Pan Gi Mun
| Pan Gi Mun | |
| 반기문 | |
BMTning 8-bosh kotibi |
|
| Tavallud sanasi: | 13-iyun, 1944 (69 yoshda) |
| Tavallud joyi: | Eumseong, Janubiy Koreya |
Pan Gi Mun (hangul: 반기문, hanja: 潘基文; 13-iyun, 1944) Birlashgan Millatlar Tashkilotining sakkizinchi va joriy bosh kotibidir. Bu mansabga Kofi Annandan soʻng, 2007-yili saylangan. Bungacha u Koreya Respublikasi Tashqi Ishlar va Savdo Vazirligida diplomat boʻlib ishlagan. Diplomatlik karyerasini universitetni bitirgan yiliyoq Hindistonda boshlagan. 2004–2006-yillarda Pan Tashqi Ishlar Vaziri boʻlgan.
2006-yil 13-oktabrda Pan Gi Mun BMT Bosh Assambleyasida bosh kotib etib saylandi. 2007-yil yanvarida Annan mansabdan ketdi, uning oʻrnini Pan egalladi. Pan bu mansabda Darfur ziddiyatini hal qilishga harakat qildi, Umar al-Bashirni mintaqaga tinchlikparvar qoʻshinlar kirgizishga koʻndirdi; global issiqlashuv muammosini yechish ustida ishladi, bunda u AQShning sobiq prezidenti George W. Bush'ga muntazam ravishda bosim oʻtkazishga harakat qildi. Biroq Pan Gi Mun tanqid ham qilindi: BMT Ichki Nazorat Xizmati uni BMT ahamiyatining susayishida aybladi.[1]
2011-yili Pan bosh kotib martabasiga ikkinchi marotaba nomzodini qoʻydi. 2011-yil 21-iyunida u bir ovozdan bosh kotib etib qayta saylandi, u bu mansabda 2016-yil 31-dekabrigacha qoladi.[2][3]
Manbalar[tahrir]
- ↑ "Ahlenius End of Assignment Report". Foreign_Policy. 2010-06-14. http://www.foreignpolicy.com/files/fp_uploaded_documents/100719_0_ahleniussummary.pdf. Qaraldi: 2011-01-16.
- ↑ General Assembly appoints Ban Ki-moon to second term as UN Secretary-General. UN News Service (21 June 2011). 21 June 2011.
- ↑ Louis Charbonneau (21 June 2011). "U.N. assembly approves second term for U.N. chief Ban". Reuters. http://www.reuters.com/article/2011/06/21/us-un-election-idUSTRE75K5XZ20110621. Qaraldi: 22 June 2011.
Havolalar[tahrir]
- Secretary-General Ban Ki-moon, rasmiy BMT sayti
|
|
VikiOmborda Pan Gi Mun haqida turkum mavjud. |