Ъ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kirill alifbosi harfi Ъ
Rosyjski znak twardy.PNG
Kirill yozuvi
А Б В Г Ґ Д Ђ
Ѓ Е (Ѐ) Ё Є Ж З
Ѕ И (Ѝ) І Ї Й Ј
К Л Љ М Н Њ О
П Р С Т Ћ Ќ У
Ў Ф Х Ц Ч Џ Ш
Щ Ъ Ы Ь Э Ю Я
Tarixiy harflar
(Ҁ) (Ѹ) Ѡ (Ѿ) (Ѻ) Ѣ
Ѥ ІѢ Ѧ Ѫ Ѩ Ѭ Ѯ
Ѱ Ѳ Ѵ (Ѷ) Ын
Noslavyan tillari harflari
Ӑ Ӓ Ә Ӛ Ӕ Ԝ Ғ
Ӻ Ӷ Ҕ Ԁ Ԃ Ӗ Ҽ
Ҿ Ӂ Җ Ӝ Ԅ Ҙ Ӟ
Ԑ Ӡ Ԇ Ӥ Ӣ Ӏ Ҋ
Қ Ҟ Ҡ Ӄ Ҝ Ԟ Ԛ
Ӆ Ԓ Ԡ Ԉ Ԕ Ӎ Ҥ
Ԣ Ԋ Ң Ӊ Ӈ Ӧ Ө
Ӫ Ҩ Ҧ Ԥ Ҏ Ԗ Ҫ
Ԍ Ҭ Ԏ Ӳ Ӱ Ӯ Ү
Ұ Ҳ Ӽ Ӿ Һ Ҵ Ӵ
Ҷ Ӌ Ҹ Ӹ Ҍ Ӭ Ԙ
Eslatma. Qavs ichidagi belgilar (mustaqil) harf maqomiga ega emas.

Ъ, ъ — oʻzbek kirill alifbosining 28-harfi, ayirish belgisi deb ataladi. Hozirgi oʻzbek lotin alifbosida unga ʼ (tutuq) belgisi mos keladi.

Ъ, ъ — oʻzbek kirill alifbosining yigirma ettinchi harfi—maxsus belgi. Hoz. oʻzbek yozuvida alohida tovushni ifodalamaydi, shuning uchun ham „harf“ deb emas, „belgi“ („ayirish belgisi“) deb ataladi. 1940 yilda kirill grafikasi asosidagi alifboga oʻtish vaqtida, rus tilidagi oʻzlashgan soʻzlarni aslidagiday yozish zarurligi haqidagi ilmiy asoslanmagan imloviy qoidani amalga oshirish maqsadida alifboga kiritilgan, ayni paytda oʻzbek lotin alifbosidagi apostrof vazifasini ham bajara boshlagan. Faqat rus, arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar tarkibidagina uchraydi.

Arab tilidan oʻzlashgan soʻzlarda arab tilining oʻzigagina xos boʻlgan portlovchi boʻgʻiz undoshi (£. — ayn) oʻrnida qoʻllanadi. Bu belgi soʻz oʻrtasida (razʼezd, podʼezd; aʼlo, maʼno) va baʼzi arabcha soʻzlar oxirida (murabbaʼ, tatabbuʼ) keladi; soʻz boshida qoʻllanmaydi. Undosh tovushni ifodalovchi harfdan keyin kelganda, shu tovushni keyingi boʻgʻindan ajratib turishga xizmat qilganligi uchun „ayirish belgisi“ deb yuritiladi. Oʻzbek xalqi foydalangan yozuvlardan faqat kirill yozuvidagina ayni shaklda uchraydi.

Kodlar jadvali[tahrir]

Kodlanishi Registr Oʻnlik
kod
Oʻn oltilik
kod
Sakkizlik
kod
Ikkilik kod
Yunikod Bosh harf 1066 042A 002052 00000100 00101010
Kichik harf 1098 044A 002112 00000100 01001010
ISO 8859-5 Bosh harf 202 CA 312 11001010
Kichik harf 234 EA 352 11101010
KOI 8 Bosh harf 255 FF 377 11111111
Kichik harf 223 DF 337 11011111
Windows 1251 Bosh harf 218 DA 332 11011010
Kichik harf 250 FA 372 11111010

HTMLda Ъ bosh harfini Ъ yoki Ъ kabi, ʼ kichik harfini esa — ъ yoki ъ kabi yozish mumkin.

Sh. qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

  • Karskiy Ye. F. Славянская кирилловская палеография. — 2-nashr., faksimil. — L., M.(faks.), 1928, 1979 (faks.). — С. 167, 203. — 494 с. — 2 700 nusx.



Andoza:Komputer klaviaturasi