Tovush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tovush mexanik energiyaning materiya bo‘ylab to‘lqinlar yordamida tarqalishidir. Tovush chastota, to‘lqin uzunligi, davr, amplituda va tezlik bilan xarakterlanadi.

Kundalik turmushda tovush atamasini havoda tarqaluvchi va odam eshita oladigan to‘lqinlarga nisbatan qo‘llashadi. Biroq fizikada tovush deb har qanday materiyada tarqaluvchi mexanik to‘lqinlarga aytiladi. Tovush va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi fan bo‘limi akustika deyiladi.