Gʻizollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻizollar, ohular — quvushshoxlilar oilasiga mansub sut emizuvchilar urugi. Uz. 85—170 sm, yagʻrinidan bal. 50—110 sm, shoxi erkagi va urgʻochisida (jayranning urgʻochisi shoxsiz) lirasimon, uz. 25— 80 sm. 12 (boshqa maʼlumotga qaraganda 27 ga yaqin) turi bor. Afrika, Gʻarbiy Osiyo, Markaziy, Oʻrta va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Choʻl, dasht, oʻrmon-dasht, tekislik va togʻli hududlarda (3.5 ming m balandlikkacha) yashaydi. Oʻzbekistonda 1 tur — jayran tarqalgan. Gʻ. soni kamayib ketgan, bir qancha turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.