Orhan Pamuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Orhan Pamuk
Orhan Pamuk3.jpg
Tavallud sanasi: 7-iyun, 1952-yil(1952-06-07)
Tavallud joyi: Istanbul, Turkiya
Fuqarolik: Turkiya
Kasb: prozachi
ssenariychi
professor (Columbia Universiteti)
Yoʻnalish: Postmodern
Mukofot: Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (2006)

Orhan Ferit Pamuk (1952-yilning 7-iyunida t. Istanbul shahrida) — zamonaviy turk yozuvchisi, bir necha mukofatlar sovrindori, shu jumladan Nobel mukofoti sovrindori (2006).

Ma’sumlik museyi[tahrir]

2012-yilning 28-aprel kuni Istanbulda, yozuvchi tashabbusi bilan "Ma’sumlik muzeyi" ishga tushdi. Dastlabki rejaga ko‘ra, muzey o‘z faoliyatini 2008-yilda boshlashi kerak edi[1]. Biroq uning ochilishi har safar ortga surilaverdi. Muzeyni ishga tushirish uchun bir million yevrodan ortiq mablag‘ sarflangan. Pamukning aytishicha, uning muzeyi ulug‘vor emas – ko‘rgazma 1950-2000 yillar oralig‘ida yashagan odamlarning oddiy turmush tarziga bag‘ishlangan[1].

O'zbekcha tarjimalar[tahrir]

Orhan Pamukning romanlari hali o‘zbek tilida to‘liq chop etilmagan[1]. Tarjimon Miraziz A’zam Pamukning "Istanbul. Xotiralar va shahar" romanidan bir parcha tarjima qilib ("Maktab alamlari va zavqlari"), 2007-yili "Ma’rifat" gazetasida e’lon qilgan[2].

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 Orhan Pamuk Istanbulda “Ma’sumlik muzeyi”ni ochdi. Kun.uz (2012-yil, 29-aprel).
  2. Orhan Pamuk. Maktab alamlari va zavqlari. Kutubxona.com (2012-yil, 29-aprel).