Bogota
| Bogota | |||
|
|||
| Bgota shahri joylashuvi | |||
| Davlat | Kolumbiya | ||
|---|---|---|---|
| Tumanlar | |||
| Asos sana | August 6, 1538 | ||
| Hukumat | |||
| - mer | Samuel Moreno Rojas | ||
| Aholi (2005) | |||
| - Jami | 6,776,009 | ||
| - Zichlik | 18,000.4/sq mi (6,950/km²) | ||
| Vaqt hududi | Markaziy Standart vaqt (UTC-5) | ||
| - Yoz (DST) | Markaziy Kunduz Vaqti (UTC-4) | ||
| vebsayt: [1] | |||
Bogota, Santa-Fe-de-Bogota — Kolumbiya poytaxti. Sharqiy Kordilyera togʻlarining gʻarbiy yon bagʻridagi soylikda (2500 m) joylashgan. Kundinamarka departamenti maʼmurii markazi, alohida maʼmurii birlik — poytaxt okrugini tashkil qiladi. Aholisi 6 mln.dan ortiq (1997, shahar atrofi b-n). Muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro Eldorado aeroporti bor. Eng issiq oyning oʻrtacha t-rasi 15°, eng sovuq oyniki — 14°. B.ga 1538 y.da ispanlar asos solgan. 1598 y.dan ispan generalkapitan ligining , 1739 y.dan Yangi Granada vitse-qirolligining poytaxti. 1819 y.da B. ispanlardan ozod qilindi va Yangi Kolumbiyaning poytaxtiga aylantirildi. 1831 y.dan Yangi Granadaning , 1863 y.dan Kolumbiya Respublikasining poytaxti.
B. mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va savdo markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik, elektrotexnika, poligrafiya, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo va b. sanoat korxonalari bor. B. yaqinida rezina shinalar va soda ishlab chiqariladi, zumrad olinadi. Ispanlar mustamlakachiligi davrida va undan keyin qurilgan bir necha meʼmoriy yodgorliklari saqlangan: Katta sobor (1823 y.da qurib bitkazilgan), SanFransisko sobori (1569—1622), Milliy kapitoliy binosi (1847—1926) va b. B.da. oliy oʻquv yurtlari, jumladan Kolumbiya milliy un-ti va b. untlar, Kolumbiya akademiyasi, Milliy muzey, Milliy arxeologiya va etn. muzeyi, mustamlaka davri sanʼati muzeyi, Oltin muzeyi (indeyslarning qad. oltin buyumlari), Milliy kutubxona, astronomiya rasadxonasi bor. [1]
Bogota - Kolumbiya davlati paytaxti hamda eng katta shahri.
Havolalar [tahrir]
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |