Gabriel García Márquez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gabriel García Márquez
Gabriel Garsiya Markez
Gabriel Garcia Marquez.jpg
Tavallud sanasi: 6-mart, 1927-yil(1927-03-06)
Tavallud joyi: Kolumbiya bayrogʻi Kolumbiya, Arakataka
Vafot sanasi: 17-aprel, 2014-yil(2014-04-17)
(87 yoshda)
Vafot joyi: Meksika bayrogʻi Meksika , Mexiko
Kasb: Yozuvchi, senarist, muxbir
Yoʻnalish: Sehrli realizm
Janr: Romanchilik, hikoyanavislik
Magnum opus: Yuz yil tanholikda,
Polkovnikka hech kim yozmaydi

Gabriel García Márquez (talaffuzi: Gabriel Garsia Markes; 6-mart, 1927, Arakataka - 17-Aprel, 2014, Mexiko shahri) kolumbiyalik yozuvchi, „El Espectador“ gazetasining Bogota va Yevropadagi muxbiri boʻlgan. Dastlab ssenariylar yozgan. „Toʻkilgan yaproqlar“ (1955), „Polkovnikka hech kim yozmaydi“ (1958), „Gʻarazli soat“ (1962) povestlari realistik ruhda yozilgan, „Grande-Ona dafn marosimi“ (1962) toʻplamiga kirgan hikoyalari fantastikaga boy. „Yuz yil tanholikda“ (1967—70) roman epopeyasi Kolumbiya tarixiga bagʻishlangan. „Vabo va muhabbat“ (1985) romanida folklor va mifologiyadan foydalanib, oʻziga xos milliy ongni tiklashga harakat qilgan. Gabriel Márquez'ning „Yuz yil tanholikda“ (1986) romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1982).

García Márquez 2014-yil 17-aprelida Mexikoda zotiljamdan vafot etdi.[1][2][3]

Manbalar[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]