Navbahor (futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navbahor Namangan
Toʻliq nomi Navbahor Namangan Football Club
Laqabi Lochinlar
Asos solingan 1978 (46 yil avval) (1978)
Stadion Markaziy Stadium
Namangan, Uzbekistan
Stadion hajmi 21,000 ortiq
Prezidenti Rasul Nizomboyev
Murabbiyi  UZB Samvel Babayan
Vebsayt https://www.pfcnavbahor.uz/index.php/uz/
Musobaqasi Oʻzbekiston Superligasi
2023 3-oʻrin
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi
{{{amaldagi mavsum}}}

"Navbahor" proffesionasl futbol klubi (eng: PFC Navbahor Namangan) – 1978-yilda Namangan shahrida asos solingan. Ilk nomi Tekstilshik edi.[1] Klubning hozirgi murabbiysi Samvel Babayan hisoblanadi.

1980-yillarda Sobiq Ittifoq 2-ligasi Sharqiy Zonasida nomi bilan toʻp sura boshlagan. 1992-yildan esa Oʻzbekiston Oliy Ligasida Navbahor nomi ostida muntazam ishtirok eta boshladi. Jamoa Namangan shahridagi Navbahor Markaziy Stadionida toʻp suradi. Stadion oʻz bagʻriga 21 mingdan ortiq muxlis sigʻdira oladi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSR Chempionatlarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Navbahor“ futbol klubiga 1978-yilda asos solingan. Dastlabki yillarda – aniqrogʻi 1980-yillarda „Tekstilshik“ nomi bilan Sobiq Ittifoq chempionati 2-ligasi Sharqiy Zonasida toʻp sura boshlagan.  Jamoa oʻsha vaqtda „Tekstilshik“ nomi bilan sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasining 5-mintaqasi bahslarida qatnashgan. 1980-yilga kelib „Tekstilshik“ nomi „Navbahor“ga oʻzgartirildi. Jamoa sobiq ittifoq chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib, 1981-1982-yillarda ikkinchi liganing yettinchi mintaqasi jamoalari orasida faxrli uchinchi oʻrinni egalladi.

1984-1987-yillarda jamoa oʻz nomini „Avtomobilist“ ga oʻzgartiradi. 1984 va 1986-yillarda namanganliklar „Paxtakor-79“ xotira turnirida gʻolib chiqishdi. „Navbahor“ aʼzolari oʻz mahoratlarini yil sayin oshirib, sobiq ittifoq 52-chempionatining ikkinchi liga beshinchi mintaqasida muvaffaqiyatli qatnashib, birinchi ligaga chiqish imkoniyatini beradigan „bufer“ mintaqa musobaqalarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi. Ikki mavsum „bufer“ mintaqada toʻp surgan „Navbahor“ 1990-yil yakuniga koʻra, birinchi liga yoʻllanmasiga ega boʻldi.

1987-yilning noyabr oyida „Navbahor“ Markaziy Osiyoda birinchi, sobiq ittifoqda Ukrainaning „Dnepr“ (Dnepropetrovsk) klubidan soʻng, ikkinchi boʻlib, xoʻjalik hisobidagi futbol klubi sifatida faoliyat yuritishni boshladi.

„Navbahor“ 1978-yildan 1991-yilga qadar sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasining turli mintaqalarida qatnashib, 508 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Jamoa 245 ta oʻyinda gʻalaba qozonib, 100 ta uchrashuvda durangga imzo chekkan boʻlsa, 163 ta bahsda magʻlubiyatga uchragan. 702ta gol urib, oʻz darvozasidan 513 ta toʻp oʻtkazib yuborgan.

1991-yili sobiq ittifoq chempionatining birinchi ligasida ishtirok etgan „Navbahor“ 42 ta oʻyinda 19 ta gʻalaba qayd etgan. Yettita bahsda durang kuzatilgan boʻlsa, 19 ta uchrashuvda jamoa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Oʻsha yilgi chempionat yakunida „Navbahor“ 22 ta jamoa orasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.

Namanganliklar 1989-yildan 1991-yilgacha sobiq ittifoq kubogida ham 10 ta oʻyin oʻtkazishgan. Jamoa oltita uchrashuvda zafar quchib, toʻrtta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan. Mazkur uchrashuvlar davomida raqiblar darvozasiga 24 ta gol urilgan. „Navbahor“ oʻz darvozasidan 12 ta toʻp olib chiqqan. Jamoaning kubok bahslaridagi eng yirik gʻalabasi 1991-yili kuzatilgan. Oʻsha yili „Navbahor“ oʻz maydonida 1/32 final doirasida Chimkentning „Meliorator“ jamoasini 14:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi.

Oʻzbekiston Chempionatlarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda klub nomi „Navbahor“ deb oʻzgartirildi. SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach (1991 -yil 2-yarmida), 1992-yilgi mavsumdan boshlab Oʻzbekiston milliy chempionatida oʻynay boshladi.

Oʻzbekiston chempionati tarixida 1-oʻrinni egallagan „Navbahor“ yana 16 ta jamoa bilan birga Oliy ligadan joy oldi. Debyut mavsumi yakuniga koʻra 5-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogining 1-gʻolibiga aylandi.

Keyingi mavsumlarda ketma-ket uch marta (1993, 1994 va 1995) „Navbahor“ Oliy liga bronza medali sohibi, 1993-yilda Kubok finalchisi, 1995-yilda esa 2-marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.

1996-yilgi mavsumda klub 1-marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi[2][3][4]. Keyingi 3-yil davomida u yana bronza medali sohibi boʻldi va 1998-yilda oʻz tarixida 3-marta va hozircha oxirgi marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi[5].

1999-yilda „Navbahor“  Oʻzbekiston Superkubogining 1-gʻolibi boʻldi. 2000-2002-yilgi mavsumlarda sovrinlarsiz klub qoldi, ammo 2003 va 2004-yillarda ketma-ket ikki marta bronza medalini qoʻlga kiritgan[6][7][8]. 2005-yildan beri jamoa natijalarida malum darajada pasayish kuzatilib, namanganliklar chempionatning „oʻrta jamoasi“ deb ataladigan[9] jamoalaridan biriga aylandi[10].

Keyingi mavsumlarda klubning eng yuqori yutugʻi 2017-yilgi mavsumdagi 5-oʻrin boʻldi[11]. Ammo 2018-yilda (14-yildan soʻng) „Navbahor“ yana 9-marta Oʻzbekiston Superligasining bronza medallarini qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari qatoridan joy oldi.[12] 2022-yil yakunlariga koʻra jamoa klub 24 yildan soʻng ilk bor Oʻzbekiston Kubogi finalida toʻp surdi,[13] ammo, Nasaf jamoasiga magʻlub boʻlib ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston Superligasida esa klub oʻz tarixida ilk bor kumush medallarini qoʻlga kiritdi[14][15].

Xalqaro Musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Navbahor“ toʻrt marta Osiyoning klublar oʻrtasidagi musobaqalarida ishtirok etgan. 1996/1997-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogining amaldagi sohibi sifatida AFC klublar oʻrtasidagi ikkinchi nufuzli turnir – Osiyo kubogi egalari kubogida ishtirok etib, ikkinchi saralash bosqichida toʻxtagan edi.

1997/1998-yilgi mavsumda Namangan klubi Osiyo Chempionlar Kubogida (hozirgi OCHL deb ataladi) Oʻzbekistonning amaldagi chempioni sifatida ishtirok etib, guruhdan chiqa olmadi.

„Navbahor“ uchinchi marta 1999/2000-yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqasida qatnashgan. 1998-yilgi Oʻzbekiston Kubogining amaldagi sohibi sifatida Osiyo Kubogi egalari kubogida ishtirok etgan va yarim finalga qadar yetib borgan[16]. Toʻrtinchi marotaba 2023/2024-yilgi mavsumda ishtirok etdi va 1/8 final bosqichiga qadar yetib bordi.

Klub afsonalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaning afsonaviy murabbiylaridan biri Viktor Jalilovdir. Viktor Jalilovning jamoa muvaffaqiyatidagi oʻrni beqiyos. Aynan u boshchiligida klub oʻz tarixida hozircha yagona boʻlib turgan chempionlikka erishgan. Murabbiy shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida ham jamoa bilan gʻalabalarga erishgan.

Shuningdek, Mustafo Bayramov, Farhod Magometov, Dmitriy Bashkevich, Eduard Momotov, Gennadiy Denisov, Rustam Zabirov, Oleg Shatskix, Saydullo Tursunov, Tohir Madrahimov, Shuhrat Mirxoldorshoyev, Xayrulla Karimov singari jamoada toʻp surgan tajribali futbolchilarning ham jamoa tarixida oʻz oʻrni bor[17].

Sobiq ittifoq davrida „Navbahor“ Valixon Zunnunov, Viktor Orlov, Pyotr Boldirev, Sergey Dotsenko, Pavel Kim, Dmitriy Korneyev, Gennadiy Nedelkin, Valeriy Gladilin va Igor Volchok kabi taniqli murabbiylar boshqarishgan.

Jamoa nomlari tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1978—1980: Tekstilshchik
  • 1980—1983: Navbahor
  • 1983—1987: Avtomobilchi
  • 1988-yildan – Navbahor

Klub ramzlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilgi mavsum oldidan jamoada bir qator oʻzgarishlar boʻldi, bulardan biri jamoaga yangi logo tanlandi.[18]

Stadion[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublar uyi 22 000 tomoshabinga moʻljallangan „Navbahor Markaziy“ stadionidir. 1989-yilda qurilgan stadion sigʻimiga koʻra (toʻliq qayta taʼmirdan avval 33000 muxlis sigʻar edi) mamlakatdagi eng katta futbol stadionlaridan biri boʻlgan. 2011-yilda klub stadionni rekonstruksiya qilish niyatida ekanligini eʼlon qildi va u uzoq vaqt davom etgan rekonstruksiya ishlari uchun yopildi. Qayta tiklash ishlari 2014-yil bahorida yakunlandi. 2014-yilning 29-may kuni „Barkamol avlod-2014“ sport oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi bilan yangi taʼmirlangan stadionning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yangi joyning sigʻimi 22 000 kishi.

2012—2014-yilgi mavsumlarda klub uy uchrashuvlarini Kosonsoy stadionida oʻtkazdi. Taʼmirlangan stadiondagi ilk rasmiy oʻyin 2014-yil 14-iyun kuni Liga doirasidagi „Navbahor“ – „Olmaliq“ uchrashuv boʻldi. Uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida gʻalabaga erishadilar.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi o'rin: (1) 2023
  • Oʻzbekiston Superligasi uchinchi o'rin: (10) 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018, 2023

Mahalliy musobaqalar natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurar
Div. Pos. Pl. W D L GS GA P Ism Liga
1992 1st 5th 32 18 8 6 54 21 44 Chempion Rustam Zabirov 15
1993 1st 3rd 30 18 7 5 64 32 43 Finalchi Farid Xabibulin 13
1994 1st 3rd 30 17 6 7 58 26 40 Yarim final Farid Xabibulin 11
1995 1st 3rd 30 23 3 4 69 23 72 Chempion Oleg Shatskix 24
1996 1st 1st 30 23 5 2 88 23 74 Chorak final Oleg Shatskix 23
1997 1st 3rd 34 21 5 8 84 37 68 Yarim final Oleg Shatskix 13
1998 1st 3rd 30 18 5 7 60 33 59 Chempion Shuhrat Rahmonqulov 10
1999 1st 3rd 30 18 7 5 55 34 61 N/A Shuhrat Rahmonqulov 12
2000[19] 1st 5th 38 19 8 11 92 56 65 Chorak final Shuhrat Mirxoldorshoyev 28
2001[20] 1st 4th 34 20 1 13 79 52 61 Last 16 Shuhrat Mirxoldorshoyev 23
2002 1st 6th 30 14 4 12 53 39 46 Last 32 Shuhrat Mirxoldorshoyev 19
2003 1st 3rd 30 19 6 5 66 28 63 Yarim final Shuhrat Mirxoldorshoyev 26
2004 1st 3rd 26 218 3 5 66 23 57 Last 32 Shuhrat Mirxoldorshoyev 31
2005[21] 1st 6th 26 12 3 11 31 31 39 Yarim final Shuhrat Mirxoldorshoyev 20
2006 1st 7th 30 13 5 12 46 35 44 Last 16 Arif Mirzoýew 18
2007[22] 1st 8th 30 11 4 15 37 41 37 Last 16 Vladimir Baranov 12
2008[23] 1st 13th 30 7 11 12 28 39 32 Last 16 Shuhrat Mirxoldorshoyev 13
2009[24] 1st 14th 30 7 7 16 21 48 28 Last 16 Muxtor Fozilov 5
2010[25] 1st 9th 26 9 4 13 32 32 31 Last 16 Shuhrat Mirxoldorshoyev 11
2011 1st 6th 26 9 9 8 26 21 36 Last 16 Roʻzimboy Ahmedov 5
2012 1st 12th 26 6 8 12 19 34 26 Last 16 Sobir Hamidov 5
2013 1st 11th 26 7 6 13 29 48 27 Last 16 Roʻzimboy Ahmedov 11
2014[26] 1st 7th 26 9 3 14 38 40 30 Chorak final Shahboz Erkinov 14
2015 1st 8th 30 11 4 15 40 51 37 Last 16 Shahboz Erkinov 13
2016 1st 15th 30 6 5 19 37 66 23 Last 16 Akrom Bahriddinov

Dilshod Jabborov

7
2017 1st 5th 30 12 10 8 40 37 46 Last 16 Azizbek Turgʻunboyev 8
2018 1st 3rd 20 9 4 7 20 18 31 Last 32 Azizbek Turgʻunboyev 7
2019 1st 8th 26 7 11 8 26 23 32 Chorak final Oleksandr Kasyan 10
2020 1st 8th 26 8 11 7 24 21 35 Chorak final Azizbek Turgʻunboyev 8
2021 1st 6th 26 10 9 7 23 19 39 Round of 16 Azimjon Ahmedov 3
2022 1st 2 26 15 8 3 33 15 54 Finalchi Zoran Marushich 12
2023 1st 3 26 14 5 7 44 19 47 Yarim final Oston Oʻrunov 9

OFK musobaqalaridagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo Chempionlar ligasi: Guruh bosqichi
1996/97: 2-Bosqich
1999/00: 4-oʻrin

2023/24 OCHL da ishtirok etmoqda

Xalqaro Musobaqalarda natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soʻnggi Oʻyin 2000-yil 15-aprelda boʻlib oʻtgan.[27][28]

Musobaqa D M UG OʻG O
Osiyo Chempionlar ligasi 8 3 3 2 15 9 12
Osiyo kubogi egalari kubogi 10 4 1 5 18 23 13
Umumiy 18 7 4 7 33 32 25
Mavsum Musobaqa Bosqich Klub Uy Safar Umumiy

hisob

1996-97 Osiyo kubogi egalari kubogi Birinchi bosqich Iroq Al-Quwa Al-Jawiya 1-4 5-2 6-6
Ikkinchi bosqich Eron Esteghlal 1-4 3-0 4-4
1997-98 AFC Osiyo Chempionlar kubogi Birinchi bosqich - Bye
Saralash bosqichi Tojikiston Dynamo Dushanbe 3-0 1-2 4-2
Ikkinchi bosqich Turkmaniston Nisa Aşgabat 6-1 2-2 8-3
Chorak final – Gʻarbiy osiyo

Guruh bosqichi

Livan Al Ansar 0-0 3rd
Saudiya Arabistoni Al Hilal 1-3
Eron Persepolis 1-1
1999-2000 Osiyo kubogi egalari kubogi Birinchi bosqich - Bye
Ikkinchi bosqich Qozogʻiston Kaisar-Hurricane 2-2 1-0 3-2
Chorak final Saudiya Arabistoni Al-Ahli 1-6 2-0 3-6
Yarim final Iroq Al-Zawraa 1-2
3-oʻrin uchun Tailand Bangkok Bank 1-3
2023-2024 AFC Osiyo Chempionlar ligasi Play-off round Qatar Al-Wakrah 1–0 (q.v)
D guruhi Saudiya Arabistoni Al Hilal 0–2 1–1 Ikkinchi
Hindiston Mumbai City 3–0 2-1
Eron Nassaji Mazandaran 2–1 3–1
Nimchorak final Saudiya Arabistoni Al-Ittihod 0-0 1-2 1-2

Raqobat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muxlislar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Navbahor“da juda katta tarafdorlar va muxlislar armiyasi bor. Namangan klubining deyarli har bir uy uchrashuvida stadion toʻlib-toshadi[29].

Raqobat[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Navbahor“ning asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalaridir[30]. Bu klublar har qanday davrda oʻzaro raqobati yuqori darajada oʻtgan. Bundan tashqari Vodiyning yana bir jamoasi Andijonning „Andijon“ klubiga qarshi oʻziga xos derbi ham tarixga kirgan.

Jamoa tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

17-fevral 2024-yil[31]
Amplua Futbolchi
1  UZB DR Oʻtkir Yusupov
5  UZB HM Alijon Alijonov
6  UZB HM Ibrohim Yoʻldoshev (futbolchi)
7  UZB YH Azim Ahmedov
8  IRN YH Siavash Hagh Nazari
9  UZB YH Odiljon Hamrobekov
10  UZB YH Jamshid Iskanderov
11  UZB HJ Asadbek Sobirjonov
12  UZB DR Aleksandr Lobanov
13  SRB HM Filip Ivanović
14  UZB YH Jamshid Boltaboyev
17  UZB HJ Ruslanbek Jiyanov
19  UZB HM Sherzodbek Abdulboriyev
Amplua Futbolchi
20  UZB YH Muzaffar Moʻminov
21  GEO HJ Giorgi Nikabadze
22  GEO HJ Toma Tabatadze
23  SRB YH Jovan Đokić
24  UZB HM Doston Abdulhayev
25  UZB HJ Navroʻzbek Iminjonov
33  UZB HJ Shodiyor Shodiboyev
34  UZB HM Farrux Sayfiyev
41  UZB DR Ozodbek Maʼrupov
55  UZB HJ Asadbek Joʻraboyev
77  UZB YH Abror Ismoilov
88  UZB YH Nurmuhammad Toshpoʻlatov
98  UZB YH Davronbek Olimjonov

U21[tahrir | manbasini tahrirlash]

U19[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub hodimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samvel Babayan klubning hozirgi bosh murabbiyi.
Lavozimi Xodimlar
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Samvel Babayan
Yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Grigoriy Kolosovskiy
Texnik yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Denis Toymensov
Fitnes murabbiyi Serbiya Marko Drekalovic
Darvozabonlar murabbiyi Oʻzbekiston Shavkat Abduxojayev
Texnik yordamchi/fitnes murabbiyi Oʻzbekiston
Sport terapevti Oʻzbekiston
Texnik tahlilchi Oʻzbekiston
Lavozimi Xodimlar
Navbahor U-21 yoshlar tarkibi murabbiyi Dmitriy An[32]
Navbahor- Women bosh murabbiyi Karima Yoʻldasheva
Navbahor futzal bosh murabbiyi Xurshid Tojiboyev
  • Oxirgi yangilangan: 5-mart 2024-yil
  • Manba:

Xodimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lavozimi Xodimlar
Prezident Oʻzbekiston Rasul Nizomboyev[33]
Vitse prezident Oʻzbekiston Otabek Samatov
Bosh direktor Oʻzbekiston Akmal Sohibov[34]
  • Oxirgi yangilangan: 6-mart 2024-yil
  • Manba:[35]

Bosh murabbiylari tarxi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashxur futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSR/Oʻzbekiston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq SSSR davlatlari
Yevropa
Janubiy Amerika


Afrika


Osiyo


Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bir klub tarixi: "Samodagi lochinlar"“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  2. „"Navbahor-96"ni eslab. Oliy liga tarixida eng ko'p gol urilgan o'yin“. 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  3. „Тарихий кадрлар. 1996 йилги "Навбаҳор"нинг чемпионлик ўйини“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  4. „ВИДЕО. "Навбаҳор" чемпионлигига 20 йил тўлд“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  5. „“Navbahor” 1996 yil chempionlikni qo'lga kiritganda tarkibda kimlar bo'lgan?“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  6. „Фото архив: Тарихдаги "Навбаҳор"“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  7. „АРХИВ. 2010 йилги "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувида 28 мингдан зиёд томошабин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  8. „ВИДЕО АРХИВ. "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувида 28 минг томошабин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  9. „"Навбаҳор" олий лигада қолди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  10. „Олий лига. "Навбаҳор" 25 йилда иккичи бор ўз уйида бир ўйинда бешта гол ўтказди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  11. „"Навбаҳор" охирги 13 йилдаги энг юқори ўринни банд этди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  12. „"Навбаҳор" - 9 карра бронза медали соҳиби!“ (16 ноя 2018). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  13. „"Насаф" Ўзбекистон Coca Cola кубоги соҳибига айланди ва келаси мавсум ОЧЛда иштирок этиш ҳуқуқини қўлга киритди!“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  14. „"Навбаҳор"га кумуш медалларни тақдим қилган учрашувдан галерея“. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  15. „"Навбаҳор"дан тарихий натижа“. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  16. „"Навбаҳор" 4-ўрин соҳибига айланган Осиё кубок эгалари кубогини ёдга оламиз“ (2024-yil 17-fevral).
  17. „Ўқувчиларимиз "Навбаҳор" тарихидаги энг яхши футболчини аниқлашди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  18. „"Навбаҳор"нинг янги логотипини кўрдингизми? ФОТО“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  19. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2000"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  20. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2001"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  21. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2005"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  22. „Архив. "Навбаҳор-2007"дан кимларни танидингиз?“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  23. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2008"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  24. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2009"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  25. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2010"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  26. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2014"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  27. „"Навбаҳор" келаси мавсум ОЧЛда ўйнайди“. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  28. „"Навбаҳор" 23 йилдан сўнг яна халқаро майдонга қайтди ёхуд аввалги барча натижаларни ёдга оламиз“. 2023-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-oktyabr.
  29. „АРХИВ. 2010 йилги "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувида 28 мингдан зиёд томошабин“ (13 май 2020). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  30. „"Навбаҳор" ва "Пахтакор" жамоалари ўртасида қайд этилган энг йирик ҳисоб эсингиздами? (превью)“ (8 август, 21:10). 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  31. „Navbahor“. pfl.uz. Qaraldi: 17-fevral 2024-yil.
  32. „"Навбаҳор" ёшлар жамоасига янги бош мураббийи!“ (2024-yil 8-yanvar).
  33. „"Навбаҳор" футбол клубига янги президент тайинланди“ (2024-yil 5-mart).
  34. „“Навбаҳор” клуби раҳбариятида ўзгариш“ (2024-yil 6-mart).
  35. „"Навбаҳор" футбол клубига янги президент тайинланди“. Championat.asia. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  36. „Klub Tarixi.“ (2009-yil 4-may).
  37. „Наманганнинг янги ҳокими "Навбаҳор" жамоаси президентини ва бош мураббий Бахтиёр Ашурматовни ишдан бўшатди“ (2015-yil 30-dekabr). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  38. „Расман: Андрей Канчельскис - "Навбаҳор" бош мураббийи ФОТО“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  39. „Breaking: "Навбаҳор" устози Андрей Канчельскис ўз лавозимини тарк этди“. 2019-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  40. „ФОТО. "Навбаҳор" Деян Журжевични таништирди“. 2019-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  41. „"Навбаҳор" вице-президенти Журжевичга бўшаш тўғрисида ариза ёзиши кераклигини айтди“. 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  42. „"Навбаҳор" Канчельскис билан 3 йиллик шартнома имзолади“. 2019-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  43. „Эшитдик-да! Канчельскис "Навбаҳор" билан шартномани бекор қилди ва ФИФАга мурожаат қилмоқчи“. 2020-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  44. „Самвел Бабаян - "Навбаҳор" бош мураббийи!“. 2020-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]