Wisława Szymborska

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wisława Szymborska
Asl ismi Maria Wisława Anna Szymborska
Tavalludi 1923-yil, 2-iyul
Prowent, Poznań Voivodeship, Polsha
Vafoti 20212-yil, 1-fevral
Kraków, Polsha
Ijod qilgan tillari Polyak tili[1]
Fuqaroligi Polsha
Faoliyat turi Shoir, essenavis, tarjimon
Mukofotlari

Goethe Prize (1991) Herder Prize (1995) Nobel Prize in Literature (1996)

Order of the White Eagle (2011)

 

Maria Wisława Anna Szymborska[2][3] (Polyak tilida: [viˈswava ʂɨmˈbɔrska]; 1923-yil 2-iyul — 2012-yil 1-fevral) polshalik shoir, essenavis, tarjimon va 1996-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati edi. Prowent (hozirgi Kornikning bir qismi boʻlgan hudud) da tugʻilgan, u umrining oxirigacha Krakovda yashagan. Garchi uning oʻzi „Niektórzy lubią poezję“ (Baʼzilarga sheʼriyat yoqadi) sheʼrida „ehtimol ming kishidan ikkitasiga sheʼriyat yoqar“ deb yozgan boʻlsa ham, Polshada Szymborskaning kitoblari sotuvi mashhur nasr mualliflarining kitoblari bilan raqobatlashadigan darajaga yetdi.

Szymborska 1996-yilda „Inson voqeligining parchalarida tarixiy va biologik kontekstni kinoyaviy aniqlik bilan yoritishga imkon beradigan sheʼriyat uchun“ adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Shunday keyin u xalqaro miqyosda ham tanildi. Uning asarlari ingliz va koʻplab Yevropa tillariga, shuningdek, arab, ibroniy, yapon, fors va xitoy tillariga ham tarjima qilingan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wisława Szymborska tugʻilgan uy, Prowent shahrida, hozir Polshaning Kornik hududi

Wisława Szymborska 1923-yil 2-iyulda Polshaning Prowent shahrida (hozirgi Polshaning Kornik hududida) Wincenty Szymborski va Anna (Rottermund) Szymborska oilasida tugʻilgan.Uning otasi oʻsha paytda polshalik vatanparvar va xayriya homiysi graf Wladislav Zamoyskiyning ish boshqaruvchisi edi. 1924-yilda Zamoyskiy vafotidan soʻng uning oilasi Torunga, 1931-yilda esa Krakovga koʻchib oʻtdi, u yerda shoira 2012-yil boshida vafot etgunigacha yashab ijod qildi.

1939-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlanganda u yer osti sinf xonalarida oʻqishni davom ettirdi. 1943-yildan boshlab u temir yoʻl xodimi boʻlib ishladi va Germaniyaga majburiy mehnat uchun deportatsiya qilinmaslikka muvaffaq boʻldi. Shu vaqt ichida uning rassom sifatidagi faoliyati ingliz tilidagi darslik uchun rasmlar tayyorlash bilan boshlandi. U shuningdek, hikoyalar va vaqti-vaqti bilan sheʼrlar yozishni boshladi. 1945-yilda u Krakovdagi Jagiellonian universitetida sotsiologiyaga yoʻnalishiga oʻtishdan oldin polsha adabiyotini oʻrganishni boshladi. U yerda u mahalliy yozuvchilar davrasiga qiziqa boshladi va Czesław Miłosz bilan boʻlgan uchrashuvi unga kuchli taʼsir qildi. 1945-yil mart oyida u oʻzining birinchi „Szukam słowa“ („Soʻzlarni qidiryapman“) sheʼrini „Dziennik Polski“ kunlik gazetasida nashr etdi. Uning sheʼrlari bir necha yillar davomida turli gazeta va davriy nashrlarda chop etilishida davom etdi. 1948-yilda u moliyaviy ahvoli yomon boʻlganligi sababli diplom olmasdan oʻqishni tashladi; Xuddi shu yili u shoir Adam Wlodekga turmushga chiqdi. 1954-yilda esa, ajrashdi. Ular 1986-yilda Wlodek vafot etguniga qadar bir-birlari bilan doʻstdona munosabatda boʻlishdi. Ularning farzandlari boʻlmagan. Turmush hayoti davrida u ikki haftada bir marta chiqadigan taʼlim jurnalida kotib, shuningdek, rassom boʻlib ishlagan. Uning birinchi kitobi 1949-yilda nashr etilishi kerak edi, lekin u „sotsialistik talablarga javob bermagani“ uchun senzuradan oʻtmadi[4].

Szymborska oʻz faoliyatining boshida Polsha Xalq Respublikasining (PRL) rasmiy mafkurasiga sodiq boʻlib, 1953-yilda shou sudida xiyonatda ayblangan polshalik ruhoniylarni qoralagan mash’um siyosiy petitsiyaga imzo chekdi[5]. Uning dastlabki asarlari sotsialistik mavzularni qoʻllab-quvvatlagan, bu uning „Dlatego żyjemy“ debyut toʻplamida ham oʻz aksini topgan, toʻplamdan „Lenin“ va Krakov yaqinida Stalinistik sanoat shaharchasi qurilishi haqida „Młodzieży budującej Nową Hutę“ („Nova Huta qurayotgan yoshlar uchun“) sheʼrlari oʻrin olgan. U boshqaruvdagi Polsha Birlashgan ishchilar partiyasiga aʼzo boʻldi.

Dastlab rasmiy partiya chegarasiga yaqin boʻlgan boʻlsa-da, Polsha Kommunistik partiyasi stalinchi kommunistlardan „milliy“ kommunistlar safiga oʻtishi bilan Szymborska sotsialistik mafkuradan uzoqlashdi va avvalgi siyosiy faoliyatidan voz kechdi[6]. 1966-yilgacha u Kommunistik partiyani rasman tark etmagan boʻlsa-da, dissidentlar bilan aloqa oʻrnatishni boshladi. 1957-yilda u oʻzi hissa qoʻshgan Parijdagi nufuzli muhojirlar jurnali Kultura muharriri Jerzyi Giedroyc bilan doʻstlashdi. 1964-yilda u kommunistlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan The Times gazetasiga mustaqil ziyolilarga qarshi norozilik namoyishiga qarshi chiqdi va buning oʻrniga soʻz erkinligini talab qildi[7].

1953-yilda Szymborska Życie Literackie (Adabiy hayot) adabiy taqriz jurnali xodimlariga qoʻshildi va u yerda 1981-yilgacha ishlashni davom ettirib, 1968-yildan boshlab Lektury Nadobowiązkowe nomli taqrizlar ruknini olib bora boshladi. Uning bu davrdagi koʻplab esselari keyinchalik kitob holida nashr etilgan. 1981-yildan 1983-yilgacha u Krakovda joylashgan NaGlos (Baland ovoz) oylik davriy nashrining muharriri boʻlgan. 1980-yillarda u oʻzining muxolif faoliyatini kuchaytirib, „Stanczykowna“ taxallusi ostida davriy „Arka“ nashriga, shuningdek, „Kultura“ ga oʻz hissasini qoʻsha boshladi . 1990-yillarning boshida Gazeta Wyborcza da chop etilgan sheʼri bilan u sobiq kommunistlarni hokimiyatga qaytargan birinchi kommunistik boʻlmagan hukumatga ishonchsizlik votumini qoʻllab-quvvatladi. Szymborska tirikligida nashr etilgan soʻnggi toʻplam „Dvukropek“ Polshaning „Gazeta Wyborcza“ oʻquvchilari tomonidan 2006-yilning eng yaxshi kitobi deb tan olindi. U shuningdek, fransuz adabiyotini polyak tiliga, xususan, barokko sheʼriyati va Fransiya diniy urushlari davridagi Gugenot askar-shoiri Agrippa d’Aubigne asarlarini tarjima qilgan. Germaniyada Szymborska oʻzining tarjimoni Karl Dedecius bilan yaqin hamkorlikda ishlab, u yerda oʻz asarlarini ommalashtirish uchun koʻp ishlarni amalga oshirgan.

Oʻlim va soʻngi asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Szymborska 2012-yilda 88 yoshida Krakovdagi uyida, uyqu ichida, doʻstlari va qarindoshlari qurshovida oʻpka saratonidan vafot etdi. U vafot etishidan avval ham yangi sheʼrlar ustida ishlayotgan edi, lekin oxirgi sheʼrlarini oʻzi xohlagan tarzda nashr eta olmadi. Uning soʻnggi sheʼri 2012-yilda nashr etilgan boʻlib, 2013-yilda uning adabiy merosi sharafiga Wisława Szymborska mukofoti taʼsis etildi[8].

Mavzular[tahrir | manbasini tahrirlash]

Szymborska falsafiy mavzular va fikrlarni yoritishda istehzoli aniqlik, paradoks, qarama-qarshilik va kinoya kabi adabiy vositalardan tez-tez foydalangan. Uning koʻp sheʼrlarida urush va terrorizm tasvirlangan[9]. U Marhum sohibining boʻsh xonadonida qolib ketgan mushuk kabi gʻayrioddiy nuqtai nazarlardan foydalanib yozgan. Uning ijodi 350 tadan kamroq sheʼr jamlangan toʻplamlardan iborat. „Nega bunchalik kam sheʼrlar chop etdingiz“, degan savolga u „Chunki, uyimda axlat qutisi bor“, deb javob bergan.

Pop janri madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Szymborskaning „Buffo“ sheʼri 1985-yilda Barbara Maria Zakrzewska-Nikiporczyk tomonidan qoʻshiqqa aylantirilgan[10].

Uning „Love at First Sight“ sheʼri Takeshi Kaneshiro va Gigi Leung ishtirokidagi "Turn Left, Turn Right" filmida foydalanilgan. Krzysztof Kieślovskining „Three Colors: Red“ filmi ham „Love at First Sight“ sheʼridan ilhomlanib suratga olingan[11].

Hayotining soʻnggi yilida Szymborska polshalik jazz trubachi Tomas Stańko bilan hamkorlikda ishlagan edi. Tomas oʻzaro hamkorlik va idojkorning sheʼriyatidan ilhomlangan holda oʻzining „Wislawa“ (ECM, 2013) qoʻshigʻini uning xotirasiga bagʻishladi[12].

Szymborskaning „People on the Bridge“ sheʼri asosida Beata Poznyak film suratga oldi Film butun dunyo boʻylab va New-Delhi kinofestivalida namoyish etildi. Mukofot sifatida u Hindistonning 18 shahrida yana 36 marta namoyish etiladigan boʻldi[13].

Major works[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wislawa Szymborska va Prezident Bronislaw Komorowski 2011-yil yanvar oyida Order of the White Eagle taqdirlash marosimida.
  • 1952: Dlatego żyjemy („Thatʼs Why We Are All Alive“)
  • 1954: Pytania zadawane sobie („Questioning Yourself“)
  • 1957: Wołanie do Yeti („Calling Out to Yeti“)
  • 1962: Sól („Salt“)
  • 1966: 101 wierszy („101 Poems“)
  • 1967: Sto pociech („No End of Fun“)
  • 1967: Poezje wybrane („Selected Poetry“)
  • 1972: Wszelki wypadek („Could Have“)
  • 1976: Wielka liczba („A Large Number“)
  • 1986: Ludzie na moście („People on the Bridge“)
  • 1989: Poezje: Poems, bilingual Polish-English edition
  • 1992: Lektury nadobowiązkowe („Non-required Reading“)
  • 1993: Koniec i początek („The End and the Beginning“)
  • 1996: Widok z ziarnkiem piasku („View with a Grain of Sand“)
  • 1997: Sto wierszy — sto pociech („100 Poems — 100 Happinesses“)
  • 2002: Chwila („Moment“)[14]
  • 2003: Rymowanki dla dużych dzieci („Rhymes for Big Kids“)
  • 2005: Dwukropek („Colon“)[15]
  • 2009: Tutaj („Here“)[16]
  • 2012: Wystarczy („Enough“)[17]
  • 2013: Błysk rewolwru („The Glimmer of a Revolver“)[18]

Sovrinlar va mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wislawa Szymborska 2010-yil Praga kitob koʻrgazmasida
  • 1954: The City of Kraków Prize for Literature
  • 1963: The Polish Ministry of Culture Prize
  • 1974: Knightʼs Cross of the Order of Polonia Restituta
  • 1990: Kościelski Award
  • 1991: Goethe Prize
  • 1995: Herder Prize
  • 1995: Honorary Degree of the Adam Mickiewicz University (Poznań)
  • 1996: The Polish PEN Club prize
  • 1996: Nobel Prize in Literature
  • 1996: Person of the Year by Wprost
  • 1997: Honorary Resident of the Royal Capital City of Kraków
  • 2005: Gold Medal for Merit to Culture — Gloria Artis
  • 2011: Order of the White Eagle[19]

Taqrizlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1998 Boston Review: Poems — New and Collected 1957-1997 by Francis Padorr Brent
  • 2001 The New Republic: „Miracle Fair: Selected Poems of Wislawa Szymborska“ by Ruth Franklin
  • 2006 The Christian Science Monitor: A fascinating journey with two women poets by Elizabeth Lund
  • 2006 Moondance magazine: Stories/Poems. Plain and Simple. — Mapping the Words of Wislawa Szymborska on Her Latest Book, Monologue of a Dog by Lys Anzia (Wayback Machine saytida 2012-02-12 sanasida arxivlangan)
  • 2006 Sarmatian Review: Wislawa Szymborskaʼs 'Conversation With a Stoneʼ — An Interpretation by Mary Ann Furno (Wayback Machine saytida 2012-02-25 sanasida arxivlangan)
  • 2006 Words Without Borders: Monologue of a Dog — New Poems of Wislawa Szymborska by W. Martin
  • 2015 All roads will lead you home Poetic Alchemy: Wislawa Szymborskaʼs Map: Collected and Last Poems by Wally Swist [vacpoetry.org/journal/]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • List of female Nobel laureates
  • List of Nobel laureates in Literature
  • List of Polish Nobel laureates
  • List of Polish-language poets
  • Wisława Szymborska Award
  • Polish Writers on Writing featuring Wislawa Szymborska. Edited by Adam Zagajewski (Trinity University Press, 2007).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. Jarosław Malesiński Wspomnienie. mieczewo.com. 2 February 2012. [dostęp 2012-02-11].
  3. Violetta Szostak zwykly.html Szymborscy — burzliwe fortuny obroty gazeta.pl, 9 February 2012. [dostęp 2012-02-11].
  4. „Wisława Szymborska - krótka biografia – Wisława Szymborska – Zinterpretuj.pl“ (pl-PL) (22-avgust 2022-yil). Qaraldi: 29-avgust 2022-yil.
  5. Michał St. de Zieleśkiewicz, „Szymborska: zabić księży Kurii Krakowskiej.“ Bibula — pismo niezalezne, 21 January 2011. (polyakcha)
  6. „Nobel Prize-winning poet Szymborska dies aged 88“. France24 (1-fevral 2012-yil). Qaraldi: 1-fevral 2012-yil.
  7. „portal poświęcony Polsce, rodzinie i tradycji“. Prawy.pl. 2012-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2012-yil.
  8. „The Wisława Szymborska International Literary Award“. Qaraldi: 22-dekabr 2017-yil.
  9. Duval Smith, Alex. „A Nobel Calling: 100 Years of Controversy“. The Independent. UK: Independent Print Limited (14-oktabr 2005-yil). 24-dekabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2008-yil. „1996: Her poem, "The End and the Beginning", reads: "No sound bites, no photo opportunities And it takes years All the cameras have gone To other wars." Szymborska was born in Kórnik, in western Poland, in 1923.“.
  10. „Barbara Zakrzewska“ (inglizcha). Polish Music Center. Qaraldi: 22-avgust 2021-yil.
  11. „Polish poet railed at Stalin“ (inglizcha). The Sydney Morning Herald (25-mart 2012-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2022-yil.
  12. „ECM 2304_05“. 2013-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  13. „People on the Bridge HOLLYWOOD (Hollywood Today)“. 28-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2022-yil.
  14. „Moment – Wisława Szymborska“. Culture.pl.
  15. „Colon – Wisława Szymborska“. Culture.pl.
  16. „Tutaj – Wisława Szymborska“. Culture.pl.
  17. „Enough: Wisława Szymborska's Last Collection of Poems“. Culture.pl.
  18. „The Poet's Eternal Spark in New Szymborska Discoveries“. Culture.pl.
  19. „Polish Nobel winning poet Szymborska dies at 88“. Reuters (1-fevral 2012-yil). Qaraldi: 1-fevral 2012-yil.