E

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

E (lotin), Е (kirill):

E — oʻzbek-kirill alifbosining oltinchi harfi. "Y" va "e (ye)" tovushlari birikmasini ifodalaydi. Oʻzbek adabiy tilida oʻrta koʻtarilishdagi til oldi, yarim tor, lablanmagan, unli tovush. Oʻrxun-Yenisey, turkiy (uygʻur) yozuv yodgorliklarida uchramaydi. Sof oʻzbek soʻzlarida, asosan, soʻz boshi va boʻgʻin boshida (yer, yel va boshqalar) uchraydi. Boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlarda soʻz oxirida ham keladi (mas, buldozer va boshqalar). Soʻz boshida y+ye va soʻz oʻrtasida e shaklida talaffuz qilinadi: yel im (y+yelim), yedim (y+ye-dim). Jahon yozuvi tarixida turkiy xalqlar, shu jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda Ye harfi oʻziga xos shakldadir.[1]

Kirill alifbosi
Lotin

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ё (maʼnolari)
  • Ye (fransuzcha: Île d’Yeu) — Fransiyaning Atlantika sohillaridan 20 km uzoqlikdagi Biskay koʻrfazidagi orol.
  • Е (bir.: ရေးမြို့) — Myanma Uyushmasi Jumhuriyatining Mon shtatidagi shahar.
  • Ε (Epsilon) — yunon alifbosining beshinchi harfi.
  • Е — kana belgisi.
  •  — musiqiy albom.
  • Е-metr
  • Σ (sigma)
E soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi.
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil