / 37.38333; -5.98333
Maydoni 141,31 km²
Markazi balandligi 12 m
Aholisi 703 206 
Zichlik 4984,88 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi (+34) 95*
Pochta indekslari 410**
Rasmiy sayti http://www.sevilla.org/ (Ispancha)
Sevilla (Ispaniya)
Sevilla

Sevilya — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar. Andalusiya muxtor viloyati va Sevilya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 702 ming kishi (1998). Gvadalkvivir daryosi boʻyidagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo, sanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, kemasozlik va aviasozlik, q.x. mashinalari i.ch.), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo va neft kimyosi sanoatlari korxonalari mavjud. Arxeologiya, nafis sanʼat muzeylari, un-t (1502) bor.

S. qadimda Gispalis deb atalgan. 3-a.da rimliklar, 712 y.da arablar bosib olgan. 1248 y.da Kastiliya va Leon qirolligiga qoʻshilgan. 15-a.da Sdan Kolumbning 1ekspeditsiyasi yoʻlga chiqqan. 15—17-a.larda S. Yevropada eng yirik savdo shaharlaridan edi. Meʼmoriy yodgorliklaridan AlQasr saroyi (12-a. oxiri), gotika cherkovi (13—14-a.lar), kafedrali sobor (sobiq Jome masjidi), "La Xiralda" qoʻngʻiroqxonasi (12, 16-a.

lar) va b. saqlangan. [1]

Sevilla Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahardir. Sevilla provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 141,31 km2. Aholisi – 703 206 kishi (2009).

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil