Foydalanuvchi munozarasi:Sheykh Zade98

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Sheykh Zade98!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Nataev munozara 05:43, 28-Noyabr 2016 (UTC)[javob berish]

Oʻ/Gʻ hamda tutuq belgisi[manbasini tahrirlash]

Salom! Oʻ, Gʻ harflarini hamda tutuq belgisini yozishda Vikipediyada qabul olingan belgilarni ishlating. Aks holda izlash, VP:konverter funksiyalari toʻliq ishlamaydi. Qolaversa, bizga bir xillik kerak. Mana bu terilmani komputeringizga oʻrnatishingiz mumkin. Klaviatura terilmasi juda qulay. Fayl ichidagi Word hujjatni koʻring. ʻ (belgi) hamda ʼ (belgi) maqolalari bilan tanishib chiqing. Qolaversa, VP:vikifikatordan foydalanishingiz mumkin. Nataev munozara 05:45, 28-Noyabr 2016 (UTC)[javob berish]

Norxoʻja Choriyev[manbasini tahrirlash]

Maqolada nufuzli manba keltirmasangiz, u oʻchiriladi. Nataev munozara 07:27, 28-Noyabr 2016 (UTC)[javob berish]

WordPress/Facebook nufuzli manba emas[manbasini tahrirlash]

Ishonchli manba topa olmasangiz maqolani qayta yaratmang. Aks holda keskin chora koʻrishga majbur boʻlamiz. Nataev munozara 04:02, 1-Dekabr 2016 (UTC)[javob berish]

Bu shoir adabiyotning ajoyib namoyandalaridan biri. Endi mashhur bulayapti. Samarqandda yashasa ham Tojikiston, Eron va boshqa davlatlarda uning she'rlarini hamma o'qiydi.

 Sheykh Zade munozara 02:02, 5-Dekabr 2016 (UTC)[javob berish]
Qoyil, zoʻr odam ekan. Lekin baribir nufuzli manba topa olmasangiz, maqolani qayta yaratmang. Ogohlantiraman, yana manbasiz yaratsaniz, muayyan muddatga bloklanasiz. Nataev munozara 04:18, 6-Dekabr 2016 (UTC)[javob berish]

Rus va tojik tillarida vikipediyasi [Чориев Норхуджа (ruwiki) va Н.Чоризода (tgwiki)] bor. Sheykh Zade munozara 11:18, 6-Dekabr 2016 (UTC)[javob berish]

Ruslarda oʻchirilish arafasida. Tojiklarda tekshiradigan odam yoʻq. Qoida boʻyicha nufuzli manba topishingiz shart. Ochigʻi, topishingizga koʻzim yetmayapti. Obscure shoirlar haqida nufuzli manba topish qiyin. Nataev munozara 05:26, 6-Dekabr 2016 (UTC)[javob berish]
P.S. VP:Imzo chekishni oʻrganing. Nataev munozara 05:27, 6-Dekabr 2016 (UTC)[javob berish]

Kitobiyam nufuzli manba bo'lolmaydimi? Kechirasiz, men wiki ga oddiy telefondan kirayapman.

Sheykh Zade munozara 11:28, 6-Dekabr 2016 (UTC)[javob berish]

Kitobi haqida biror joyda maʼlumot bormi? Masalan, milliy kutubxonada? Yoki Rossiya davlat kutubxonasida? Nataev munozara 08:27, 6-Dekabr 2016 (UTC)[javob berish]
Kitoblari Tojikiston kutubxonalarida bor. Uzbekistonda ham bulsa kerak. Chunki kitob uzb.da chiqarilgan. Payome az jarfoi sukut degan kitobi.
Sheykh Zade munozara 8:02, 7-Dekabr 2016 (UTC)
Kitob sizda bormi? U haqda biror yerda yozilganmi? Muallif shuncha zoʻr boʻlsa, u haqda hech boʻlmasa mahalliy gazeta-jurnallarda yozishgandir? Nataev munozara 07:12, 7-Dekabr 2016 (UTC)[javob berish]

Kitobi menda bor! U haqda asosan O'zbekistonda chiqadigan tojik gazetalari hamda bir necha tojikcha adabiyot darsliklarida, Eron va Tojikistonda chop etiladigan jurnal va shoirlar she'rlari chiqariladigan to'plamlarda yozilgan.

Keyin yana bir narsa: men tahrir qilib suratlarini tashlagan olim va shoirlarning surati nega yana yuqolayapti? Tushunmayapman.

Sheykh Zade munozara 18:02, 7-Dekabr 2016 (UTC)[javob berish]

Oʻ/Gʻ hamda tutuq belgisi (YANA BIR MAROTABA)[manbasini tahrirlash]

Oʻ, Gʻ harflarini hamda tutuq belgisini yozishda Vikipediyada qabul olingan belgilarni ishlating. Aks holda izlash, VP:konverter funksiyalari toʻliq ishlamaydi. Qolaversa, bizga bir xillik kerak. Mana bu terilmani komputeringizga oʻrnatishingiz mumkin. Klaviatura terilmasi juda qulay. Fayl ichidagi Word hujjatni koʻring. ʻ (belgi) hamda ʼ (belgi) maqolalari bilan tanishib chiqing. Yoki VP:vikifikatordan foydalanishingiz mumkin. Nataev munozara 11:34, 30-Dekabr 2016 (UTC)[javob berish]

Vikimaʼlumotlar[manbasini tahrirlash]

Yangi maqola yaratgandan keyin uni oʻsha mavzuda boshqa tillarda yaratilgan maqolalarga ulang. Buning uchun shifa chapidagi „ishorat qoʻshish“ tugmasini bosing. Nataev munozara 11:36, 30-Dekabr 2016 (UTC)[javob berish]

Lotin tilidagi kishilar ismlari aslidagidek yoziladi, so'ng qavs ichida {{talaffuz|}} andozasida talaffuzi yoziladi, masalan Michael Jackson (talaffuzi: Maykl Jekson). Umarxon III (munozara) 16:28, 1-Yanvar 2017 (UTC).[javob berish]

VP:Vikifikatordan foydalaning! Mana bu tahrir bilan tanishib chiqing. Nataev munozara 05:11, 15-Yanvar 2017 (UTC)[javob berish]

Vikimaʼlumotlar[manbasini tahrirlash]

Abdul Latif haqida maqola yaratgandan keyin uni boshqa tillardagi maqolalarga ulash kerak. Abdul Latif haqidagi maqolalarga bagʻishlangan Viimaʼlumotlar bandi mana: d:Q4665511. Viki sahifaning oʻzidayoq chapdagi „ishorat qoʻshish“ tugmasi yordamida maqolani boshqa tillardagi sheriklariga ulash mumkin. Munozara sahifangizni oʻqing, aks holda foydali hissa qoʻsha olmaysiz. Nataev munozara 05:14, 15-Yanvar 2017 (UTC)[javob berish]

Qaytalayman, VP:Vikifikatordan foydalaning. Yangi belgilardan foydalanmang. Keyin bir narsani qayta-qayta yozmang. Nataev munozara 06:54, 28-Yanvar 2017 (UTC)[javob berish]

Chetlatildingiz[manbasini tahrirlash]

Vikipediyaga tayyor maʼlumotlarni oʻzgartirmay koʻchirib oʻtganingiz, yaʼni, mualliflik huquqlarini buzganingiz uchun bir haftaga chetlatildingiz. Masalan, Xalilulloh Xaliliy maqolasiga mana bu yerdagi maʼlumotlarni koʻchirib oʻtgansiz. Shunday qilishda davom etsangiz, cheksiz muddatga bloklanasiz. Nataev munozara 07:00, 28-Yanvar 2017 (UTC)[javob berish]