Harf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ko'zaga chizilgan qadimgi yunon harflari

Harf yunon alifbosi hamda uning avlodlari bo'lmish boshqa alifbolardagi unsurdir. Yunon alifbosidan avvalgi yozuv shakllari sillabogramma yoki logogramma deyiladi.

Mundarija

Ta'rif [tahrir]

Harflar nutqni tashkil etuvchi ramzlar bo'lgani uchun ular fonetikaga oiddir. Sof fonemik alifboda bir tovush bitta harf bilan belgilanadi, lekin ba'zi hollarda bir harf bittadan ko'p tovushni anglatishi mumkin. Bir tovushni ifodalovchi harflar juftligi digrafa deyiladi. Digrafaga misol sifatida o'zbek tilidagi "ch" va "sh"larni keltirish mumkin. Bir tovush uch harf bilan ifodalanishi ham mumkin (olmon tilidagi "sch"), bunday harflar majmui trigrafa deyiladi.

Shuningdek, ba'zi harflar o'z nomlariga ham ega. Bu nomlar mintaqa tarixi va madaniyatiga bog'liq bo'ladi. Masalan Z harfi ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda (AQShdan tashqari) zed deb nomlangan, AQShda esa uni zi deyishadi.

Harflar "alfavit tartibi" deb ataluvchi tartibga egadirlar. Bu tartib turli tillarda turlichadir. Masalan, ispan tilida ñ va "n" harflari ingliz tilidagidan farqli o'laroq har xil vaziyatlarda turadi.

Shuningdek, harflar raqam sifatida qo'llanishi ham mumkin (masalan, Rim raqamlari).

Tarix [tahrir]

Asosiy maqola: Alifbo tarixi.

Harflarning ixtiro etilishi mil. avv. 1000 yillar atrofida Xanaanda G'arbiy Semit yozuvlari paydo bo'lishi bilan bog'lanadi. Ba'zi fikrlarga ko'ra harflar undan ham avvlaroq, taxminan mil. avv. 1800 yillarda ixtiro etilgan. Yunon alifbosi mil. avv. 300 atrofida paydo bo'lgan.

Harf turlari [tahrir]

Keng tarqalgan alifbolar va harflar:

Arab alifbosi: , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , هـ, ,

Ivrit alifbosi: א, ב, ג, ד, ה, ו, ז, ח, ט, י, כ, ל, מ, נ, ס, ע, פ, צ, ק, ר, ש, ת.

Kirill alfibosi: А, Б, В, Г, Ґ, Д, Е, Є, Ж, З, И, І, Ї, Й, К, Л, М, Н, О, П, Р, С, Т, У, Ф, Х, Ц, Ч, Ш, Щ, Ю, Я, Ъ, Ь, Ђ, Љ, Њ, Ћ, Џ

Lotin alifbosi: A, B, C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, W, X, Y, Z.

Yunon alifbosi: Α, Β, Γ, Δ, Ε, Ζ, Η, Θ, Ι, Κ, Λ, Μ, Ν, Ξ, Ο, Π, Ρ, Σ, Τ, Υ, Φ, Χ, Ψ, Ω.

Boshqa yozuv tizimlari va ularning harflari uchun Yozuv tizimlari ro'yxati hamda Alifbolar ro'yxatiga qarang.

Shuningdek [tahrir]

Havolalar [tahrir]