Manchester

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manchester — Buyuk Britaniyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Katta Markazi. ko-nurbatsiyasining bosh shahri va metropoliten grafligining maʼmuriy markazi. Aholisi 430 ming kishidan ziyod (shahar atrofi bilan 2,6 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Eruell daryosi va Manchester kanalidagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t dan ortiq). Mamlakatning mu-him sanoat va madaniy markazi. Sano-atining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika). Kimyo (boʻyoqlar ishlab chiqarish), toʻqimachilik, tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Viktoriya universiteti (1903), shahar muzeyi, badiiy galereya, Fri-Treydxoll konsert zali bor. Shaharga 10-asrda rimliklar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. Oʻrta asrlarda savdo va hunarmandchilik shahri boʻlgan. 19-asrda M. ip gazlama sanoatining dunyoda yirik markaziga aylandi. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika so-bori (15—16-asrlar) ratusha, birja binosi (19-asr) saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil