Isak Hansen-Aarøen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isak Hansen-Aarøen
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Isak Hansen-Aarøen
Tavallud sanasi 22-avgust 2004-yil (2004-08-22) (19 yosh)
Tavallud joyi Tromsø, Norvegiya
Boʻyi 1.73m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami 68
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2020 Tromsø
2020- Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020 Tromsø 7 (0)
Milliy terma jamoa
2019 Norvegiya U15 7 (2)
2020 Norvegiya U16 3 (3)
2021- Norvegiya U18 9 (1)
2022- Norvegiya U19 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21:04, 18-oktabr 2022 (utc) uchun)

Isak Hansen-Aarøen (2004-yil 22-avgustda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, „Manchester United“ning yoshlar jamoalarida yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynaydi.

Hansen-Aarøen 2020-yilda Manchester Unitedning yoshlar jamoasiga qoʻshilishdan oldin Norvegiyaning ikkinchi ligasida 15-yoshida Tromsoning asosiy jamoasida oʻynagan. U Norvegiya safida xalqaro oʻyinlarda qatnashgan boʻlib, U15, U16, U18 va U19 jamoalarida mamlakatini himoya qilgan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hansen-Aarøen oʻz faoliyatini Tromsoning yoshlar jamoasida boshlagan[1]. Oʻn yoshida u Manchester Unitedning mashgʻulotlar oʻtkaziladigan maydonda boʻlib oʻtgan „Manchester United Soccer Schools World Skills“ finalida ishtirok etdi[2]. 2019-yilda Hansen-Aarøen Norvegiya futbol federatsiyasi, TV 2 va Equinor’s Heroes of Tomorrow tashabbusi bilan oʻtkazilgan tanlovda 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar uchun yilning eng yaxshi isteʼdodi sovrinini qoʻlga kiritdi[3].

U Tromso safida 2020-yil 6-iyul kuni Norvegiya 1-divizion uchrashuvida Kongsvingerga qarshi kechgan, yakunda 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan tugagan uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida Kent-Are Antonsen oʻrniga maydonga tushib debyutini oʻtkazdi[4]. U 15 yoshu 323 kunligida klub tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi[5].

2020-yilning avgustida u „Manchester United“ga oʻtdi[6][7]. U avvalroq „Liverpul“ va „Everton“ bilan ham muzokara oʻtkazgan edi[8][9]. 29-sentyabr kuni u „Yunayted“ning U21 jamoasida „Rochdeyl“ga qarshi EFL Trophy musobaqasida debyut qildi[10]. 2-oktabr kuni u Premer-Liga 2da „Blekbern Rovers U23“ga qarshi uchrshuvda debyut qildi[11]. 2021-yilning 27-avgustida u „Manchester United“ bilan ilk professional shartnomasini imzoladi[12].

Xalqaro uchrashuvlardagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hansen-Aarøen Norvegiya terma jamoasi safida U15, U16, U18 va U19 jamoalarida oʻynagan[13]. 2020-yilning 20-fevralida u U16 safida Slovakiyaga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi[14].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

match played 18 October 2022[15]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Boʻlim oʻyinlar gollar oʻyinlar gollar oʻyinlar gollar oʻyinlar gollar oʻyinlar gollar oʻyinlar gollar
Tromso 2020 1. divizion 7 0 7 0
Manchester United U21 2020-21 1 0 1 0
2021-22 0 0 0 0
2022-23 2 0 2 0
Jami 3 0 3 0
Karyera jami 7 0 0 0 0 0 0 0 3 0 10 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Who is Isak Hansen-Aarøen? Manchester United signing in profile“. Manchester Evening News (13-avgust 2019-yil). Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
  2. „Isak (10) skal vise seg frem for Manchester United“ (norvegcha). Nordlys (4-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 30-aprel 2021-yil.
  3. „Julie og Isak er Årets talent 2019“ (norvegcha). fotball.no (21-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  4. „Kongsvinger vs. Tromsø“. Soccerway.com (6-iyul 2020-yil). Qaraldi: 9-iyul 2020-yil.
  5. „Isak Hansen-Aarøen fylte 16 år så sent som i august. Nå avslører Ole Gunnar Solskjær at unggutten trolig hadde fått trene med Uniteds førstelag om det ikke var for koronapandemien.“ (norvegcha). Nettavisen (11-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2020-yil.
  6. Robertsen. „De største talentene forsvinner“ (norvegcha). Sunnmørsposten (13-iyul 2020-yil). 2021-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
  7. Luckhurst. „Manchester United complete Isak Hansen-Aarøen transfer“. Manchester Evening News (19-avgust 2019-yil). Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
  8. „Isak (13) skal prøvespille for Liverpool“ (norvegcha). NRK (30-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 30-aprel 2021-yil.
  9. „WONDERKID WIN Isak Hansen-Aaroen: Manchester United set to win race to sign Norwegian wonderkid also wanted by Liverpool and Everton“. Talksport.com (15-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
  10. Luckhurst. „New Manchester United signings shine in win“. Manchester Evening News (29-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2020-yil.
  11. Haugland. „Isak (16) fikk nok en Manchester United-debut“ (norvegcha). Aftenposten (2-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2020-yil.
  12. Oredam. „Tromsø-gutt Isak Hansen-Aarøen har klart å bite seg fast på Old Trafford“ (norvegcha). Sporten.com (27-avgust 2021-yil). Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
  13. „Isak Hansen-Aarøen“ (norvegcha). fotball.no. Qaraldi: 27-sentabr 2022-yil.
  14. „United-klare Isak (15) fra Tromsø scoret hat trick for Norge: Reiser ikke til Spania med TIL“ (norvegcha). itromso.no. 2021-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.
  15. Isak Hansen-Aarøen Soccerway saytida. Qaralgan sana: 18-oktabr 2022-yil.